|
Qo‘shimchalar tizimi Qattiq agregat xolatdagi qo‘shimchalar
|
bet | 16/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT Qo‘shimchalar tizimi Qattiq agregat xolatdagi qo‘shimchalar
Yordamchi ekstruder va qattiq xolatdagi qo‘shimchalar.
JD – 2302x yordamchi ekstruder asosiy ekstruderga siklga qaytarilayotgan polimer va qattiq xolatdagi qo‘shimchalarni kiritishga mo‘ljallangan.
Polietilenga yakunlovchi ishlov berish qurilmasida qattiq xolatdagi qo‘shimchalar sifatida G - 84 ekstruzion qo‘shimcha (yakuniy mahsulotda g‘adir – budur izlar qolishini oldini oladi), kremniy ikki oksidi (SiO2 – polimer pardasini yopishib qolishini oldini oladi) ishlatiladi.
Qattiq xolatdagi qo‘shimchalar maxsus bunkerlardan havo bilan JD – 2305 va JD – 2306 qo‘shimchalar ta’minlovchilariga o‘tkaziladi. Siklga qaytarilayotgan polimer tashuvchi havo vositasida FE – 2333x bunker orqali FE – 2334x saqlash bunkeriga yuklanadi. Tashuvchi havo JD – 2307 tarafdan xaydovchi GB – 2321x bilan yurgiziladi. Siklga qaytarilayotgan polimer FE – 2334x saqlash bunkeridan JD – 2302x ekstruderiga yoki konteyneriga o‘zi oqib tushadi.
Asosiy ekstruderga yordamchi ekstruder orqali berilayotgan siklga qaytarilayotgan polimer sarfi yordamchi ekstruderning shnekining (shneksining) aylanish tezligi bilan belgilanadi. Qo‘shimchalar bilan ta’minlovchilar ularni og‘irligi bo‘yicha yordamchi ekstruderning bo‘g‘ziga beradi.
Suyuq qo‘shimchalar
GA – 2309, GA – 23010, GA – 2311, GA – 2312 qo‘shimchalarni o‘lchab berish nasoslari qo‘shimchalarni IPS chiqishiga yoki asosiy ektsruder silindriga beradi. Tizim eritmani istalgan idishdan istalgan nasos bilan haydash imkonini beradi va shu bilan to‘xtovsiz yetkazib berishni ta’minlaydi. Prisadkalarning sarfi FE – 23762, FE – 23763, sarf o‘lchagichlar ko‘rsatkichi bo‘yicha nasoslarning shtoklarining yurish tezligini o‘zgartirish bilan FIC – 23762, FIC – 23763, FIC – 23765, FIC – 23766 sarf nazoratchilari yordamida nazorat qilinadi. Har bir nasosning kirish yo‘lida sarf o‘lchagichlardan oldin elaksimon filtrlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular nasos klapanlarini ifloslanishini va sarfo‘lchagichlarni tiqilib qolishini oldini oladi. Elaksimon filtrlar vaqti – vaqti bilan tozalanib turishi kerak. Nasoslarning kirish qismida bosim PG - 23050, PG – 23047, PG – 23048, PG – 23049, chiqish qismida PG – 23018, PG – 23019, PG – 23024, PG –
23025 monometrlar bilan o‘lchanadi.
Prisadkalar tizimda FA - 2312A chiqindilar saqlash idishi mavjud bo‘lib, u quvurlar va idishlarni yuvish texnologik yo‘li bilan egiluvchan birikma orqali ulangan. Yuvish va shamollatish chiqindilari FA – 2312A WE – 23061A tarozisiga o‘rnatilgan, uning ko‘rsatishi WI – 23061A yordamida joyida va boshqaruv pultida aks etadi. Saqlash idishi to‘lgandan keyin bo‘shatib olinadi.
