7-MAVZU: MEDIA MAYDONDA AXBOROT TARQATISH MADANIYATI.
Reja:
1. Axborotning ong va tafakkurga ruhiy ta`sir muammolari.
2. Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi.
3. Axborot almashinuvining mexanizmlari v ava ilmiy nazariy asoslari.
4. Muloqot olamida muloqot, sevgi va nikoh munosabatlari.
Bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodning axborot madaniyatini shakllantirish
kechiktirib bo’lmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonining
o’zi, ko’pincha, sof texnologik jarayon sifatida baholanishiga qaramay, mazmun-mohiyatiga ko’ra
chuqur ijtimoiy jarayon ham hisoblanadi. Chunki axborotlashtirish jamiyatning bir shakldan
boshqa, ijtimoiy taraqqiyotning yanada yuqoriroq darajasiga ega bo’lgan shakliga o’tishni
anglatadi hamda jamiyatning istiqboldagi xususiyatlarini belgilab beradi.
Tashviqot, feyk axboroti, pranking, raqamli tajovuz, trolling va h.k. hodisalar oqibatida
mediamakondagi buzilishlar tufayli jurnalistika sohasida hozirgi paytda inqiroz kuchayib
bormoqda. “Ortiqcha axborot” “axborot mavhumligi”ni keltirib chiqarmoqda. Ushbu vositalar
yordamida ong bilan manipulyatsiya qilish shunga olib keladiki, auditoriyaning “tanqidiy
avtonomiyasi” mavjud emasligi tufayli dunyoda har qanday ma’lumotlarni “yutib yuborish”
kuchaymoqda.
1982 yilda YUNESKO Xalqaro Simpoziumida qabul qilingan Mediata’lim bo’yicha
Gryunvald Deklaratsiyasida 19 ta a’zo mamlakat vakillari shunday deb ta’kidladi: “Axborot
vositalarining muqarrar kuchini muhokama qilish yoki ma’qullash o’rniga biz uning hayotning
barcha jabhalariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi va singib borishini mavjud fakt sifatida tan olishimiz,
shuningdek, ularning zamonaviy 31 madaniyatning ajralmas elementi sifatidagi ahamiyatini
hisobga olishimiz zarur. Siyosiy va ta’limiy dasturlar shuni tan olishi kerakki, fuqarolar tomonidan
kommunikatsiya hodisasini tanqidiy anglashga ko’maklashish ularning majburiya- tini tashkil
etadi... mediata’lim bo’yicha dalillar ongli fuqarolikni tayyorlash vositasi sifatida hozir muayyan
ikkilanishlarga sabab bo’lsa, eng yaqin kelajakda, kommunikatsion texnologiyalarda sakrash ro’y
bergach, ushbu dalillar muqarrar bo’lib qoladi”. Mediasavodxonlik konsepsiyalari rivojlanishi va
zarurati munosabati bilan OAV vajurnalistikaning mediata’lim funksiyasi faol rivojlanmoqda. Bu
ommaviy auditoriyaning mediakompetentligini oshirish, uning OAVdagi ma’lumotlarni mos
ravishda qabul qilish, uni tahlil etish hamda axborot madaniyati me’yorlari va tamoyillariga mos
keladigan ijtimoiy ahamiyatga ega mediamatnlarni yaratish layoqatini rivojlantirishdan iborat. Shu
narsa oydinki, faqat boshqalar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar va axborotlarni topish, tahlil
qilish, ushbu ma’lumotlar va axborotlardan voqealar yaratish ko’nikmalariga ega jurnalistlargina
o’z funksiyalarini bajara oladi. Ijtimoiy voqealar nimani anglatishini va o’quvchilar bunga tayyor
bo’lish uchun nimalar qila olishini tahlil etadigan va bundan so’ng nimalar bo’lishini tushuntira
oladigan jurnalistlargina auditoriyaga bilimli, hammaga tushunarli bo’lgan ma’lumotlarni
yetkazishi mumkin.
Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo’lganidek, jamiyatni
axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, axborotlashtirish va
istiqbolli axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini hamda mehnat tejamkorligini
oshirishni, ilmiy bilimlar va ilg’or texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini, jamiyat
intellektuallashuvi umumiy darajasini oshirishni ta’minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir qatorda
axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir ko’rsatishning avj olishi kabi
alohida xavfni ham yuzaga keltiradi.
Hozirgi kunda shaxs axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlanganlik darajasini sotsiologik
o’rganish, yangi konsepsiyalar bilan boyitish bugungi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi uchun o’ta
muhim vazifa hisoblanadi. Demak, hozirda har bir axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega
ekan, ongi va dunyoqarashi shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash
ko’pchilikni o’ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni ta’qiqlash bilan
muammo hal bo’lmaydi.
Ma’lumki, hozirgi zamon yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlarini, asosan, internet
shakllantirmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda.
Axborotning katta oqimi sharoitida inson o’zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga
ega bo’lishi kerak. Bu o’rinda axborot madaniyati deyilganda ta’lim, ilmiy bilish va faoliyatning
boshqa turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga qa-ratilgan
bilimlar, o’quv va ko’nikmalarning tizimlashtirilgan yig’indisi tushuniladi. SHuning uchun ham
mazkur muammo faqatgina ma’lum bir davlat chegaralaridan chiqib, global xarakterga ega bo’ldi.
Axborotni tanlash va undan unumli, to’g’ri foydalanish esa insonning ong darajasi bilan bog’liq.
Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa, o’z navbatida, borliqdagi voqea-hodisalar
mazmun-mohiyati bilan mutanosib bo’lishi darkor. SHuning uchun, birinchi navbatda, axborot
olayotgan kishi uni mutlaqlashtirmasdan, o’z shuuri darajasida tahlil qilib, so’ng qabul qilishi
lozim.
Zamonaviy jamiyatning farqli belgilaridan biri – bu o’sib kelayotgan yosh avlodni tevarak
atrofda bo’layotgan o’zgarishlarga doimiy moslashtirib borish hisoblanadi. sivilizatsiyaning
rivojlanishida uning asl mohiyatini oldin qanday bo’lganligi bilan taqqoslaymiz. Uning o’ziga
xoslik belgilari uzluksizlik, shiddatlilik, global xarakterlilikdir. Axborotlashtirish asrida axborot
xurujining avj olishi, ayniqsa, yoshlarda axborot olish madaniyati, o’qish madaniyatini
shakllantirishni taqozo etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha,1 bugun axborot shiddat bilan yangilanib, hajmi oshib
bormoqda. Natijada, bilimning o’sish sur’ati ilgarilab ketmoqda. Amerikalik muhandis, matematik
va birinchilardan bo’lib axborot nazariyasini yaratgan olim Klod Shennon axborotni
«oydinlashtirilgan mavhumlik», – deya ta’riflagan. Buning ma’nosi shundan iboratki, axborotni
qabul qilib inson yangi bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum bo’lgan narsalarni anglaydi,
savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy jarayondir.
Bugun kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ulkan hajmdagi axborot resurslaridan oqilona
foydalanishda jamiyat va inson uchun axborot madaniyati fenomenining global ahamiyatini
anglash talab etiladi. Axborot madaniyati fenomenining paydo bo’lishining asosiy faktorlari bu
axborotlashtirish asriga o’tishning universal ijtimoiy muhim kategoriyalari, ya’ni axborot
hajmining o’sishi, jamiyatni axborotlashtirish, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, axborot
jamiyatining shakllanishi kabilar. Axborot olish madaniyatiga ega bo’lish – bu har bir inson
o’zligini anglashida o’z o’rni va vazifasini bilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarini keng
ko’lamda ochib berishdagi jarayondir.
Axborotlashgan jamiyatda kishilarning, xususan, yoshlarning axborot madaniyatiga, demakki,
axborot almashinuvi madaniyatiga erishuvida axborot savodxonligi bosqichi borligini ham
nazardan qochirmaslik zarur. Axborot savodxonligi «Axborotga bo’lgan ehtiyojni his qilish, uni
topish, unga baho berish va undan samarali tarzda foydalanish» uchun kerak bo’ladigan malakalar
to’plami sifatida ta’riflanadi.
