Mavzu: Paxtani tashishda ishlatiladigan rbd g’arambuzgich uskunasini takomillashtirish




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.05.2024
Hajmi0,92 Mb.
#243569
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ibrohim



MAVZU: Paxtani tashishda ishlatiladigan RBD g’arambuzgich
uskunasini takomillashtirish. 
REJA 
I.
KIRISH 
II.
ASOSIY QISIM 
1.
Paxta xaqida umumiy ma’lumotlar. 
2.
Paxtani tashish vositalari 
3.
Paxtani g’aramdan buzib olishda ishlatiladigan RBD mashinasi 
haqida umumiy ma’lumotlar. 
4.
Taklif etilayotgan RBD uskunasining freezer qismini
tuzulishi. 
III XULOSA 
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
V. ILOVALAR 


KIRISH 
Dunyo bozorida tabiiy tolalar, ayniqsa paxta tolasiga bo’lgan talab yildan-yil 
oshib bormoqda. «Paxta bo’yicha Xalqaro konsultativ qo’mita (ICAC)» 
ma’lumotlariga qaraganda so’ngi yillarda jahon miqyosida 23,0 mln. tonna atrofida 
paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda, uning iste’moli esa 24,55 mln tonnani tashkil 
etmoqda. Intensiv ravishda ortib borayotgan aholi soni hisobiga paxta tolasi 
iste’moli va unga bo’lgan talabning istiqbolda ham ortib borishi kutilmoqdaя. 
Shunga ko’ra jahon miqyosida paxta mahsulotlari sifatini yaxshilash va tannarxini 
kamaytirish, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida
shuningdek paxtani quritish, uni mayda va yirik iflosliklardan tozalash, paxta 
tolasini chigitdan ajratish, paxta xomashyosi va tolasini namlash jarayonlarida 
mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf 
qilish, mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiruvchi avtomatlashgan, 
resurstejamkor texnologiyalarni yaratish muhim vazifalardan bo’lib qolmoqda. 
Jahonda paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasining asosiy bosqichi sifatida, 
paxta tolasini chigitdan ajratish (jinlash) jarayoni, texnika va texnologiyasini 
rivojlantirishga yo’naltirilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu 
yo’nalishda, jumladan, paxtani jinlash jarayoni samaradorligini oshirishning ilmiy 
asoslari yaratilmoqda, ilmiy hajmdor, avtomatlashgan, shuningdek zamonaviy 
texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni jadallashtirish 
orqali mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Shu bilan birga, mazkur sohani rivojlantirishning asosiy omillari 
sifatida, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonida tola va chigitning dastlabki sifat 
ko’rsatkichlarini saqlash, jarayon energiya sarfini kamaytirish imkoniyatini 
beradigan, mahsulot sifatini boshqara oladigan ixcham texnologiyalarni, paxta 
tolasini chigitdan ajratuvchi va jarayonni paxta xomashyosi bilan ta’minlovchi 
uskunalarining sodda, kam material va energiya sarflaydigan konstruktsiyalarini 
yaratish zarur hisoblanadi. Respublikamizda paxta xomashyosini chuqur qayta 
ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal 


rivojlantirish, paxta tozalash sanoatini modernizatsiya qilish asosida ichki va tashqi 
bozorda paxta mahsulotlari sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, uning 
raqobatbardoshligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda 
O’zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo’yicha 
Harakatlar 
strategiyasida, jumladan «… milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, 
… iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga 
energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish» vazifasi belgilab berildi. 
Ushbu vazifani bajarishda paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlarini 
nazariy va amaliy o’rganish muhim masalalardan hisoblanadi. Mazkur o’quv 
qo’llanma 5320300 - “Texnologik mashinalar va jihozlar” (to’qimachilik, yyengil 
va paxta sanoati turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishidagi bakalavriatura talabalari 
uchun tasdiqlangan namunavaiy fan dasturi asosida yozilgan. Qo’llanma 27 ta 
mavzu va 302 sahifadan iborat. O’quv qo’llanmada “Pахtаni dаstlаbki Ishlаsh 
tехnоlоgiyasi vа jihоzlаri” fanidagi asosiy materiallar, o’quv reja soatlaridan kelib 
chiqqan holda keltirilgan. O’quv qo’llanmada “Pахtаni dаstlаbki Ishlаsh 
tехnоlоgiyasi vа jihоzlаri” ning predmeti, maqsad va vazifalari ko’rsatib o’tilgan. 
Bundan tashqari barcha mavzular namunaviy fan dasturiga mosligi, mavzular 
so’ngida esa, nazorat savollarini berilishi, talabalarga fanni oson o’zlashtirish 
imkonini beradi. 
Paxtamiz rangi, tolasining uzunligi, pishiqligi va mikroneyr ko’rsatkichlari 
bilan xalqaro standartlarga to’la javob beradi. Bu uning jaxon tola bozorida 
xaridorligini ta’minlaydigan eng muhim jihatlardandir. Ammo, prezidentimiz 
ta’kidlaganidek, ushbu tolani o’zimizda qayta ishlab, tayyor maxsulot shaklida jaxon 
bozoriga olib chiqsak-chi? Daromad bir necha barobarga oshishi tabiiy. Qolaversa, 
paxta o’simligidan olinadigan yana yuzlab maxsulotlar ham borki, bularning 
barchasi iqtisodiy samarani bir necha barobarga oshiradi. Eng muhimi, ko’plab 
yangi ish o’rinlari yaratiladi [1]. 
Hukumаtimizning qo’llаb quvvаtlаshi nаtijаsidа pахtа tоzаlаsh tarmоg’idа 
pахtаni dаstlаbki ishlаshning tехnikа vа tехnоlоgiyasini tаkоmillаshtirish bo’yichа 


sеzilаrli o’zgаrishlаr ro’y bеradi Rеspublikаning bаrchа hududlаridаgi pахtа 
tоzаlаsh kоrхоnаlаri rеkоnstruktsiya vа mоdеrnizаtsiya qilish ishlаrini jadal suratda 
o’sib borada. 
Tarmoq korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash jahon 
paxta bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda qo’l 
kelmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo’llash tufayli erishilgan asosiy 
yutuqlardan biri elektr energiyasining tejalishidir. Bir tonna tola ishlab chiqarishga 
sarflanadigan solishtirma energiya sarfi o’rtacha 25-27 foizga kamaydi. Tizimda 
qiyin tozalanadigan selektsiya navlariga mansub paxta xomashyosidan olinayotgan 
oliy va yaxshi sifatli tola ulushini ko’paytirish hamda jahon andozalariga mos 
mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ham qator yumushlar bajarilmoqda.



Download 0,92 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Paxtani tashishda ishlatiladigan rbd g’arambuzgich uskunasini takomillashtirish

Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish