|
Mundarija Kirish I asosiy qisim uskunsning asosiy parametrlari Konsturuksiyaviy qisim II xisoblash Xulosa
|
bet | 9/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT Yonlama ta’minotli reaktor № 1
Past suyuqlanish ko‘rsatkichli polimerlar reaktor ichida aralashish qirqimini kuchaytirish uchun xom ashyoni yon tarafdan berilishini talab qiladi. Xaroratni rostlash rejimini reaktor №1 ning yon taraflari va tub qismi oraligida taksimlanadi. Reaktorni yumshoq ta’minlash qurilmasini boshqarish va reaktor № 1 ni boshqarish o‘rtasidagi farq shundaki, reaktor № 1 ni yon devorlaridagi kulda boshkariladigan pona surilmasi (klinovыy zadvijkalar) ochiq bulib, yonaki ta’minlovchi sarf “L” quyi oqimida signal beruvchi FIC-21088 nazoratchi tomonidan rostlanadi.
Reaktor № 1 da polimer ishlab chiqarishda, yonaki ta’minot oqimini kiritish reaksiyani to‘xtatishni talab qilmaydi.
Yonaki ta’minot rejimidagi Reaktor № 1 da klapanlar xolati:
- 50% ga ochiq
- yopiq
- ochiq
Bu rejimda oqim baypas orqali issiq oqim bilan birlashadi va 45-600С xarorat bilan yonaki uzatishga 10000-30000 kg/h sarf bilan keladi va oqimning bir qismi reaktor №3 orqali o‘tib reaktor №1 ning tub qismiga 50000-85000 kg/h sarf bilan keladi. Termik ishlov berilgan katalizator (bundan keyin - NTS) xam reaktor №1 ning quyi qismiga beriladi.
TIC-21090 nazoratchi avtoklav reaktorning oldindan tanlangan uchastkasida YeA-2103 reaktorni ta’minlovchi isitgich va baypas quvurning rostlovchi klapani orqali kerakli oqimni o‘tkazish bilan xarakatni rostlaydi. Isitgichdan chiqishdagi xarorat TIC-21084 nazoratchi yordamida rostlanadi va doimiy qiymatda ushlab turiladi. Reaktor №1 da o‘rtacha xaroratni rostlash uchun unga kirayotgan ta’minlovchi oqimning xarorati o‘zgartiriladi. Reaktor №1 da polimer ishlab chiqarish davomida yetarli darajada aralashtirishni ta’minlash uchun aralashtirgich uzluksiz ishlab turadi.
Yonaki uzatishga oqim FV-21088 va HV-21110 klapanlari orqali FIC-21088 nazoratchi tomonidan rostlanadi. Reaktor №3 ga kirishda xarorat uning quyi “L” qiymatida signallashtirish bilan TI-21112 xarorat indikatori bilan o‘lchanadi. Reaktorga berilaetgan oqim bosimi uni o‘rnatilgan qiymatidan yuqori yoki past qiymatlarga erishganda signal berilishi bilan PI-21111A asbobi bilan o‘lchanadi.
Reaktorga kirishda bosimning ruxsat etilgan qiymati ortib yoki kamayib ketganda PAHH-21111 bosimning juda yuqori qiymati va PALL-21111 bosimning juda quyi qiymati bo‘yicha signalizatsiya ishga tushishi sodir bo‘ladi. Bu signallar faollashganda I-1054 blokirovkasi faollashadi. Bu blokirovka DC-
2101reaktorning aralashtirgichi (meshalka) ni to‘xtatadi. Kirishdagi bosim PG21017 orqali joyida o‘lchanadi. Reaktor №3 ga kirish quvuri PSV-120 ximoya klapani bilan ximoyalangan bo‘lib, u 18930 kPa bosimga urnatilgan. NTS sistemasi qo‘llanilganda polimerni suyuqlanish ko‘rsatkichini rostlash uchun vodorod ikkinchi (J2) nuqtadan beriladi. Polimerlanish jarayoni issiqlik ajralishi (ekzotermik reaksiya) bilan ketadi. Etilen konversiyasining xar 1% iga xarorat 12-130С ga ortadi. Polimer oqimi (RA) 234-3100S xarorat bilan DC-2101 reaktor №1 dan chiqib, trimmer reaktor orqali o‘tadi. DC-2101 dan chiqishda PSV157 ximoya klapani bo‘lib, u 19130 kPa bosimga urnatilgan.
Reaktor №1 da rejimni o‘zgartirishdan oldin, undagi reaksiya to‘xtatilishi kerak va reaktor qurilmasi 30 daqiqa davomida reaktorni ta’minlovchi nasosdan kelayotgan erituvchi oqimi bilan yuvilishi kerak. Reaktor rejimini o‘zgartirishda reaktor №1 ning yonaki uzatish tarmog‘idagi quyish uchastkalarini yuvish kerak. Reaktor rejimini o‘zgartirish paytida LOS chiroq o‘chirgichi ulab qo‘yiladi. Bu reaktorni ta’minlovchi nasoslarning rostlovchi klapanlarini yopiq xolatga o‘tishini oldini oladi.
Katalizator reaktor №1 ga xaydaladi, shu sababli reaksiya faqat reaktor №1 da ketadi va quvur reaktor HX-121, ya’ni reaktor №3 bundan istisno. Bu rejim tor molekular massa bo‘yicha taqsimlanishga ega polimer ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. Oqim reaktor ta’minotini yumshatish uchun reaktor №3 ning kirish tuynugiga yo‘naltiriladi. Qo‘lda boshqariladigan pona surilmasi “II” yopiq bo‘ladi, qo‘lda boshqariladigan pona surilmasi “III” ochiq bo‘ladi. HS-21110, HS-
21089 va HS-21091lar reaktor №1 rejimini tanlaydi. Xolat o‘zgartirgichlarni va klapanlarning xolatlarini Reaktor №1 ning ishlash rejimiga mos kelganligini tekshirib qo‘yish lozim.
|
| |