|
Mundarija Kirish I asosiy qisim uskunsning asosiy parametrlari Konsturuksiyaviy qisim II xisoblash Xulosa
|
bet | 1/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT
Mundarija
Kirish
I Asosiy qisim
1.2 Uskunsning asosiy parametrlari
1.3 Konsturuksiyaviy qisim
II Xisoblash
Xulosa
2.1 Issiqlik energetic hisobi
Foydalanilgan adabiyotlar
Poliolefin birikmalarining eng oddiy vakillaridan biri – polietilen, etilenni polimerlash yo‘li bilan olinadi.
Ma’lumki, dunyoda individual uglevodorodlar ichida ishlatilishi xajmi bo‘yicha etilen birinchi o‘rinda turadi. Buning sababi etilen asosida katta xajmda va keng ishlatiladigan polimerlar va oddiy organik birikmalar sintez qilinadi. Bular qatoriga polietilen, polivinilxlorid, polistirol va boshqalar kiradi.
Etilendan oksidlash orqali etilen oksidi, etilenglikol va bir qancha kerakli bo‘lgan organik moddalar sintez qilinadi.
Etilen neft va gaz maxsulotlaridagi etanning truba shaklidagi pechlarda pirolizi orqali olinishi aytib o‘tilgan.
Dunyoda neft qazib chiqarish bo‘yicha Saudiya Arabistoni 1-o‘rinda turadi. Ya’ni, dunyoda qazib chiqariladigan neftning 25% ini tashkil etadi. Taqqoslash uchun: Iroq-10%, Kuvayt-9,4% Eron-9,3%.
Xozirgi paytda respublika boy gaz, gaz kondensat va neft zaxiralariga ega. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyati respublikada bu soxa bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
Sho‘rtangaz kimyo kompleksi (ShGXK) 2001 yildan boshlab bir yiliga:
125 ming tonna polietilen xom ashyosi;
102 ming tonna gaz kondensati;
142 ming tonna suyultirilgan gaz maxsulotlarini ishlab chiqara boshladi.
Bundan tashqari Qoraqalpoqston Respublikasi Surgili gaz konida qurilayotgan “Uz-Kor Gaz” kimyo majmuasini misol qilsak bo‘ladi. 2006-yil mart oyida prezidentimiz I.A.Karimov Koreya prezidenti bilan loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘l qoydilar. Hozirda u yerda qurilish ishlari jadal suratlar bilan ketmoqda. Qurilish 2016-yiliga borib o‘z maxsulotlarini ishlab chiqara boshlaydi. Majmua ishga tushganidan keyin yiliga 4.5 mlrd kuba metr tabiy gazni qayta ishlab 387 ming tonna xar xil markali polietilen va 83 ming tonna polipropilen sintez qiladi.
|
| |