FA 2105 A/B eritma adsorber qurilmasi




Download 0,6 Mb.
bet13/25
Sana22.02.2024
Hajmi0,6 Mb.
#160932
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
SKLARTECH HISOBOT

FA 2105 A/B eritma adsorber qurilmasi


Eritmalar uchun adsorber FA-2105 polimer eritmasidan katalizator qoldiqlarini ajratib olish, ularni miqdorini kuzatish va yakuniy maxsulot ko‘rinishini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. FA-2105 A/B adsorberiga 10000 kg aluminiy oksid solinadi. Katalizator chiqindilari metall xelatlari xoliga o‘tkazish yo‘li bilan faolsizlantiriladi, keyin YeA-2105 adsorber isitgichida taxminan 3110С gacha qizdirilib, eritmadan faollashtirilgan aluminiy oksidda adsorbsiyalanib ajratib olinadi. Polimerda vannadiy konsentratsiyasining 1 ppm dan, titan konsentratsiyasini 1 ppm dan yuqori bo‘lishi maxsulotning rangini makbo‘l bo‘lmagan xolda bo‘lishiga olib keladi. FA-2105A/B dan chiqishda polimerning rangi me’yor darajasida bo‘lmasa oqim zaxira apparatga yo‘naltiriladi. Ishlab bo‘lingan aluminiy oksidi chiqarib olinib. yangi aluminiy oksidi qatlami solinadi. FA-2105A/B adsorberidagi bosimlar farqi DCS da PDI-2140 aks etadi. FA-2105A/B ning tashki devori yuqori bosimli bug‘ bilan qizdiriladi.
Xar bir FA-2105 adsorberida oqim yuqoridan quyiga yo‘nalgan bo‘lib, bu aluminiy oksidni eritma oqimi bilan chiqib ketish oldini.
Katalizator qoldiqlaridan tozalangan polimer oqimi 235-2700С xarorat, 10300-11400 kPa bosim bilan FA-2120 (IPS) oraliq bosim separatoriga keladi.
IPS ga kirishda bosim PIC-21150 nazoratchi tomonidan bosimning yuqori “H” va quyi “L” qiymatlarida signal berib, PV-21152 klapani orqali rostlanadi.
Bosimning belgilangan qiymati oraliq bosim separatoriga oqim o‘tishini siqish yo‘li bilan PV-21150 “H3” klapani orqali rostlanadi. Bu yerda erituvchi siklogeksan suyuq polimerdan ajratiladi. Separatorda bosim PIC-21152 nazoratchi tomonidan bosimning yuqori “H” va quyi “L” qiymatlarida signal berish bilan siklogeksan bug‘lari liniyasig‘a o‘rnatilgan PV-21152 klapani orqali rostlanadi. Separatorning yuqori qismida muxit xarorati TI-21151 termopara bilan o‘lchanadi. Oraliq bosim separatori PSV-131 PSV-131S ximoya klapanlari bilan ximoyalangan bo‘lib, ular 6570 kPa bosimga urnatilgan. Saklash klapanidan dan polimer separatori kollektoriga tashlash amalga oshiriladi. Oraliq bosim separatorida sath LIC-21154 nazoratchi tomonidan sathning yuqori “H” va quyi “L” qiymatlarida signal berish bilan 1-bosqich LPS quyi bosimli separatorga IPS ning quyi qismidan chiqqan liniyaga o‘rnatilgan LV-21154 burchakli klapan orqali rostlanadi. Shu bilan birga separator bosimning o‘ta yuqori qiymatida DCSga signal beruvchi sath o‘lchagich bilan jixozlangan. Bu yerda radioizotopli sath o‘lchagich qo‘llaniladi. IPS kubidan chiqishda suyuq prisadkalar beriladi. Prisadkalar berish quvurida bosim joyida PG-21077 monometri bilan o‘lchanadi. FA-2120 ning kubidan polimer oqimi FA-2121 quyi bosimli separatorning 1bosqichiga keladi. FA-2121 ning yuqori qismida siklogeksan bug‘ xolida polimerdan ajratib olinadi. Siklogeksanning bug‘larining bosimini rostlash PIC-21156 nazoratchi tomonidan bosimning yuqori “H” qiymatida signal berish bilan yuqoridan maxsulot chiqarish quvuriga o‘rnatilgan PV-21156 klapani orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga 1-bosqich quyi bosimli separator DCS da signal beruvchi LAHH-21159 o‘ta yuqori sath sath o‘lchagichi bilan jixozlangan. 