|
Mundarija Kirish I asosiy qisim uskunsning asosiy parametrlari Konsturuksiyaviy qisim II xisoblash Xulosa
|
bet | 21/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT 6. Tayyor maxsulotni xossalari
Yakuniy ishlov berish qurilmasining mahsuloti, bu 3x3 mm kattalikdagi polietilen granulalaridir. Men loyihalayotgan bitiruv ishida olinayotgan polietilenning markasi F-0220. Quyida ushbu polietilen markasini xossalari keltirilgan.
Polietilenntng kimyoviy formulasi quyidagicha:
-(-SN2 – SN2-)-n
Somonomer sifatida buten-1 qo‘shib olinayotgan chiziqli polietilen 0,920 g/sm3 zichlikka ega. Suyuqlanamning oquvchanlik indeksi quyidagicha- 0,2 bo‘ladi.
Molekula – massaviy taqsimlanishi esa juda tor. Kuchlanish eksponentasi esa 1,2 ga teng.
SCLAIRTECH texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan polietilenning molekula massasining (MW o‘rtacha og‘irlik bo‘yicha topilgan) maksimal qiymati 250.000 tashkil etadi. Mn ( (o‘rtacha raqamiy molekula massasi)ning maksimal qiymati 35.000 ni tashkil etadi. Odatda MW/ Mn nisbati qiymati 2,8 bo‘ladi.
Polietilenning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
Zichligi d = 0,920kg/cm3
Suyuqlanish indeksi MI = 0,2
Kuchlanish eksponentasi Sex = 1,2
Rangi - tiniq
Mahsulot tarkibidagi uchuvchan moddalar miqdori – (0,05%)500 rrm.
Polietilen – qalin qavatda oq, ingichka qavatda rangsiz va tiniq qattiq modda. Yonuvchi modda. Amorf fazasini juda past (-80oS ga yaqin) shishalanish harorati, polietilenga yuqori sovuqbardoshlikni ta’minlab beradi. Polietilenni yaxshi dielektrik xossalari juda kerakli bo‘lib, uni yuqori chastotali dielektrik sifatida ishlatish imkonini beradi. Harorat 190oS da polietilen suyuq xolga o‘tadi.
Polietilenni suv va suv bug‘iga o‘ta chidamli. Xona haroratida konsentrlangan mineral kislotalar (sulfat, xlorid, ftorid), ishqor eritmalari, hamda ko‘pgina erituvchilar ta’siriga chidamli, ammo 70-80oC gacha qizdirilganda ularni ayrimlarida qisman eriydi.
Havoda uzoq vaqt qizdirish natijasida polietilen sekin – asta oksidlanib uning xossalari yomonlashib boradi. Bunda polietilenni qisman destruksiyaga uchrashi, uni mexanik va dielektriklik xossalarini pasaytirsa, molekulalarning qisman tikilishi esa polimer suyuqlanmasi qovushqoqligini ortishiga va demak uni tayyor mahsulotga qayta ishlashni qiyinlashtirishga olib keladi.
Polietilen oksidlanishini oldini olish maqsadida unga barqarorlovchilar (antioksidlovchilar) qo‘shiladi. Polietilen tarkibiga antioksidlovchilarni, masalan aminlarni (0,1% gacha) kiritish, uni eskirishini (qarishi) sekinlatib, polimerni texnik xossalariga sezilarli ta’sir o‘tkazmaydi. Eskirishni oldini polietilen tarkibiga 2-3% qurum (saja) qo‘shish bilan ham olish mumkin.
Radiatsiya nurlari ta’sirida polietilen molekulalarini qisman tikilishi, uni issiqbardoshligini oshirib, egiluvchanligi (elastikliligi) va zarbiy ta’sirlarga chidamliligini kamaytiradi. Havosiz muhitda polietilen 290oC gacha barqaror.
Harorat 300oC da polietilen o‘z tarkibida juda oz etilen saqlagan suyuq va gaz xolidagi moddalarga parchalanadi. Bu xol polietilenning destruksiya natijasida parchalanishi, oddiy depolimerlanishdan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.
Qayta ishlashdan avval polietilen 3mm kattalikdagi granulalarga aylantiriladi. Granulalash polimerga oson yoyilish, qayta ishlash uchun qulay hajmiy zichlik (0,5 kg/l) ka ega bo‘lishdan tashqari, uni bosim ostida quyish, va ekstruziya usullarida qayta ishlashda bir xil qizdirishga yordam beradi.
|
| |