72. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillari. 1. Ekologik
turizm marshrutlaridagi jozibadorligi, betakrorlik tamoyili
2. Imkoniyatning yaratilganligi tamoyili
3. Mazmundorlik tamoyili
4. Faoliyatlilik tamoyili
7. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda axborotlanganlik tamoyili
73. Ekologik turizm marshrutlaridagi jozibadorligi, betakrorlik tamoyili. Ekologik turizm marshrutlaridagi jozibadorligi, betakrorlik tamoyili talablari
haqida taʼriflashni batafsil keltirishga izoh bu yerda ortiqchalik qilsa kerak.
Ekoturizmning kelib chiqishi ham insonning tabiatni sogʻinishi, hozirgi
sivilizatsiya boʻhronlaridan (atmosferaning ifloslanishi, yerlarning ishdan chiqib
borayotganligi, noyob oʻsimlik va hayvonotning insondan uzoqlashib
borayotganligi, toza havoning yetishmayot ganligi va hakozolar…)
charchaganligidan, insonning tabiatdagi toza havoli tabiiy mintaqalariga sayohatni
hoxlaganligidan kelib chiqdi. Bu soha marshrutlarini tuzganda tabiatdagi
jozibadorlik–betakrorlikning oʻzi ham tabiiy mintaqalarning oʻziga xos boʻlgan
landshaftlari, shu mintaqada oʻsuvchi oʻsimliklar va shu mintaqa tabiatiga intilish
jihatlarini hisobga olish toʻgʻri boʻladi. Ekologik marshrutlar tuzishda
ishlatiladigan jozibadorlik va betak rorlik koʻrinishlari Oʻzbekistondagi 5 ta tabiiy
ekologik mintaqada mavjud. Shuning uchun ham ekologik maskanlarga–
resurslarga marshrut tuzishda bu tamoyilni qoʻllashning kutilgandan ziyoda
boʻlgan imkoniyatlari bor. Eng muhimi marshrut tavsifida ekologik resursdagi
jozibador va betakror tabiiy koʻrinishlar birinchi navbatda rasmlar tasvirida
berilishi kerak.Bu tipdagi marshrutlarni ishlab chiqishda albatta noyob hayvonot
olamidagi qushlar, hayvonlar, «Qizil kitob» dagi hayvonot turlarining rasmlari,
taʼriflari marshrut maʼlumotlarida berilishi maqsadli boʻladi.