1- bosqich quyi bosimli separator PSV-132 va PSV-132S ximoya klapanlari bilan ximoyalangan bo‘lib, ular 1380 kPa bosimga urnatilgan. Separatordan bosimni qo‘lda chiqarib yuborish uchun qo‘shimcha liniya xam ko‘zda tutilgan. LPS ning birinchi va ikkinchi bosqichlarida g‘alvirsimon likopcha o‘rnatilgan bo‘lib, uning sirtida polimer sathi ushlab turiladi. Sath kaskad rejimida separatordagi bosimga bog‘liq xolda sathning yuqori “H” va quyi “L” qiymatlarida PV-21156 klapani orqali LIC-21158 nazoratchi tomonidan boshqariladi. PV-1156 klapani PIC-21156 nazoratchining qiymatiga qarab bosimning yuqori qiymati “H” da signal berib ishlaydi. LPS ning birinchi bosqichida xarorat TI-21160 termopara bilan o‘lchanadi. G‘alvirsimon likopchadan polimer tola xolatida tushadi. LPS ning ikkinchi bosqichidan keyin polimer (2,0-3,5)% li siklogeksan bilan ekstruderga yuboriladi. FA-2121 va FA-2122 larning yuqori qismidan chiqqan siklogeksan bug‘lari bitta liniyaga birlashadilar va FA-2123 ajratgichga keladilar. FA-2122 yuqori qismida azot liniyasi bo‘lib, undan ixota xosil qilish va bosim ushlab turish uchun PCV-21170 orqali azot beriladi. FA-2122 quyi bosimli separator PSV-133 va PSV-133S ximoya klapanlari bilan ximoya qilingan bo‘lib, ular 980 kPa ga urnatilganlar. LPS ning ikkinchi pog‘onasida sath ekstruder burg‘usining aylanish tezligini o‘zgartirish xisobiga rostlanadi. Sathning yuqori qiymati “H” bo‘yicha signal berish ko‘zda tutilgan. Sath belgilangan darajadan oshganda yuqori “H” va o‘ta yuqori “HH” qiymati bo‘yicha LI- 21163 signalizatsiya ishlay boshlaydi. FA-2122da siklogeksan bug‘larining bosimi PV-21166 klapandan rostlanadi. PV-21166 “H3” klapanning ishini PIC-21166 nazoratchi bosimning yuqori “H” va quyi “L” qiymatida signal berish bilan boshqariladi. LPS ning ikkinchi bosqichida xarorat TI-21165 termopara bilan o‘lchanadi.
FA-2123 ajratgichda LPS ning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan olib chiqib ketilgan polimer ushlab kolinadi. Olib ketilgan polimerdan siklogeksan bug‘larini ajratib olishni yaxshilash uchun, idishni uzini faolsizlantirishni o‘tkazish va polimer yukini chiqindilar konteyneriga o‘tkazish uchun FA-2123 ning yuqori qismidan quyi bosimli bug‘ berish ko‘zda tutilgan. Isitgichning konus va silindr qismlari bug‘li yo‘ldosh (parosputnik) bilan yuqori bosimli bug‘ yordamida qizdiriladi. LPS ning tanasi o‘rta bosimli bug‘ bilan isitiladi. FA2123 da yuqori sath LAHH-21171 bilan signal beriladi. Ushlab qolingan polimer separatorning quyi qismidan SPV-110 klapanidan tushiriladi. FA-2123 dan chiqqan siklogeksan bug‘lari reaksiya zonasidan FA-2201 ushlab qolish idishiga keladi. Siklogeksan bug‘larining liniyasi PSV-134 va PSV-134S ximoya klapanlari bilan ximoyalangan bo‘lib, ular 980 kPa ga urnatilgan. Idishning konussimon qopqog‘i ostidagi yuqori bosimli bug‘ o‘rami 1400С ga teng xaroratning minimal qiymatida issiqlik beradi. Yuqori sezgir signal berish tizimi boshqarish pultiga buzilishlar xaqida xabar beradi.

Download 0,6 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FA 2105 A/B eritma adsorber qurilmasi

Download 0,6 Mb.