|
Polimerga so‘ngi ishlov berish qurilmasi (zona-300)
|
bet | 14/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT Polimerga so‘ngi ishlov berish qurilmasi (zona-300)
Polimerga so‘ngi ishlov berish qurilmasining (zona-300) asosiy vazifasi, past bosimli separatorning ikkinchi bosqichidan kelib tushayotgan issiq xoldagi suyuqlanma polietilenni, ekstruziya usuli yordamida, 3X3 mm kattalikdagi qattiq granulalarga aylantirib berishdan iborat.
So‘nggi ishlov berish zonasi tarkibiga quyidagi texnologik jihozlar kiradi:
asosiy va qo‘shimcha ekstruderlar JD-2301X, JD2302X
Suv tagidagi granulalovchi asbob GD-2301X
Suvsizlantirgich/klassifikator (sinflovchi), mayda zarrachalar klassifikatorlari FD-2303, 2304
Qayta pulpalash (suvli aralashmasini olish) idishi FA-2315
Suv idishi (idishi) FA-2316
Bug‘latish kolonnasi FA-2317
Nasoslar GA – 2313S, GA – 2315A/B
Markazdan qochma quritgich va ushlab qolish bunkeri GD – 2306, FE – 2305
Aralashtirgichlar va saqlash bunkerlari FE – 2301, 02, 03, 04, 06, 07, 08,
09, 10, 33
Granulalarni transportirovka qilish kompressorlari GV – 2303X,
04X.......
Filtrlar
Dekantator (suvni quyib yuborgich) havo sovitgichi FA – 2318, YES – 2301 A/V
Issiqalmashgichlar (sovituvchi va isituvchi)
Suyuq qo‘shimchalarni tayyorlash idishi, suyuq qo‘shimchalarni ushlab qolish idishlari, ksilol idishi FA – 2308, 04, 05, 06, 19
Quruq qo‘shimchalarni uzatish tizimi (sistema) JD- 2305X,06X
Ekstruziya va granulalash.
Past bosimli separatorning (LPS) FA – 2122 ikkinchi bosqichidan polimer suyuqlanmasi F = 14000 ÷ 23400 kg/h sarf bilan 170 ÷ 225oC haroratda va 60 ÷ 50 kRa bosimda yuklash voronkasi orqali asosiy ekstruderga JD – 2301X tushadi. LPS ning ikkinchi bosqichidan chiqayotgan polimer suyuqlanmasi tarkibida erituvchining miqdori 2,5% (og‘irlik bo‘yicha) tashkil etadi.
Shnek polimerni “Dauterm” moyi bilan 180 ÷ 240oC gacha qizdirilayotgan ekstruder silindri ichida, katta bosimda GD – 2301X suvosti granulyatori filerasiga uzatadi. So‘ngra fileradan chiqayotgan makaron ko‘rinishdagi polimer na’munalari sovitilib 3 mm
2-rasim. Polimerga so‘ngi ishlov berish qurilmasining prinsipial sxemasi
kattalikdagi granulalarga qirqiladi. Filera harorati ham “Dauterm”
moyi yordamida 230 – 300oC oralig‘ida ushlab turiladi.
Shnek 4 bo‘limdan iborat:
1). Uzatish. 2). Siqish. 3). Me’yorlash. 4). Aralashtirish.
Uzatish bo‘limi shnekning kanalini eng chuqur bo‘lgan qismidir. Kanalning chuqurligi va shnek qavariqlari oralig‘ining kattaligi sababli ushbu bo‘limda oqimni haydashni eng yuqori qiymatiga erishish mumkin. Ushbu bo‘limda shponli chuqurchalar (o‘ymalar) bo‘lib, ular uzatish korobkasi bilan birga kuchlanish hosil qiladilar. Undan tashqari ushbu bo‘limda 915 mm kattalikdagi uzatish teshigi bo‘lib, bo‘lim oxirida zichlash qismi ham bor.
Siqish bo‘limidagi vintli profil (shakl) o‘ymasi diametrining kattalashganligi sababli, kanal chuqurligi qisqargan bo‘ladi. Buning natijasida polimerni siqish ortadi. Siqishni ortishiga undan tashqari kanal enini kamayishi va qabariq oralg‘ini kattalashishi ham sabab bo‘ladi. Bo‘limning uzunligi 1 diametrga teng.
