bilan ushbu turistik marshrutdagi xizmatlarning turlari biroz murakkablashishi yoki
yengillanishi mumkin. Masalan, togʻ daralariga, soylarga,
buloq va daryolarga,
rekreatsiya obʼektlariga turistik marshrut yozda uyushtirilsa, xudi shu marshrutdan
qish mavsumida togʻlarda changʻi sportini tashkil qilishda, soylar va daryolar
boʻyicha ovchilik marshrutlarini tashkil qilishda foydalanish mumkin.
Qisqasi
turistik marshrut harakatdan toʻxtamaydi. Turistik marshrutlarning faoliyatlilik
tamoyilida faqat transport xillari va marshrutdagi xizmatlar biroz oʻzgaradi.
Masalan, qishning sovuq havo sharoitida ham erkin yuruvchi, saloni isitiladigan
maxsus avtomashi nalar kuzgi-qishki marshrutlarda xizmatga olinadi. Kuzgi-qishki
marshrut larga turistlarni taklif qilganda turistlarning hayoti xavfsizligi bilan
bogʻliq masalalarga juda eʼtiborli boʻlish talab etiladi.