|
GD – 2306 markazdan qochma tipidagi quritgich
|
bet | 18/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT GD – 2306 markazdan qochma tipidagi quritgich
FA – 2317 bug‘latish kalonnasidan chiqqan granula - suv aralashmasi suv zichlanmasi [tashqi atmosfera va bug‘latish apparati orasida havo ixotasini yaratuvchi suv bilan to‘ldirilgan quvur buklanmasi (sifon)] dan o‘tadi va GD – 2306 markazdan qochma turidagi quritgichga keladi. U yerda aralashma yuqoridagi chiqish tirqishiga ko‘tariladi va aylanish natijasida hosil bo‘lgan markazdan qochma kuch ta’srida deyarli barcha suvdan xolis bo‘ladi. Suvning asosiy qismi markazdan qochma turidagi quritgichga kirishda joylashgan dastlabki suvsizlantirish qurilmasida chiqarib yuboriladi. Ajratilgan suv qaytarish quvuri bo‘yicha FD – 2304 A/V mayda zarrachalar separatoriga beriladi, u yerda mayda zarrachalar chiqariladi, tozalangan suv FA – 2316 sirkulyatsiyalanuvchi suv idishiga qaytariladi. Markazdan qochma turidagi quritgichning tortuvchi ventilatori GB – 2320x havoni qurituvchi orqali tortadi. Havo granulalarni quritgach atmosferaga chiqarib yuboriladi. Markazdan qochma turdagi quritgichga havo filtr orqali keladi, va GB – 2320x yordamida chiqarib yuborish havoo‘tkazgichi orqali tortiladi.
GB – 2320x tortuvchi ventilator ekstruderning boshqaruv panelidagi MS – 23046 A/V xolat o‘zgartirgich bilan ishga tushiriladi va to‘xtatiladi. Bunda LP1/2 panelida chiroqli indikatsiya aks etadi. Boshqaruv panelida P – 23044 A va P – 23044V qurituvchilarining amperlar miqdorini ko‘rsatuvchi indikator bor.
GD – 2306 markazdan qochma turidagi qurituvchi LV – 23035 bug‘latish kolonnasining sath nazorati klapani ochiq bo‘lganidagina ishlashi lozim. Qurituvchi orqali o‘tayotgan granulalar oqimining sarfi dvigatel istemol qilayotgan tok kuchiga ta’sr qiladi. Bug‘latish kolonnasidan chiqayotgan polimer granulalari miqdorining ko‘payish dvigatel iste’mol qilayotgan tok kuchining ortgani xaqida ogoxlantiruvchi signal berish jihozini ishga tushiradi va boshqaruv pultining operatorini xabardor qiladi. O‘z navbatida operator FA – 2317 sath nazorati klapanini ochilganlik darajasini kamaytirishi mumkin. Qurituvchi dvigatel iste’mol qilayotgan tok kuchi miqdoridan, bug‘latish kolonnasining chiqishida shlam suvi sarfining yetarliligini aniqlashda ham foydalaniladi. Agar iste’mol qilinayotgan tok kuchi ishchi kattalikdan (amperda) yuqori bo‘lsa, bu suv yetishmayotganidan dalolat beradi. Shuningdek qurituvchi ichki ekranining tiqilishi ham dvigatel yuklanishsiz ishlaganda iste’mol qilayotgan tok kuchini ortishiga olib keladi. Bu xolat suv granulalardan ajratilmasdan, aralashma xolida chiqib ketayotganligidan dalolat beradi.
Quritgichdan granulalar FE – 2305x ushlab qolish bunkeriga keladi.
|
| |