2. Marshrut davomida xizmatlarni qabul qilish qulayligi.
3.
Marshrut davomida dam olish, koʻngil ochar oʻyinlarga qatnashish,
ekskursiyalarga chiqish, ovqatlanish yoki tunab qolishdagi qulayliklar.
4. Marshrut davomida tibbiy yordamni olish qulayligi.
5. Marshrut davomida turist uchun minimum (termosda choy, palatka, yotib dam
olish uchun yigʻma karovat,
biroz qattiq ovqat, qatiq, sharbatlar, tuxum) va
optimum (mehmonxonada tunash,
restoranda ovqatlanish, sport zalida mashq
qilish, basseynda choʻmilish) qulayligi puxta ishlab chiqilishi lozim.
79. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda axborotlanganlik tamoyili.
Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda axborotlanganlik tamoyilini qoʻllash
marshrutni oʻziga xos ravishda reklama qilish,
turizm bozoriga kiritish ham
hisoblanadi. Bu tamoyilda marshrut haqidagi barcha maʼlumotlar turist uchun
muhayyo qilinishi kerak–broshyura, jurnal, buklet, gazeta, radio, televediniya.
Turist marshrutda nimalarni koʻradi, nimalar haqida maʼlumotlar eshitadi, qanday
yuradi, qaysi kiyimlar kerak boʻladi, qanday transport vositalari taklif qilingan,
qaysi xil ovqatlar ichimlik lar tayyorlanadi, qanday dam oladi, ovqatlanish tartibi
qanday tashkil qilinadi va hakozalarga – hammasiga javob boʻlishi shart boʻladi.
Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillaridagi talablarni oʻrganib tahlil
qilganimizda har bir tamoyilning marshrutda muhim oʻrni borligini anglaymiz. Bu
tamoyillarni asos qilib olib ishlab chiqilgan marshrut oʻzida marshrutning barcha
talablarini majmuali ravishda mujassamlashtirgan boʻladi, ekomarshrutning
reklamaligi ahamiyatini oshiradi.