Prisadkalarni o‘lchab beruvchilar (dozatorlar) individual yuklash bo‘g‘ziga ega bo‘lib, ular materialni konteynerlardan tashuvchi HX – 309 A/V ejektorli tizimi bilan to‘ldiriladi. Dozatorlarni ejektor tizimi bilan to‘ldirishni nazorat qilish uchun KS – 3220, KS – 3226 taymerlardan foydalaniladi. Dozatorlarni ta’minlash yo‘lidagi PSH - 23221, PSH – 23227 signal beruvchilar ejektorlarni o‘chiradilar. JD – 2305, JD – 2306 bo‘g‘izidan chiqishdagi tiqin uni yopish yoki o‘lchab bergichga (dozatorga) transporter lentasining tezligini o‘zgartirish yo‘li bilan oqim sarfini rostlash uchun ishlatilishi mumkin. JD – 2305 G – 84 (Viton) prisadkasi beradigan bo‘g‘iz KV – 23255 klapapani orqali azot berish liniyasi va klapanni nazorat qiluvchi, o‘chiruvchi KOS – 3225 taymer bilan ham jihozlangan. Viton qo‘llanilayotganda bu taymer qabul qilish bo‘g‘zini azot bilan to‘ldirish uchun boshqaruv pultiga o‘rnatiladi. Azot Viton prisadkasining zarrachalarini aglomerat hosil qilishini oldini oladi. Prisadkalarning har bir dozatorining ishlash unumdorligi kilogramm/soatiga ko‘rinishida boshqaruv pultidan sozlanishi mumkin. Tasmaning tezligi DCS boshqaruv pultida HIC – 23223, HIC – 23339 yordamida aks etadi. Prisadkalarning dozatorlarini ishga tushirish faqat yordamchi ekstruder yurgizilgandan keyingina mumkin bo‘ladi.
Har bir ishlab chiqarish siklidan oldin prisadkalarning dozatorlari kalibrlanishi kerak.
Granulalash moslamasidan chiqqan suv bilan granulalar aralashmasi
(pulpa) sarfni kuzatish oynasi FG – 313 orqali FD – 2303 klassifikator/suvsizlantiruvchiga keladi. FG – 313 ning ajratish devorlari granulalar aglomerati bilan yopishib qolish xolati uchun sarfni ko‘rsatuvchi baypas yo‘li mavjud.
FD – 2303 ga kirishdagi suvni chetlashtirish kamerasida erkin suv va mayda zarrachalar ajratiladi.
Suvni chetlashtirish kamerasiga FI – 23007 sarflagich orqali inert muhit yaratish uchun azot beriladi. Erkin suv ajratilgach qoldiq suv + granulalar aylanib turuvchi baraban klassifikatorlarga o‘tadi.
Barabanning birinchi bo‘limida deyarli barcha qolgan suv chetlashtiriladi. Bu suvlar o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida FD – 2304 A/V mayda zarrachalar separatoriga oqib tushadi.
Barabanning ikkinchi bo‘limining devorlarida ma’lum bir o‘lchamli kalibrlangan teshiklar bo‘lib, granulalarni o‘lchami bo‘yicha ajratadi. O‘lchami texnik talablarga javob beruvchi granulalar og‘irlik kuchi ta’sirida teshikdan o‘tib, FA – 2315 shlam idishiga tushadi.
O‘lchamlari katta granulalar va aglomeratlar uchinchi bo‘limga o‘tadi va u yerdan FA – 2313 zichlovchi idishga va keyin granulalar chiqindisi konteyneriga yig‘iladilar. FA – 2313 zichlovchi idish suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.
Suv uni aylanish tizimidan yoki texnik suv bilan qo‘shimcha to‘ldirish yo‘li orqali olinadi.
FD – 2303 klassifikatorining barabanida polietilen granulalari va changi to‘planib qolishini oldini olish uchun ichki maxsus forsunkalarga ega suv sepib beruvchi qism bor.
Forsunkalar uchun yuvuvchi suv SFD – 302 filtri orqali GA – 2315 A/V nasosining chiqish qismidan keladi. Klassifikatorning yuqori qismida to‘plangan inert va uchuvchan gazlar puflash yo‘li orqali atmosferaga chiqariladi. Puflash yo‘lida XE -301 alangaso‘ndiruvchi o‘rnatilgan.
FD – 2303 ning FA- 2315 shlam idishiga chiqish yo‘lida HV- 23014 yo‘naltiruvchi klapan mavjud bo‘lib, u mahsulotni FD – 2303
klassifikatoridan FA – 2315 shlam idishiga va FA – 2313 zichlovchi idishga yo‘naltiriladi. HV – 23014 yo‘naltiruvchi klapanning xolatini o‘zgarishi ekstruder ishga tushgandan keyin qirqilgan granulalar sifatiga bog‘liq. Klapan joyida HS – 23014 xolat o‘zgartirgich bilan ochiladi. Klapan yo‘nalishi FA – 2313 idishga qarab o‘zgarsa LP1/2ekstruderni boshqarish pultiga signal beriladi. FA – 2315 na kirish yo‘lida na’muna olishning ikkita tizimi mavjud. S – 308x qo‘l boshqaruv bilan namuna olish tizimi granulalar sifatini aniqlash uchun hodimlar tomonidan joyida qo‘llaniladi. S – 301x avtomatik namuna olish tizimi laboratoriya hodimlari tomonidan qo‘llaniladi.
FD – 2303 dan chiqqan polimer granulalari og‘irlik kuchi ta’sirida keyingi ishlov berish uchun FA-2315 shlam idishiga tushadi. U yerda YeA – 2307 isitgichdan kelayotgan harorati 75-99oS bo‘lgan issiq suv bilan aralashadi. FA – 2315 ichida suv aylanmasini hosil qilish uchun issiq suv idish devoriga urinma xolatda beriladi. Idishning markazi yuqorisidan tushayotgan granulalar issiq suv bilan aralashib ketadi. GA – 2313/S nasoslarni haydash yo‘liga gazlar o‘tishini oldini olish uchun idishning chiqishi suv o‘ramasiga qarshi teshikli plastina bilan jihozlangan.
YeA – 2307 ga kelayotgan suv (quyi bosimli bug‘ bilan isitiladi) ikkita oqimdan iboratdir. Asosiy issiq oqim 70-90oC harorat bilan FA – 2317 bug‘latishkolonnasining yuqori qismidagi sitadan keladi va u FA - 2317 ga berilayotgan suvning 90% ini tashkil qiladi. Suv sarfi 0 – 15 t/h ni tashkil qilib, bu sarf FIC – 23803 nazoratchi vositasida FV – 23803 klapani bilan rostlanadi.
Ikkinchi oqim FA – 2316 suv idishidan keluvchi to‘ldirib turuvchi oqimdir. Uning sarfi 15-65 t/h bo‘lib, bu sarf FIC – 23027 nazoratchi vositasida FV – 23027 klapan bilan rostlanadi. FA – 2315 shlam idishida suv : granula nisbati 3:1 bo‘lishi kerak. Idishdagi suv sathi granula – suv aralashmasi (pulpa)ni xaydovchi nasosning sarf qilish yo‘liga o‘rnatilgan LV – 23015 klapani bilan 45-70% belgida ushlab turiladi. LIC – 23015 nazoratchi klapanni belgilangan xolatda ushlab turadi.
GA – 2313/S nasoslarini ishga tushirish va to‘xtatish joyida amalga oshiriladi. Shlam idishining tizimi tayyor xolga kelgach, suv sirkulyatsiyasi tizimidan shlam idishiga qarab oqim yo‘naltiriladi.
FA – 2315 sath hajmi bo‘yicha 50% dan ortgandan so‘ng GA – 2313 nasos ishga tushirilishi va oqimni bug‘latishkolonnasiga kiritish uchun LV – 23015 sathni nazoratlash klapani ochilishi mumkin. FA – 2315 da sath nazorati 50% qilib o‘rnatilib avtomatik rejimga o‘tkaziladi.
Ishga tushirishning birinchi bosqichida bug‘latish kolonnasidagi Djonson ekranidan sirkulyatsiya suvini to‘la qaytishi uchun LV – 23802 sath nazorat klapani 100% ga ochiq bo‘lishi va qo‘l bilan boshqarish rejimida bo‘lishi kerak. Suvning qaytar oqimining sirkulyatsiyasi normallashgach, LV – 23802 sath nazorati klapani sekin – asta 50% darajaga yopilishi va sath qiymati 50% qilib o‘rnatilib, klapanni boshqarish nazorati avtomatik rejimga o‘tkazilishi mumkin.
Bug‘latish kolonnasining qaytar yo‘lining sathi tiklangach, shlam idishiga qaytar yo‘lining kirishidagi FV – 23803 oqim nazorat klapani ochilishi mumkin. Bu oqim hajmi shlam idishidan chiquvchi umumiy oqimning 80 – 90% tashkil qilguncha ko‘paytirilishi lozim va shundan keyin avtomatik rejimga o‘tkazilishi kerak. O‘rnatilgan qiymat suv oqimining 10 – 20% ini FD – 2304 A/V mayda zarrachalar separatoriga yo‘naltiradi.
Shlam idishini dastlabki ishga tushirishda issiqalmashgichdan kelayotgan issiq suv harorati 50oS qilib o‘rnatiladi. Bug‘latish tizimni ishga tushirishga tayyor bo‘lgach, chiqishda harorat (75 ÷ 90)oC qilib ko‘tarilishi mumkin.
Shlam idishidan granula – suv aralashmasi (pulpa) (75 - 90)oC harorat, R = (450 - 550) kRa bosim bilan GA – 2313/S haydash nasoslari bilan FA 2317 bug‘latish kolonnasining yuqorisida joylashgan (to‘rsimon konus)Djonson ekraniga beriladi. Djonson ekranida polimer granulalari suvdan ajratiladi. Bundan tashqari konus kolonnaga yangi kelgan polimer partiyasini avvalgisining ustiga xalqa shaklida bir tekis taqsimlab beradi.
