biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bu kompaniya Internetdagi yetakchi
qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo’ylab tarmoq
foydalanuvchilarning
o’ntadan
yettitasi
u
yoki
bu
ma’lumotlarni
topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin
so’rovlarni qabul qiladi, sakkiz milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi
axborotni izlab topishi mumkin. Keyingi yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida
keng ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan.
Hozirda bu
kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va qulay hizmatlari mavjud va
ular soni ortib bormoqda. Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog’i vujudga kelganligi,
bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib keayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh
avlodga ijobiy ta’sir kuchini o’tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo’lsa – da, ikkinchi
tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy
muhitni kuchaytirishga
undaydi. Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televideniye, matbuot Internet kabi vositalar
orqali rang barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jaxon axborot maydoni tobora kengayib
borayotgan shunday bir sharoitda xarbiylarimiz ongini o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma
deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech shubhasiz
zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam to’g’ri kelmaydi.
Nega deganda biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga
qat’iy
maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o’z qobig’imizga o’ralib qolgan holda emas, balki
umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz
istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib,
davlat va jamiyat
boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o’z
hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli xalqaro hamjamiyat
bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish o’zaro manfaatli xamkorlik qilish
tarafdorimiz. Xozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan
kelib chiqib aytish
mumkinki, O’zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umumiy manfaat
va umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning moxiyati va
unsurlarini chuqur anglash zarur bo’lib qolmoqda. Ana shu hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot
sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo’llash
madaniyatini zarur deb hisoblaymiz: