|
Granulalarni aralashtirish va navlash
|
bet | 20/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT Granulalarni aralashtirish va navlash
Aralashtirgichlarda granulalar partiyaning bir xilliligini ta’minlash uchun aralashtiriladi va keyin polimer xossalari talablariga mos kelishligiga taxlil qilish uchun namuna olinadi. Aralashtirgichda granulalar quyidagi jarayonlardan o‘tadi: to‘ldirish, aralashtirish, ushlab turish/taxlil, tushirib olish.
Aralashtirgichni to‘ldirish paytida YeA – 2315x, YeA – 2316x, YeA – 2317x, YeA – 2318x issiqlikalmashgichlarda quyi bosimli bug‘ bilan (70-88)oS gacha isitilgan havo oqimi GB – 2308x, GB – 2309x, GB – 2310x, GB – 2311x havo xaydagichlari bilan aralashtirgichning tubidan beriladi. Issiq havo yuqoriga ko‘tariladi va granulalardagi uglevodorodlar va suvni chiqarib yuborib, granulalarni quritadi. Keyin havo bilan suv, uglevodorodlar bug‘lari chiqarib tashlanadi. Haroratni rostlash havo isitgichlari (YeA –
2315x, YeA – 2316x, YeA – 2317x, YeA – 2318x) bilan amalga oshiriladi. Harorat
TIC – 23119, TIC – 23134, TIC – 23159, TIC – 23174 klapani orqali isitgichlarga berilayotgan bug‘ sarfi bo‘yicha nazorat qilinadi. Puflash havosi aralashtirgichni to‘ldirish jarayonida va aralashtirish tugagunicha beriladi.
Granulalarni aralashtirish ularni tashqi sirkulyatsiyalanishida F=(4060) t/h unumdorlik bilan bajariladi. Aralashtirish GB – 2304x, GB – 2305x, GB – 2306x, GB – 2307x havo xaydagichlari bilan bajariladi. Aralashtirish to‘ldirish sikli davomida bajariladi va aralashtirgich to‘lganidan so‘ng eng kamida 1,5÷2,5 soat mobaynida davom etadi. Aralashtirish havosining harorati (70 - 88)oS da YeA – 2331x, YeA – 2332x, YeA – 2333x, YeA – 2334x isitgichlarga TV – 23126, TV – 23141, TV – 23166, TV – 23181 klapanlari orqali bug‘ sarfini rostlovchi TIC – 23126, TIC – 23166, TIC – 23181 nazoratchilari yordamida ushlab turiladi.
Aralashtirgichlar aralashtirish va mahsulotni FH – 2303x, FH – 2303x, FH – 2304x, FH – 2305x qadoqlashga uzatish uchun o‘zining tashish tizimiga ega. Aralashtirishda bu rotatsion qurilmalar maksimal 50 – 60 t/h tezlikda, tashishda esa 15 - 40 t/h tezlikda ishlaydi. Tashuvchi havo harorati 50oS dan oshmasligi kerak. YeA – 2311x, YeA – 2312x, YeA – 2313x, YeA – 2314x, sovitgichlar havoni sovituvchi suv yordamida sovitadi.
Aralashtirgichlarga kelayotgan polimer granulalarining massasi WE – 23114, WE – 23129, WE – 23154, WE – 23169 tarozilari bilan o‘lchanadi va o‘lchash natijalari WI – 23114, WI-23129, WI – 23154, WI - 23169 vazn indikatori yordamida boshqaruv pultida aks etadi.
Aralashtirgichlarda sath LSHH – 23397, LSHH – 23398, LSHH – 23399,
LSHH – 23400 tebranish turidagi sath o‘lchagichlari bilan o‘lchanadi va o‘lchash natijalari LI – 23397, LI – 23398, LI - 23399, LI – 233400 sath indikatorlari yordamida boshqaruv pultida aks etadi.
Aralashtirgichlarda harorat TE – 23113, TE – 23128, TE – 23153, TE – 23168 harorat elementlari bilan o‘lchanadi va o‘lchash natijalari TI – 23113, TI – 23128, TI – 23153, TI – 23168 harorat indikatorlari yordamida boshqaruv pultida aks etadi. Har bir aralashtirgichda TANN – 23237, TANN – 23238, TANN – 23393, TANN – 23394 yuqori harorat datchiklari o‘rnatilgan bo‘lib, ular harorat 110oS dan ko‘tarilganda ishga tushadi va havo xaydagichlarini to‘xtatadi.
Aralashtirgichlarni va aralashtirish quvurlarini yuvish uchun suv HV – 23244A, HV-23245A, HV-23246A, HV-23247A boshqaruv pultidan boshqariluvchi suv berish klapanlari orqali apparat ichidagi maxsus forsunkalarga beriladi. Yuvish suvi aralashtirgichlarga yong‘in paytida berilishi ham mumkin.
Aralashtirish tugagach, S – 302x, S – 303x, S – 304, S – 305x avtomatik namuna olgichlar bilan namuna olinib taxlil qilinganidan so‘ng, polimer granulalari FE – 2306x, FE – 2307x, FE – 2308x, FE – 2309x, FE – 2310 saqlash bunkerlaridan biriga yuboriladi.
Bu saqlash bunkerlarining har biri korxona uchun zarur bo‘lgan 100 t polimer granulasini saqlaydi. Bunker istalgan aralashtirgichdan polimer granulalarini olishi mumkin. Bunkerlarga o‘rnatilgan LSHH – 23434, LSHH – 23440, LSHH – 23447, LSHH – 23461 o‘ta yuqori sath xolati o‘lchagichlari rotatsion o‘lchab bergichni (dozator) o‘chirib, bunkerni to‘lib ketishini oldini oladi.
Bunkerlardagi harorat TE – 23433, TE – 23439, TE – 23446, TE – 23453,
TE – 23460 harorat elementlari bilan o‘lchanadi va natijalar LI – 23432, LI – 23438, LI – 23445, LI – 23452, LI – 23459 sath indikatorlari yordamida boshqaruv pultida aks etadi.
Bunkerlardagi sath LIT – 23432, LIT – 23438, LIT – 23445, LIT – 23452,
LIT – 23459 tebranma turdagi sath o‘lchagichlari bilan o‘lchanadi va natijalar LI – 23432, LI – 23438, LI – 23445, LI – 23452, LI – 23459 sath indikatorlari yordamida boshqaruv pultida aks etadi.
Uchuvchan moddalarni alangalanishining oldini olish maqsadida yoki yong‘in yuzaga kelganda HV-23435, HV – 23442, HV – 23449, HV – 23456, HV –
23463 klapanlari orqali bunker tubiga azot berish yo‘li mavjud. Bu klapanlar HS – 23435, HS – 23442, HS – 23449, HS – 23456, HS - 23463 xolat o‘zgartirgichlari yordamida boshqaruv pultidan ochiladi.
Saqlash bunkeridan mahsulot GB – 2312x yoki GB – 2313x kompressorlari vositasida ikkita navlashtirish tizimining istalganiga yoki to‘rtta aralashtirgichlarning biriga va FE – 2334 bunkeriga yo‘naltirilishi mumkin. GB – 2314x zahira tashuvchi xaydovchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bunkerdan tashish tezligi, (35000 kg/h) undan chiqishda o‘rnatilgan FH – 2306x,FH – 2307x, FH – 2309, FH – 2610x rotatsion ta’minlovchilar bilan rostlanadi. Rotatsion ta’minlovchi polimer granulalarini havo bilan tashish yo‘liga uzatadi.
FE – 2333x bunkeri yuqori bosimda olingan polimerning yetarli zahirasini ushlab turadi. Yuqori bosimda olingan polimer plenka (parda) olinadigan polimerlarning ayrim markalariga plenka xossalarini yaxshilash uchun qo‘shimcha sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mahsulotning texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun aralashtirgichlarning birortasiga FE – 2333x bunkeridan polimer beriladi. Qo‘shilish miqdori odatda umumiy vaznning 15% ini tashkil qiladi.
Yuqori bosimda olingan polimer bunkerini to‘ldirish JD – 2307x qurilmasidan amalga oshiriladi. FH – 2339x rotatsion ta’minlovchi yuqori bosimda olingan polimerni tashish yo‘liga beradi. GB – 2321x tashish xaydovchisi polimerni FE – 2333x yuqori bosimda olingan polimer bunkeriga yo‘naltiradi. Bunkerga o‘rnatilgan WIC – 23374 tarozi yuklanayotgan polimer miqdorini nazorat qilish imkonini beradi. Bunker 110 t polimer sig‘dira oladi. Shu bilan birga FE – 2333X yuqori bosimda olingan polimer bunkeri qurilmani ishga tushirish va to‘xtatish paytida hosil bo‘lgan nostandart granulalarni va granula saqlovchi qoplarni tashishda hamda qadoqlashda to‘kilgan mahsulotni FE – 2334x ga berish uchun ham ishlatiladi.
Bunkerdagi harorat TE – 23467 harorat elementi bilan o‘lchanadi va natija TI – 23467 harorat indikatori yordamida boshqaruv pultida aks etadi.
Hosil bo‘lgan uchuvchan moddalarni alangalanishini oldini olish uchun yoki yong‘in xolatida boshqaruv pultidan HS – 23470 xolat o‘zgartirgich yordamida ochiladigan HV – 23470 klapan orqali bunker tubiga azot berish yo‘li mavjud.
Bunkerda o‘rnatilgan LSHH – 23468 o‘ta yuqori satho‘lchagich bo‘yicha ishlovchi ajratgich rotatsion dozatorni o‘chiradi va shu bilan bunkerni toshib ketishidan saqlaydi.
GB – 2314x tashuvchi to‘rtta aralashtirgichning istalganiga yuqori bosimda olingan polietilenni tashib beradi. Zahira tashuvchi sifatida GB – 2312x yoki GB – 2313x dan foydalanish mumkin. Yuqori bosimda olingan polietilen bunkerining yana bir funksiyasi undan polimer saqlash 6 chi bunkeri sifatida foydalanishdir. Bunkerning chiqishida joylashgan taqsimlash klapanlari granulalarni istalgan aralashtirgichga yoki ularni navlashga yuborish imkonini beradi.
Navlashni ikkita yo‘li bo‘lib, ularni har biri bitta qadoqlash yo‘lini ta’minlab tura oladi. Navlash sistemasi granulalarni, changni, qirindini ajratadigan FC – 2301x yoki FC – 2302x tindirgichlardan iborat. Tindirgichlarga havo GB – 2318x yoki GB – 2319x kompressorlar bilan xaydaladi. Bu havo tindirgich ichidagi yengil zarrachalarni olib chiqib ketadi. Tindirgichning FD - 2305x yoki FD – 2306x yengli filtri havo oqimidan mayda zarrachalarni ajratadi va yig‘adi. Toza havo atmosferaga chiqarib yuboriladi, yig‘ilgan zarrachalar esa filtr tubidan FH – 2334x yoki FH – 2335x rotatsion tizimning axlat uchun bunkeriga tashlanadi.
Tindirgichdan to‘kilayotgan granula va aglomeratlar FA – 2330x yoki FA –2331x rotatsion uzatish tizimidan o‘tib, FD – 2307x yoki FD – 2308x tasdiqlovchiga (klassifikator) keladi. Tasdiqlovchi granulalarni aglomeratlardan ajratadi. Tasdiqlovchining elagidan o‘tgan granulalar FH – 2332x, yoki FH – 2333x rotatsion uzatish tizimiga keladi va GB – 2315x yoki GB – 2316x tashish xaydovchisi ularni FE – 2330x yoki FE – 2331x qadoqlovchining bunkeriga tashiydi.
Rotatsion ta’minlovchining sarf yo‘liga AX – 23506 yoki AX – 23508 metall zarrachalarini tutish tizimi o‘rnatilgan. Bu tizim HV – 23506 yoki HV –23508 chiqarish klapanlariga ega. Tizim metall zarrachalarini yoki metall zarrachasi saqlovchi granulani topsa klapan granulalar oqimini chiqindilar bunkeriga o‘tkazadi.
FE – 2330, FE – 2331 qadoqlovchi bunkerining idishi 100 t mahsulot sig‘dira oladi. FE – 2330, FE – 2331 qadoqlovchi bunkeriga o‘rnatilgan LSHH – 23307, LSHH – 23308 yuqori sath xolat o‘zgartirgichlari bunkerlar to‘lganda, rotatsion dozatorni o‘chirib, ularni toshib ketishini oldini oladi. Bunkerlardagi sath LIT – 23212, LIT – 23342 tebranish tipidagi sath o‘lchagich bilan o‘lchanadi, natijalar LI – 23212, LI – 23342 sath indikatorlari yordamida boshqaruv pultida va LI – 23212 A, LI – 23342 V yordamida qadoqlash binosidagi panelda aks etadi.
|
| |