Me’yorlash bo‘limi shnekning eng uzun qismi bo‘lib, bu bo‘limda kanalning eni va chuqurligi doimiy bo‘ladi. Ikkita katta qabariq bo‘lib, qabariqlarda moylash uchun o‘ymalar mavjud. Qabariq oralig‘i o‘zgarmasdir. Ushbu bo‘limda turli qo‘shimcha moddalar silindrga uzatiladi. Shu sababli bu bo‘limdagi qabariqning maydoni bo‘lib, vintli profil chuqurida o‘ymalar mavjud.
Aralashtirish bo‘limi o‘z ichiga kuraklari singan yoki yedirilgan shnekni eslatuvchi kurakchali aralashtirgichni eslatuvchi “Torpeda” aralashtirgichini oladi
Shnekni aylanishida polimer suyuqlanmasidan ajralib chiqayotgan erituvchining qoldiq bug‘lari ekstruderdan chiqarib yuborilishi kerak. Chunki bu bug‘lar polimerni fileraga itarishga qarshilik qilib, ekstruderni ishlab chiqarish unumdorligini pasaytiradi. Siqish bo‘limida polimer siqilganida, suyuqlanma tarkibidagi uglevodorod bug‘lari ham siqiladi va bosimi pastroq bo‘lgan uzatish bo‘limiga qarab harakatlana boshlaydi. Buning natijasida vaqt o‘tishi bilan bo‘shliq yoki kattagina bo‘sh hajm paydo bo‘ladi. Ushbu bo‘shliq shnekni aylanishi natijasida paydo bo‘lib, torayishni berkilishiga, yoki boshqacha qilib aytganda, vaqt o‘tishi bilan polimer sarfini kamayishiga olib keladi. Buning natijasida ekstruder (golodnыy paek) “ochlik payogi” deb ataluvchi (ya’ni sekin – asta polimer harakatini to‘xtab qolishi) xodisaga uchraydi. Shu xolning oldini olish maqsadida ekstruderning uzatish bo‘limining yon tomonida 45oC va 90oC burchak ostida ikkita JD – 2303, 2304 ventilyatsion uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib ular ekstruder ishini barqaror ushlab turadilar. Ventilyatsiya uskunalari yordamida 0,1 – 0,15% uchuvchi moddalar chiqarib yuboriladi. Bug‘ qaytargich qurilmasi yordamida hosil qilinayotgan vakuum ham ushbu uglevodorod bug‘larini chiqarib tashlashga yordam beradi. Ventilyatsiya qismidan siklogeksan bug‘lari, erituvchi bug‘lari kondensatori YES – 2301 orqali dekontator (ajratish idishi) FA – 2318 ga yuboriladi. Ikkala ventilyatsiya qurilmasi paralell xolda, past bosimli bug‘ ijektori yordamida hosil qilinayotgan 0,5 kg/sm2 vakuumda ishlaydi. Vakuum, kondensat yig‘ilish idishidan chiqishida o‘rnatilgan bosim monometrlari PG – 23002, PG – 23004 yordamida o‘lchanadi. Ventilyatsiya qurilmalari odatda oquvchanlik ko‘rsatkichi 20 yoki undan kam bo‘lgan polimerlar olishda ishalatiladi. Oquvchanlik ko‘rsatkichi 40 va undan ortiq bo‘lgan polimer olishda esa HV – 23255, HV – 23256 ikkala
Shtraxman klapani berk xolda bo‘ladi. Suyuqlanma harorati 2-8 ga teng polimer olishda esa ekstruder shnekida bosim barqaror bo‘lmaydi, bu xol odatda xato bo‘lgan xulosalarga, ya’ni ventilyatsiya qurilmalarini yaxshi ishlamayapti degan xulosalarga olib kelish mumkin. Polimer chiqarish to‘htatilganida shnekli ventilyatsiya qurilmalarini uzoq vaqt ishlab turishlari maqsadga muvofiq emas. Ventilyatsiya qurilmalarini ishdan to‘htab qolishini oldini olish maqsadida ularni silikon moylovchilari bilan moylab turish kerak. Polimer chiqarish jarayonidan shnek ventilyatsiya qurilmalarini doimo avvaldan 40-50% li tezlikda ishlatib turish va ma’lum vaqtdan keyin doimiy (1 kunda 1 marotaba) moylab turish kerak. Ekstruder ishdan to‘xtatilganida Shtraxman klapanlari berkitiladi va shnekli ventilyatsiya qurilmalari ishlash tezligi 10-20% gacha pasaytirilishi mumkin. Bunday xolda ishlayotgan ventilyatsiya qurilmalari har ikki soatda moylanib turishi kerak (asosiy ekstruder yana ishga tushirilgunicha). Ventilyatsiya kondensati idishlari to‘lib ketishini oldini olish maqsadida har smenada bir marotaba bo‘shatib olinishlari kerak. Ventilyatsiya kondensati quyib olinayotganida, mumkin bo‘lsa Shtraxman klapanini berkitishdan avval ekstruderni ishini sekinlashtirish kerak.
