Granula tarkibidan uglevodorodlarni bug‘latish yo‘li bilan ajratib olish




Download 0,6 Mb.
bet17/25
Sana22.02.2024
Hajmi0,6 Mb.
#160932
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
SKLARTECH HISOBOT

Granula tarkibidan uglevodorodlarni bug‘latish yo‘li bilan ajratib olish.
Granulalash moslamasidan chiqayotgan polimer 2,5% og‘irlikkacha uchuvchan uglevodorodlar saqlaydi. Mahsulotni xavfsiz qadoqlash uchun bu miqdor (0,04 – 0,06)% gacha kamaytirilishi kerak.
FA – 2317 bug‘latish kolonnasining vazifasi polietilen granulalaridan uglevodorodlarni bug‘ bilan ajratib olishdir. Granulalarga quyi bosimli bug‘ bilan ishlov beriladi. Bug‘ va granulalar yo‘nalishi qarama – qarshidir. Polimer turiga qarab quyi bosimli bug‘ning harorati (102)oC bo‘ladi. Bir partiya polimer granulalarini bug‘ bilan ishlov berishga 7 soat vaqt ketadi. Bu vaqt polimer granulalari partiyasini bug‘latish kolonnasining kirishidan to chiqishigacha o‘tish vaqtiga teng.
Bug‘latish kolonnasida bosim R = (10) kRa chegarasida o‘zgaradi. Bosim FV – 23060 klapani orqali kolonnaning yuqoridagi chiqish yo‘liga azot oqimini berish va HIC – 23490 qo‘lda boshqariladigan nazoratchi orqali YES – 2301 shamollatgichni havo berish burchagini rostlash bilan rostlanadi.
Kolonnadagi sath LIT – 23035 radar turidagi sath o‘lchagich bilan o‘lchanadi va kolonnaning quyi qismidan chiqish yo‘lida o‘rnatilgan LV – 23035 klapani orqali LIC – 23035 nazoratchi yordamida rostlanadi.
VN – 2301 reduksion sovitish moslamasida (102 - 106)oC haroratgacha mineralsizlantirilgan suv bilan sovitilgan ishlov berish bug‘i kolonna ichki konusning to‘siqli bo‘limi orqali va quyi konusning tashqi xalqasiga beriladi.
Bug‘ harorati ikkita harorat nazoratchisi bilan nazorat qilinadi:

  1. TIC – 23063 haroratni TIT – 23063 datchik ko‘rsatishi bo‘yicha FIC – 23243 bug‘ sarfi nazoratchisi orqali FV – 23243 klapanni boshqarish va FIC – 23244 mineralsizlantirilgan suv sarfining nazoratchisi FV – 23244 klapanni boshqarishi bilan rostlanadi.

  2. TIC – 23065 haroratni TIT – 23065 A datchik ko‘rsatishi bo‘yicha FIC 23066 azot sarfining nazoratchisi FV – 23066 klapanni boshqarish bilan rostlanadi.

Bug‘ning yakuniy harorati bug‘latish kolonnasining kirish qismida joyida TG – 23002 termometri bilan o‘lchanadi.
Uglevodorodlar ajratib olingach granulalar o‘z og‘irlik kuchlari ta’sirida bug‘latish kolonnasidan chiqariladi. Ajratish tizimida granulalarning belgilangan sathini ushlab turish uchun oqim LV – 23035 sath klapani bilan rostlanadi. LIC – 23035, LIT sath nazoratchisiga signal radar tipidagi sath o‘lchagichdan keladi.
LV – 23035 klapanidan so‘ng mahsulot YeV – 2301 A/V dan R=150 – 450 kRa bosim, T = (30-45)oS, 10 – 32 t/h sarf bilan kelayotgan suv oqimi bilan 1:1 nisbatda aralashib, granulalarni GD – 2306 quritgichga yetkazadi.

Download 0,6 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Granula tarkibidan uglevodorodlarni bug‘latish yo‘li bilan ajratib olish

Download 0,6 Mb.