|
Ekologik turizm marshrutlaridagi imkoniyatning yaratilganligi tamoyiliBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2474.Ekologik turizm marshrutlaridagi imkoniyatning yaratilganligi tamoyili.
Imkoniyatning yaratilganligi tamoyilida ekoturizm resursiga marshrutlar ishlab
chiqish juda jiddiy masala. Bu tamoyilga amal qilib ekoturizm marshrutlarini
ishlab chiqishda quyidagi imkoniyatlar boʻlishi talab qilinadi.
1. Ekoturizm maskanlariga kirishning huquqiy-qonuniy tartiblari yaratilganligi.
2. Ekoturizm maskanida turistlar uchun maxsus marshrutlarning (soʻqmoqlar,
yoʻllar, dam olish joylari) ishlab chiqilganligi va faoliyat koʻrsatishi.
3. Ekoturizm maskanlarida turistlarga xizmatlar koʻrsatish tizimlarining tashkil
qilinganligi (dam olish, tunash, ovqatlanish, koʻngil ochar oʻyinlar, qisqa muddatli
ekskursiyalar va hako…).
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Davlat muhofazasidagi tabiat landshaftlari,
qoʻriqxonalar, togʻ tizmalariga turistlar kiritilishining huquqiy - qonuniy
meʼyorlari ishlab chiqilmagan. Bu meʼyorlar endi yaratilmoqda. Demak, bu
ekoturizm maskanlaridan ekoturizmda foydalanishning eng muhim imko niyatlari
hozircha yoʻq. Shuning uchun ham bu tamoyilning talablari (1,2,3)amalda
bajarilgandagina ekoturizm resurslariga, obʼektlariga turistik marshrutlar ishlab
chiqish zarur boʻladi.
75.Ekologik turizm marshrutlaridagi mazmundorlik tamoyili. Mazmundorlik
tamoyili oʻz talablari jihatidan jozibadorlik va betakrorlik tamoyiliga qoʻshilib
ketadi. Tabiatdagi betakrorlikni koʻrgan, uning goʻzal bagʻrida dam olgan, rang-
barang oʻsimliklar olami va hayvonat dunyosini koʻrgan turist ruhiy jihatdan ham
jismoniy jihatdan ham turistik marshrutning mazmunli oʻtganligini his qiladi.
Uning kayfiyati yaxshilanib oʻzida boy taʼsurotlar paydo boʻlganligini sezadi.
Shuning uchun ham ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda marshrut boʻylab
oʻzgarayotgan tabiat elementlarigacha marshrut tuzuvchi eʼtibor berishi lozim
boʻladi. Shuningdek, marshrut yoʻnalishida turizmning boshqa resurs manzillari
(ziyoratgoh joylar, taniqli insonlar qabri, mashhur kishilar nomi bilan bogʻliq
obidalar, tarixiy–madaniy, maʼmuriy obidalar va boshqa..) boʻlsa albatta
marshrutning maʼlumotlariga qisqacha taʼrif bilan kiritish foydali boʻladi. Masalan,
turist yoki turistik guruh Omonqoʻton vohasi marshrutni tanladi. Albatta turist yoki
turistik guruh tezroq Omonqoʻton vohasiga shoshiladi. Endi agar marshrut
maʼlumotlarida jozibadorlik-betakrorlik, imkoniyatlarning yaratilganligi tamoyili
resurslari mavjud boʻlsa turist va turistik guruh marshrut yoʻlidagi bu resurslarni
koʻrishga qiziqqanligidan yoki koʻp hollarda koʻrish uchun toʻxtaydi. Bu holatda
mazmundorlik tamoyili ham ishga tushib marshrutdan koʻngil toʻlish qoniqish
hislarini keltirib chiqaradi. Bu natija esa marshrutni tashkil qilgan turistik firma
obroʻsini oshiradi.
|
| |