Ekstruder to‘rtta issiq moy (Dowtherm) bilan isitiluvchi/sovitiluvchi (T= 190-230oC) bo‘limdan va suvosti granulyatori GD – 2301X ning korpusi bilan biriktirilgan adapterdan tashkil topgan. Moy issiq moy uzatish nasoslaridan GA – 2305X, GA – 2306X, GA – 2307X, GA – 2308X, ekstruder silindri kanallari to‘latilgan xolda saqlanishi uchun, ekstruderni past tomonidan kirib, yuqori tomonidan chiqariladi.
Asosiy ekstruder JD - 2301x polimer suyuqlanmasini GD-2301x suvosti granulyatoriga uzatadi. Polimer pastdan yuqoriga harakatlanib diametri 3mm bo‘lgan granulyator filerasidan o‘tadi va suvosti granulyatorini suv bilan yuvilayotgan kamerasiga (vannasiga) tushadi. Plastik (polimer suyuqlanmasi) sovishi natijasida qotadi va filera yuzasida aylanayotgan kesuvchini pichoqlari yordamida granula ko‘rinishida qirqiladi. Ishlab chiqarilayotgan polimer xiliga qarab, granulyatorni mo‘tadil (normal) ishlashida, bir gramm polimerdan 38-45 dona granula olinishi kerak.
Asosiy ekstruderning tirgaklari qizib ketishini oldini olish maqsadida ekstruder tirgaklari soviq suv yordamida sovitiladilar.
Silindr bo‘limlaridagi (zona) harorat, silindrga o‘rnatilgan TE –
23354A/V, TE – 23356 A/V, TE – 23358 A/V, TE – 23360A/V harorat elementlari yordamida o‘lchanib, moy uzatish klapanlari TV - 23701, TV – 23702, TV – 23703,
TV – 23704 orqali LR –1/2 ekstruderni boshqarish panelida o‘rnatilgan TIC –
23701, TIC – 23703x, TIC – 23704x, nazoratchilari yordamida nazorat qilinadi.
Silindr bo‘limlaridagi bosim, silindrda o‘rnatilgan RIT – 23355x, PIT – 23357x, PIT – 23359x, PIT – 23367x bosim o‘lchagichlari (datchiklari) yordamida o‘lchanib, ekstruderning LP-1/2 boshqarish panelida ko‘rsatiladi.
LP-1/2 ekstruder boshqarish panelida o‘rnatilgan HS– 3353Ax qo‘lda ishga tushiriladigan yoqgich yordamida ekstruderning aylanish tezligi nazorat qilinadi.
Ekstruderdan chiqishdagi va adapterdagi bosimni ortib ketishi natijasida, ekstruder silindri va adapterda shikastlanish paydo bo‘lishini yoki polimerni orqaga chiqib ketishini oldini olish maqsadida, ekstruderni chiqish joyi va adapterda belgilangan bosimi R=34475kRa bo‘lgan PSE–399 yoriluvchi membrana o‘rnatilgan. Granulyatorda esa belgilangan bosimi R = 20685 kRa bo‘lgan PSE – 398 yoriluvchi membrana o‘rnatilgan. Yoriluvchi membrana ishga tushganida 1 – YeX blokirovka faollashadi va asosiy ekstruderni to‘xtatadi.
|
| |