«Axborot savodxonligi» tushunchasini birinchi marta P.Zurkovskiy XX asrning 70-yillarida ish
va kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda axborot resurslaridan to’g’ri foydalana olgan
insonga nisbatan ishlatgan. «Axborot resurslarini o’z hayot faoliyatida to’g’ri tatbiq qila olgan
odamlarni axboriy-savodxon deb atash mumkin» deydi. Keyingi o’n yilliklar davomida axborot
savodxonligi AQSHning kundalik hayotida, maktabda, ish joylarida eng faol tushunchaga aylandi.
Ushbu tushuncha evolyutsiyasiga rasmiy asos AQSH Prezidenti ma’muriyatining axborot
savodxonligi to’g’risidagi hisoboti bo’ldi. Unga ko’ra «axboriy-savodxon inson deb axborotga
talabni his qilgan, axborotni qidirish, baholash va to’g’ri qo’llay olishni bilgan shaxsni atash
mumkin. Hozirgi kunda optimal qaror qila oladigan va demokratik jamiyatda to’liq qatnasha
oladigan har qanday zamonaviy shaxs axboriy-savodxon inson bo’lishi kerak»5 deyilgan.
Axborot savodxonligi bo’yicha xorij mamlakatlariga nazar solinsa, AQSH kutubxonalar
uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga 1989 yildan buyon jiddiy etibor qaratib kelinadi.
Bu yo’lda AQSH prezidenti huzurida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo’lib, «Axborot
savodxonligi» atamasi aynan mana shu ishchi guruh faoliyati natijasida paydo bo’lgan. Bundan
tashqari, guruh axborot savodxonligi bo’yicha milliy forumning yaratilishiga sabab bo’lib, u o’z
ichiga yigirma beshtadan ziyod turli tashkilot va muassasalarni birlashtirgan.
Oxirgi bir necha yillar mobaynida umumiy axborot savodxonligini rivojlantirish lozimligi
jamiyatimizda yoshlar bilan ishlashning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib kelmoqda. Fikr yuritish
va axborotni baholash yangi mazmundagi axborot savodxonligining markazidan o’rin olgan.
Axborot savodxonligi bo’yicha xorijiy mamlakatlarda standartlar ishlab chiqilgan. Ushbu
standartlarni 1998 yili Amerika maktab kutubxonalari uyushmasi va Ta’limiy kommunikatsiya
vositalari va texnologiyalari uyushmasi joriy etilgan. Bular jumlasiga «Talabalarning ta’lim
olishdagi axborot savodxonligi standartlari»ni kiritish mumkin. Unda 12 yillik ta’lim tizimida
tahsil olayotgan o’quvchilar uchun o’rnatilgan axborot savodxonligi standartlari belgilab berilgan.
Mazkur standartlar o’rniga «O’quvchilarni qo’llab-quvvatlash: maktab kutubxonalari dasturlari
uchun yo’riqnomalar» deb nomlangan hujjat amalga kiritilgan bo’lib, unda kutubxonaning
texnologiyalar, amaliy o’rganish va bilim olish dargohi sifatidagi ahamiyatiga alohida urg’u
berilgan. Amerika Qo’shma SHtatlarida qabul qilingan «XXI asr talabasi uchun standartlar» deb
nomlangan yo’riqnomada esa, talabalar malaka, manba va bilim olish vositalarini quyidagi
maqsadlarga yo’naltirishi lozimligi belgilgan. Bular: ma’lumot izlash, tanqidiy o’ylash, bilim
olish, xulosalar yasash, tegishli ma’lumotga asoslangan holda qaror qabul qilish, bilimni yangi
vaziyatlarga yo’naltirish, yangi bilimlarni yaratish, bilim almashish va shaxsiy kamolot hamda
estetik jihatdan o’sishga intilishdir. Mazkur standartlar oliy ta’lim sohasidagi axborot savodxonligi
masalalariga bag’ishlangan bahs-munozalarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Mazkur standartlar axborot savodxonligiga ega bo’lgan insonni quyidagicha ta’riflaydi:
|