Mundarija Kirish I asosiy qisim uskunsning asosiy parametrlari Konsturuksiyaviy qisim II xisoblash Xulosa




Download 0,6 Mb.
bet12/25
Sana22.02.2024
Hajmi0,6 Mb.
#160932
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
SKLARTECH HISOBOT

YeA-2105 adsorber isitgichi


YeA-2105 adsorber isitgichi to‘rt o‘tishli issiqlikalmashgich bo‘lib, unda texnologik jarayon quvurlar tarafidan oqib o‘tadi. Quvurlar tarafi PSV-157 va PSV-157S ximoya klapanlari bilan ximoyalangan bo‘lib, ular 13600 kPa bosimga urnatilganlar. Bu ximoya klapanlari reaktor №1 ning chiqish tuynigida joylashtirilgan. YeA-2105 ning vazifasi oqimni o‘ta yuqori bosimli bug‘ bilan isitishdir. Bundan maqsad oraliq bosimli separatorda (IPS) va quyi bosimli separatorda (LPS) yengil fraksiyalarni ajratib olishga isitishdir. O‘ta yuqori bosimli bug‘ning kirish qismida SIL-2101 so‘ngdirgichli shamollatuvchi liniya mavjud. Texnologik jarayon adsorber isitgichiga xarorati 230-3100С, bosimi 11000-16500 kPa bo‘lgan xolda trimmer reaktordan chiqib kelib, unda xarorati 285-3110С gacha ko‘tariladi. Bundan maqsad FA-2105 eritma adsorberlarida cho‘kmani oshirish va quyi oqimlarda polimerdan erituvchini ajratishni yaxshilashdir. YeA-2105 isitgich issiqlikalmashgichning quvurlararo bo‘shlig‘i PSV123 va PSV-123S ximoya klapanlari bilan ximoya qilingan bo‘lib, ular 13600 kPa bosimga urnatilgan. Yuqori bosimli bug‘ isitgichga FV-21331 xaroratni rostlash klapani orqali kirib, LV-21031 sathni rostlovchi klapan orqali o‘ta yuqori bosim kondensat sig‘imiga chiqadi. Issiqalmashgichning kirish qismidagi bosim joyida PG-2108 monometri bilan o‘lchanadi. Liniyada PI-21670 bosimni quyi qiymatida signal beruvchi bosim indikatori ko‘zda tutilgan.
YeA-2105 da sath kondensat chiqish liniyasida LV-21131 klapan orqali sathning yuqori “H” ida signal beruvchi LIC nazoratchi tomonidan rostlanadi. Qaytayotgan kondensat liniyasida o‘tkazuvchanlikni ko‘rish uchun SC-117 namuna olgich o‘rnatilgan. Yuqori bosimli bug‘ning bosimining tavsiya qilingan qiymatidan oshirmaslik kerakki, bu texnologik quvurlarning devorlarining xaroratini oshirib pelargon kislotasi yoki kapril va kaprin kislotalarining parchalanish extimolini oshiradi. Parchalanish maxsulotlari quvurlar materialini korroziyalab, ularda cho‘kindilar utirishiga olib kelishi mumkin. Bu cho‘kindilar issiqlik o‘tkazish samaradorligini kamaytiradi va polimerni ifloslantiradi, natijada maxsulot rangi yomonlashadi. Adsorber isitgichidan chiqishda texnologik xarorat 3150С dan kam bo‘lishi kerak, sabab bu quvurlar tizimi uchun spesifikatsiyada o‘rnatilgan xarorat chegarasidir. YeA-2105 dan chiqishda pentandion (PD) beriladi.
Petandion (PD) xelat xosil qiluvchi agent bo‘lib, katalizatorlar qoldiqlarini aluminiy oksidda (PA) adsorbsiyalanishini yaxshilaydi. PD sarfi CATS:PD/CATS=2,35÷2,5CATS=CAB mol/hr+CT mol/hr molyar nisbatdan aniqlanadi.
Polimer oqimi PD bilan GD-2107 aralashtirgichda aralashadi. GD-2107 dan chiqishda xarorat TIC-21716 nazoratchi tomonidan rostlanadi. Uta yukori bosimli bug‘ni uzatish liniyasida SIL-2101 so‘ndirgich o‘rnatilgan. GD-2107 aralashtirgichdan chiqishda xarorat TIC-21716 xarorat nazoratchisi tomonidan FV21331 klapan orqali YeA-2105 issiqlikalmashgichga Uta yukori bosimli bug‘ini sarfini rostlash yo‘li bilan rostlanadi. Ishlatilgan katalizatorlar xelat xolida FA-2105A/B eritma adsorberiga keladi. Adsorberga kirishda PSV-128 va PSV-129 ximoya klapanlari bo‘lib, ular 19130 kPa bosimga urnatilgan.

Download 0,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija Kirish I asosiy qisim uskunsning asosiy parametrlari Konsturuksiyaviy qisim II xisoblash Xulosa

Download 0,6 Mb.