• Ikkinchi bo‘lim
  • Reaktor №1 rejimi
  • Loyhalanayotgan texnologik jarayonning nazariy kimyoviy, fizikaviykimyoviy, texnologik asoslari




    Download 0,6 Mb.
    bet3/25
    Sana22.02.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #160932
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    SKLARTECH HISOBOT
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza

    3. Loyhalanayotgan texnologik jarayonning nazariy kimyoviy, fizikaviykimyoviy, texnologik asoslari


    Ushbu texnologiya bo‘yicha polietilen ishlab chiqarishning umumiy texnologik jarayoni asosan 3 ta bo‘limdan tashkil topgan:
    Birinchi bo‘lim polimerni sintez qilish bo‘limi bo‘lib, bu bo‘limda xomashyo tayyorlanadi, monomer siklogeksanda eritiladi va polimerlanish o‘tkaziladi. So‘ngra polimerni katalizatorlardan tozalab, ajratib olinadi (Rasm3.dagi 1-14 ).
    Ikkinchi bo‘lim ( resikl bo‘limi) eritmani qayta tiklash bo‘limi bo‘lib, ushbu bo‘limda reaksiyaga kirishmagan xom-ashyo va materiallarni qayta ajratib tozalanadi, ularni toza xolda yana polimerlanish jarayoniga qaytariladi( 15-20).
    Uchinchi bo‘limda polimerni ekstruziyalash, granulaga aylantirish, granulalarni tozalash, quritish, aralashtirish va qadoqlash amalga oshiriladi (2129)
    Polimerlanish jarayonida etilen va buten-1ni polimer yoki sopolimerga aylanishi (konversiya) kuzatiladi. Ushbu jarayonida monomer va somonomerlarni birikib, turli zichlikdagi, suyuqlanma indeksiligidagi hamda molekular og‘irligini taqsimlanishidagi polietilen olish uchun, uch xildagi reaktorlar mavjud;

    1. Reaktor №1 – aralashtirgichli avtoklav

    2. Reaktor №3 – quvursimon adiabatik reaktor

    3. Uchinchi reaktor quvursimon reaktorga o‘xshash bo‘lib, quvursimon rektordan ancha qisqa bo‘ladi va trimmer reaktori deb ataladi.

    Uchta reaktordan turli kombinatsiyalarda foydalanish orqali turli molekula – massaviy taqsimotga, strukturaga va xossalarga ega polietilen ishlab chiqariladi.Buning uchun reaktorlarni uch hil rejimda ishlatiladi:

    1. Reaktor №1 rejimi bo‘yicha asosiy polimerlanish jarayoni avtoklav reaktorida amalga oshiriladi. Avtoklav reaktorining aralashtirgichi kurakchalar bilan jixozlangan bo‘lib, xom-ashyoning asosiy qismi reaktorning tag tomonidan purkab beriladi. Lekin 50% ga yaqin xom-ashyo reaktor aralashtirgichi 4-chi kurakchasi balandligida purkab berilishi mumkin. Katalizator reaktorni tag tomonidan purkab beriladi. Ushbu rejimda reaktor №1 (6) dan oldin turgan №3 (5) quvurli reaktor oddiy quvur vazifasini bajaradi. Chunki quvurli reaktordan xom-ashyo katalizatorsiz o‘tadi. Xom-ashyoni me’yorlab, reaktorni turli joylaridan berilishi orqali reaktordagi xaroratni nazorat qilinib, reaktorning tepa va pastki qismidagi farqini 5-40ºС bo‘lishiga erishiladi. Reaktor№1 da polimerlanish 200-300ºS xaroratda, 13.4 – 16.9 MPa bosimda amalga oshiriladi. Olinayotgan polietilenni molekular massasi xarorat va berilayotgan vodorodni miqdori orqali rostlab turiladi. Polimerni zchligi esa buten-1 miqdorini o‘zgartirish orqali rostlanadi.

    Monomer va somomerni polimerlanishi uzluksiz ravishda, siklogeksan eritmasida, aralashtirgichli reaktorda metall kompleks katalizatorlari ishtirokida ketadi. Qoldiq monomer, faol katalizator ishtirokida trimmerda qo‘shimcha polimerlanadi va undan so‘ng reaksiya massasi faolsizlantiriladi (ktalizator faolsizlantiriladi). Bu rejimda olingan polietilen tor molekulamassaviy taqsimotga ega bo‘lib, uning "Kuchlanish ko‘rsatgichi" 1.15 – 1.37 atrofida bo‘ladi.


    1. Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyhalanayotgan texnologik jarayonning nazariy kimyoviy, fizikaviykimyoviy, texnologik asoslari

    Download 0,6 Mb.