|
Reaktorni ta’minlovchi nasos qurilmasi
|
bet | 8/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT
Reaktorni ta’minlovchi nasos eritmani bosimli bakdan olib reaksiya zonasi orqali oldinga yetkazib beradi. GA-2104 reaktorni ta’minlovchi nasosning kirish qismida GA-2103 reaktorni ta’minlovchi buster nasosi joylashgan bo‘lib, u reaktorni ta’minlovchi nasosning so‘rish qismida yetarli bosimni ta’minlab beradi. Reaktorni ta’minlab beruvchi buster nasosi markazdan qochma kuch tamoyilida ishlaydigan nasosdir. GA-2103 buster nasosi asosiy nasos GA-2104 ning so‘rish qismida yetarli bosimni ta’minlab berish uchun ham mo‘ljallangan. GA-2103 bosimi 3000-4500 kPa, harorati 40-550С bo‘lgan bir jinsli eritmani xaydaydi. Nasosdan chiqishdagi bosim PG-21016 monometri bilan joyida o‘lchanadi.
Reaktorni ta’minlovchi nasosni va uzatish qutisini moylashni moylash kurilmasi ta’minlab, uning yordamida moy podshipniklar orqali aylanadi. Reaktorni ta’minlovchi nasosning kirish qismida joylashgan pasaytiruvchi quvurlar va Qulifli muvozanat quvuri zichlagich ishdan chiqish yoki sizib chiqish topilgan hollarda qurilmada bosimni tushirish imkonini beradi. GA-2103 reaktorning buster nasosining so‘rish qismiga sovuq yoki issiq azot bosim ostida quyish mumkin-ki, bu ikkala nasoslarni zararsizlantirish imkonini beradi. Reaktorni ta’minlovchi nasos nasosolar oralig‘ida joylashgan 7900kPa bosimga mo‘ljallangan PSV-114 va PSV-114S saqlagich klapanlar bilan himoyalangan. GA2103 nasosida bosimlar farqining qiymatini kuzatish uchun PDI-21073 bosimlar farqini o‘lchash differensial asbobi o‘rnatilgan. Bosimlar farqining qiymati (DCS) ga yuboriladi. Bosimlar farqining qiymati PDAL-21073 belgilangan qiymatdan quyi bo‘lganda I-1053 blokirovka faollashadi.
GA-2104 reaktorni ta’minlovchi nasos bu markazdan qochma kuch tamoyilidagi nasosdir. U eritmani bosimli bakdan GA-2103 reaktorning buster nasosi orqali so‘rib oladi va materialni separator uchastkasig‘a reaktor orqali haydash uchun bosimni ko‘taruvchi bosimni ta’minlab beradi. Texnologik jarayonni rostlash uchun qo‘llaniladigan vodorod reaktorni ta’minlovchi nasosning haydovchi tarmog‘ining FA-21077 klapanidan so‘ng reaktorni ta’minlovchi oqimgacha qo‘shiladi. Nasosdan chiqishdagi bosim PG-21015 monometri bilan joyida o‘lchanadi.
Nasosning chiqish qismida joylashgan puflash quvuri LPS FA-2201 quyi bosim separatorini ushlab turish bakiga uni ishga tushirishdan oldin nasosdan gaz puflash imkonini beradi. Quvur sarfni chegaralash uchun kesimi torayib boradigan diafragma sarf o‘lchagich FO-21002 va gaz yoki suyuqlik oqimini vizual nazorat qilish uchun ko‘rish oynasi FG-22104 bilan jixozlangan. Qulif yuvish quvurlari kesimi torayib boradigan tuynuklar va zichlagichlarni sovitgichlari bilan jixozlangan. Moylovchi yog‘lar yordamida yog‘lar uzluksiz podshipniklar orqali aylanadi. Tezkor suv sovituvchi va bosim pasaytiruvchi qurilma zichlagichlarni ishdan chiqkan xolatida nasosdan bosimni tushirish va qulif uchastkalarini sovitish uchun mo‘ljallangan. GA-2104 nasosning chiqish qismida issiq yoki sovuq azot beruvchi tarmoq mavjud.
F-0220 markali polietilen ishlab chiqarishda reaktorlar kombinatsiyasi reaktor №1 rejimida ishlaydi.
|
| |