Bug‘latish kolonnasining yuqori qismidan chiqarilayotgan 75 ÷ 90oC haroratli suv ikkita oqimga bo‘linadi: asosiy oqim FA – 2315 shlam idishiga beradi va asosiy oqimning 10% ni tashkil qiladigan ikkinchi oqim suv konturida polimerning mayda zarrachalari yig‘ilib qolmasligi uchun FD – 2304 A/V mayda zarrachalar separatoriga yuboriladi, separatordan chiqayotgan barcha suv FA – 2316 suv idishiga yuboriladi. Ushbu idish sirkulyatsiya qilayotgan suvning eng ko‘p qismini saqlaydi. Shu bilan birga bu idish tizimda yig‘ilib qolgan erituvchilarni suvdan ajratish uchun yetarli darjada sirkulyatsiya qilish vaqtini ta’minlab beradi. Erituvchi ajratish kamerasidagi suv uning sirtida suzib yuradi. Idish ichida uni ikki qismga ajratuvchi rostlanuvchan ajratish devori mavjud. Birinchi qismda suv yig‘iladi, boshqasida kichikroq o‘lchamlisida siklogeksan yig‘iladi va suvdan ajratiladi. Yig‘ilgan erituvchi FA – 2318 dekantatorga GA – 2317/S nasosi yordamida beriladi. Bu nasos LT –
23782 sath o‘lchagichning signali bo‘yicha quyi sathda o‘chadi,yuqori sathda ishga tushadi.
Nasoslarning so‘rish qismida SFD – 301 to‘rva tipidagi filtrlar mexanik aralashmalarni ushlab qolish uchun o‘rnatilgan. Bosim nasosga kirishda PG – 23101, PG – 23102, chiqishda PG – 23009, PG – 23010 manometrlari bilan o‘lchanadi. Nasosning ishchi g‘ildiragini polimer granulalari bilan tiqilib qolishini oldini olish uchun GA – 2315 A/V nasosning chiqish qismidan GA – 2317 S nasoslariga FI – 23016, FI – 23017 sarf o‘lchagichlari orqali zichlovchi yuvish liniyasi mavjud.
Ishga tushirish vaqtida suvning harorati juda past bo‘lsa, idish tubida o‘rnatilgan quvurlar yoqalab maxsus qator teshiklarga ega quyi bosimli bug‘ berish yo‘li mavjud bo‘lib, u suvni (30 - 35)oC ga isitib beradi.
Idishdan FD – 2309 filtriga suv GA – 2315 A/V nasoslar yordamida beriladi. Nasoslardan chiqishda bosim PG – 23008, PG – 23013 monometrlar bilan o‘lchanadi. FV – 3032 oqimni nazorat qilish klapani bir oz ochiladi va nasos ishga tushiriladi. Oqim hajmi sarfning xalokatli xolatdagi signal berishning quyi chegarasidan sal yuqoriroq (taxminan soatiga 230 tonna) qilib sozlanadi va keyin sarfning nazorati avtomatik rejimga o‘tkaziladi. Suv oqimi granulalash moslamasining baypas liniyasi orqali qaytadan idishga yo‘naltiriladi. Keyin sirkulyatsiyalanuvchi suv granulyator orqali yo‘naltiriladi.
Havodagi kisloroddan ixotalash uchun idishning yuqori qismidan FI – 23004 rotametr orqali azot beriladi. Idish uning yuqori qismidagi to‘ldirish liniyasidan mineralsizlantirilgan suv bilan to‘ldiriladi. Idishning yuqori qismida yig‘ilgan inert va uchuvchan gazlar shamollatish liniyasi orqali atmosferaga puflab yuboriladi. Puflash liniyasida XE – 304 alanga so‘ndirgich o‘rnatilgan.
Suv yuzasida yig‘ilgan moylar va idish tubiga cho‘kkan og‘ir cho‘kmalar yuqori va quyi belgilardagi drenaj liniyalari orqali kanalizatsiyaga tashlanadi. Suvning yuqori sathida LSH – 23021 yuqori sath xolat o‘zgartirgichi DCS ga signal beradi va bu LAH – 23021 da aks etadi. Quyi sath xolat o‘zgartirgichi LSL – 23022 OCS ga suvning past sathida signal berib
LAL – 23022 V da aks etadi va LP-1/2 ekstruder boshqaruv panelida LAL – 23022 chiroq o‘chib yonadi.
Signalidagi suv harorati TG – 23023 harorat o‘lchagich yordamida joyida o‘lchanadi. Erituvchi siklogeksan ajratish kamerasidagi sath LT – 23782 sath o‘lchagich bilan o‘lchanib, joyida LI – 23782 yordamida ko‘rsatiladi.
|
| |