|
Mundarija Kirish I asosiy qisim uskunsning asosiy parametrlari Konsturuksiyaviy qisim II xisoblash Xulosa
|
bet | 15/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT
JD – 2302x yordamchi ekstruderi qattiq xolatdagi qo‘shimchalarni va suyuqlanma xolida qayta siklga kiritilayotgan polimerni asosiy ekstruderga kiritish uchun mo‘ljallangan.
Bu materiallar qayta siklga kiritilayotgan polimer va qattiq xolatdagi qo‘shimchalar aralashmasi ham bo‘lishi mumkin.
Qayta siklga kiritilayotgan polimer, oliy nav sifatiga mos kelmaydigan granulalash va quritish bosqichlaridan o‘tgan polimerdir. Yordamchi ekstruderda bu polimerni qo‘shish natijasida uni sifati birinchi navgacha ko‘tariladi. Tiklangan polimer rangi talab darajasida bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qo‘shilayotgan ayrim qo‘shimchalar qo‘llanilayotgan erituvchilarda erimasligi sababli faqat quruq granula xolida ishlatilishi mumkin. Bu qo‘shimchalar yordamchi ekstruderda polietilen bilan aralshtirilib ishlab chiqarilayotgan mahsulotga kiritilishi mumkin. Shu usulda ikkita standart qo‘shimcha – qumtuproq (Silika S-40) va Viton (G-84) – qo‘shiladi.
JD – 2302x yordamchi ekstruder odatda hamma vaqt ishlaydi. Uni ishlash tezligi (unumdorligi) mavjud qayta ishlanayotgan granula miqdoriga bog‘liq. Bundan tashqari agar FA – 2122 dan chiqqan siklogeksan bug‘lari shu apparatning konus qismidagi polimer qatlamini yorib o‘tsa, yordamchi ekstruder doimo ishlab turishi kerak.
JD – 2302x yordamchi ekstruder asosiy ekstruderga o‘xshaydi. U aylanish tezligi o‘zgaruvchan dvigateldan, reduktordan, qaynoq moy bilan qizdirish tizimi bilan isitiladigan silindrdan, shnekdan iborat. Yordamchi ekstruder bunkeriga JD – 2306 qattiq agregat xolatdagi qo‘shimchalar quruq qo‘shimchalar bunkeridan o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida beriladi. O‘z navbatida bu bunkerlarga qattiq agregat xolidagi qo‘shimchalar NX – 309 A/V pnevmanonasoslar yordamida prisadkalar uchun konteyneridan keltiriladi. Pnevmonasoslar HS – 23220, HS
– 23226 o‘chirib/yoqqichlari yordamida joyida ishga tushiriladi va to‘xtatiladi. Qattiq agragat xolidagi qo‘shimchalar konteynerlarga qo‘lda yuklanadi.
Yordamchi ekstruderining xom ashyo yuklash voronkasi markaziy ajratish devori bilan jihozlangan. Quruq qo‘shimchalar yuklash voronkasining birinchi bo‘limiga kelib tushadi. Bu quruq qo‘shimchalar berish tezligini o‘zgartirish imkonini beradi. Yordamchi ekstruderdagi qo‘shimchalar miqdorini o‘zgartirishga granulalar oqimini yoki ekstruderni ishlash tezligini o‘zgartirish xisobiga erishib bo‘lmaydi. Yuklash voronkasining qo‘shimchalar berish bo‘limi azot bilan puflash quvuri bilan jihozlangan. Azot sarfi FI – 23014 rotametri bilan rostlanadi.
|
| |