• 89. Turistik marshrutning bahosini marketing tadqiqotlari asosida aniqlash.
  • Turistik marshrutlarda safar trassa pasporti




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/64
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #138693
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
    Bog'liq
    Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

    88. Turistik marshrutlarda safar trassa pasporti. 
    Safar trassasini bosib oʻtish rejasi 
    Yoʻl kunlari Trassa uchastkasi Km Harakat vositasi 
    4.Safar trassasi sxemasi (safar trassasi koʻrsatilgan, masshtabi 1: 200000 dan kam
    boʻlmagan bosma xarita va sxemalar yelimlanishi mumkin). 
    Pasport tuzish boʻyicha koʻrsatmalar: 
    1. Pasport davomiyligi 1 sutkadan kam boʻlmagan har bir asosiy yoki sinov safari
    trassasi uchun alohida tuziladi. 
    2. Pasport safar boshlanadigan turistlik korxonasi tomonidan tuziladi. 
    3. Sayohat hududidagi iqlim va ehtimoli boʻlgan favqulotda hodisalar toʻgʻrisidagi
    maʼlumotlar gidrometeoxizmat maʼlumotlari asosida kiritiladi. 
    4. Pasport safar trassada xizmat koʻrsatuvchi har bir turistlik korxonasiga
    joʻnatiladi. 
    Safar trassasi ekspluatatsiyasi jarayonida yuzaga kelgan oʻzgarishlar, bir oy ichida
    pasportning barcha nusxalariga kiritilishi kerak. Zarur hollarda baʼzi sahifalar
    almashtiriladi yoki yangi pasport tuziladi.
    89. Turistik marshrutning bahosini marketing tadqiqotlari asosida aniqlash.
    Turistik marshrutlarning bahosini belgilashda turizmda qabul qilingan maʼlum bir


    hisob usuli yoki tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Ilmiy adabiyotlardan maʼlumki,
    chet el turizmida turistik marshrutlarning bahosini belgilashda koʻplab uslubiy
    qoʻllanmalar ishlab chiqilgan. Lekin ulardagi usullar va tavsiyanomalarni bizning
    turizmda toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab boʻlmaydi. Chunki, ulardagi xizmatlar bilan
    bizdagi xizmatlar oʻrtasida katta farqlar bor. Shuning uchun ham biz turistik
    marshrutlarning bahosini belgilashda albatda marketing tadqiqotlarini oʻtkazishni
    boshlashimiz kerak boʻladi. Maqsad shundan iboratki, turistlar ( ichki turistlar va
    xalqaro turistlar) turistik marshrutning baholarini surishtirishganda ularda hech
    qanday eʼtirozlarga oʻrin qolmasligi kerak. Matbuotdagi maʼlumotlardan maʼlum
    boʻlmoqdaki, xalqaro turistlar koʻpchiligi bizdagi xizmatlarning ancha
    qimmatliligidan hozirgacha shikoyat qilishmoqda (masalan, mehmonxona
    xizmatlari). Turistik marshrutning bahosini belgilashda yoki tanlashda marketing
    tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha oʻtkaziladi va bizning tavsiyalarimizning chizma
    holidagisi quyidagilardan iborat boʻladi (26-chizma). Rossiya davlatida Turistik
    marshrutning bahosini belgilashda marketing tadqiqotlaridagi asosiy yoʻnalishlar
    juda koʻp. Shulardan xalqaro turizmda eng ommaviylashgan, kutiladigan natijalar
    boʻyicha 6 ta yoʻnalishda marketing tadqiqotlari oʻtkaziladi. Turistik marshrutni
    tanlashda marketing tadqiqotlari yoʻnalish laridagi–«Bozorni tadqiq qilish»
    soʻrovida shu narsa maʼlum boʻldiki, hozircha bizda turistik marshrutlarining
    bozori yoʻq. Marshrutlarning sotilishi va reklamasi haqida ham shunday xulosani
    keltirish mumkin. 

    Download 1,71 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turistik marshrutlarda safar trassa pasporti

    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish