• 4-ma’ruza. Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Reja
  • Mavzu: Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi




    Download 35.64 Kb.
    bet1/3
    Sana17.04.2024
    Hajmi35.64 Kb.
    #198207
      1   2   3
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti-fayllar.org
    Diniy e’tiqod va shaxsning individual -psixologik xususiyatlari , adfdaz, Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari, fakuktet, KTE mustaqil ish uchun metodichka16.05.2020, 10 назорат саволлари, 11-mavzu, moliyaviy natijalar, Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari-fayllar.org, Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi , Ta’limda Akt va interaktiv texnologiyalardan foydalanish, Ilmiy seminar 4-son majlis bayoni 21 dekabr 2023, Ilmiy seminar 3-son majlis bayoni 16 nayabr 2023, Kampyuter tizimlari oraliq javoblari, raqamli qurilmalar loboratoriya ishi

    Toshkent farmatsevtika instituti

    TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI


    Dori vositalarini standartlash kafedrasi 
    Mavzu: 


    Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. 

    Toshkent -2017






    4-ma’ruza. Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. 


    Reja 
    1. Granula ifodasi. Donadorlashdan maqsad.
    2. Granulalarni ishlatilishi. 
    3. Tabletka ishlab chiqarishdan maqsad.
    4. Granulyasiya usullari, ularni qiyosiy ta’riflash. 
    5. Granulalarni quritish usullari. Ishlatiladigan asboblar.
    6. Granuladagi qoldiq namlikni aniqlash usullari va uni tabletka ishlab chiqarishigi ahamiyati. 
    7. Granulalar ifodasi va unga qo‘yiladigan talablar.
    8. Granula holida ishlab chiqariladigan TDV ga bo‘lgan ehtiyoj. 
    9. "Quruq qiyomlar" va ularni ishlab chiqarishdan kuzatiladigan maqsad.
    10. Granulalarni umumiy va xususiy texnologiyasi. 
    11. TDV sifatida ishlab chiqariladigan granulalar nomenklaturasi.

    Donadorlash lotincha "granula", "donacha" so‘zidan olingan bo‘lib, tabletka tayyorlash


    jarayonida taxtakachlashni osonlashtirish uchun massaning hampadan bir me’yorida qolipga tushib 
    turishini ta’minlash va sifatli tabletka olish uchun qo‘llaniladi.
    Donadorlash (granulyasiya) quydagi usullarda olib boriladi: 

    1. Strukturalab donadorlash 


    2. G‘alvirdan o‘tkazib donadorlash 

    3. Maydalab donadorlash 


    4. Briketlab, so‘ngra maydalash usuli 

    5. Suyultirib, so‘ngra donadorlash 


    Strukturlab donadorlash. 1958 yilda AQSH da Vurster tomonidan taklif etilgan bo‘lib,

    maxsus asboblarda olib boriladi. Bu usul eng zamonaviy, istiqbolli bo‘lib, unda nisbatan bir xil


    katta-kichiklikdagi usti silliq donador massa olish imkoniyati bor. Bu usulni uzluksiz ishlaydigan,
    mexanizatsiyalashgan jarayonga o‘tkazish mumkin. Bu usulni tushuntirish uchun 1959 yilda taklif
    etilgan Vurster asbobini keltirish mumkin.
    Asbob silindr shakliga ega bo‘lib, ishchi qismiga donadorlash kerak bo‘lgan massa tushib 

    turadi. YUqori qismidan katta bosim ostida bog‘lovchi modda purkaladi. Asbobning elaksimon


    tubidan ma’lum haroratgacha isitilgan va filtralgan havo ma’lum bosim ostida yuboriladi. Modda 
    zarrachalari xavoda muallaq xolda suzib yurishi natijasida "soxta qaynoq yuza" xosil bo‘ladi.
    Zarrachalar bog‘lovchi modda zarrachalari bilan ketma-ket to‘qnashib kattalasha boradi. Xosil 
    bo‘lgan donachaning massasi berilayotgan havo zichligini engib o‘tgach, asbob tubiga tushadi.
    Birikib ulgurmagan mayda zarrachalar asbobning yuqori qismidagi siklonga duch keladi va 
    asbobning ishchi qismiga qaytariladi. Xozirgi vaqtda shu asosda uzluksiz ishlaydigan N.I.Gelperin
    (1965 y) va boshqalar taklif qilgan ko‘p tanali asboblar mavjud. 
    G‘alvirdan o‘tkazib donadorlash. 

    Bu oddiy, qulay va eng ko‘p qo‘llaniladigan usul


    bo‘lib, namlash bilan donadorlash xam deb ataladi. Bu usul ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
    birinchi bosqichda donadorlash uchun mo‘ljallangan kukun oldindan maydalab, elaklab
    aralashtirilgan tabletka tarkibiga kiradigan tolqonlar zettasimonaralashtirgichda bog‘lovchi
    moddalar bilan namlanadi. Namlash uchun olingan bog‘lovchi modda miqdori aralashmaga
    kiradigan moddalarning xususiyatlariga bog‘lik bo‘ladi: 10-30%, ba’zan 40% va undan yuqori 
    bo‘lishi mumkin. Lekin namlangan massa barmoqlar orasiga olib ezib qo‘rilganda, yopishib
    qoladigan va sochiluvchan bo‘lmasligi kerak. 
    Bir xil va me’yorida namlangan massa granulyator asbobi (3-5 mm li elak) orqali donador 

    shaklga keltiriladi va uni quritgichlarda ma’lum nakmlik qolguncha quritiladi. Bu bosqich namlash


    yo‘li bilan donadorlash (vlajnaya granulyasiya) deyiladi. 
    Ikkinchi bosqich yoki quruq xolda donadorlash. Birinchi bosqichda quritilgan massa qayta 

    granulyatordan o‘tkaziladi. Granulyator teshikchalarning diametri 1-3 mm ni, ko‘pincha 1,5-2 mm


    ni tashkil etadi. Donadorlashni ikki bosqichda olib borilishidan maqsad, donadorlargan massaning 

    kattaligi nisbatan bir xil bo‘lio‘ga erishish, uning tez va bir me’yorida quritilishini ta’minlashdir.


    SHuning uchun quritish jara nidan so‘ng maydalash qiyin bo‘lgan va bir xil qurishiga xalaqit
    beradigan katta-kichik bo‘laklar xosil bo‘lishining oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan xollarida
    birinchi bosqichini tushirib qoldirish mumkin. Bu iqtisodiy jixatdan samarali bo‘lganligi uchun 
    xozirgi kunda sanoat miqyosida asosan shu usuldan foydalaniladi.
    Quruq usulda donadorlash uchun ishlatiladigan granulyator teshikchalarning diametrini 

    to‘g‘ri tanlab olish texnologiya jarayoning keyingi bosqichlari, ya’ni massaning sochiluvchanligi,


    sochiluvchan zichligi va tabletka mashinasining bir me’erida ishlashi uchun xal qiluvchi omil 
    xisoblanadi.
    Granulyator donadorlash uchun ishlatiladigan asbob bo‘lib, elektryurgich, devorlari

    ma’lum diametrli teshiklardan iborat silindr, kurukcha va qabul idishidan iborat.


    Donadorlanishi lozim bo‘lgan massa silindr ichiga tushib turadi. Markazdan kechuvchi kuch 

    ta’sirida silindr devoriga urilaetgan massaning uning ichida aylanib turgan kurakcha devor


    teshikchalaridan o‘tishiga yordam beradi. Teshigdan o‘tgan donadorlangan massa to‘plagichga
    tushadi. Boshqa prinsipda ishlaydigan granulyator xam bo‘lishi mumkin. Masalan, go‘sht
    qiymalagich asosida ishlaydigan shnekli granulyator va boshqalar. Nam usul bilan donadorlashning 
    eng asosiy kamchiliklardan biri qurish muddatining uzoq davom etishi, quritgichlar ishlatilishi, bu
    jarayonida xar xil fizik va kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligidir.
    Maydalash bilan donadorlash. Tabletka tayyorlanadigan dori mod dalar donador shakldan 

    katta bo‘lgan taqdirda maydalab donadorlash usulitdan foydalaniladi.


    Briketlash orqali donadorlash. Taxtakachlanaladigan massa oldin katta kuch bilan briket 

    xoliga keltiriladi. So‘ngra granulyatorlar dan o‘tkazib, ma’lum shakl va kattalikka keltiriladi. Bu


    usulning afzalliklari: bog‘lovchi moddalar talab etilmaydi, quritish jarayoni bo‘lmaganligi tufayli 
    fizik-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y bermaydi. Bu maqsadda ishlatiladigan tolqonlar aralashmasidan
    briket xosil qilish, uni maydalash va xosil bo‘lgan granulalarni katta kichikka ajratishga 
    mo‘ljallangan qurilma istiqboli xisoblanadi. Kurilmada tolqonlar aralashtirgich orqali o‘tib, jo‘valar
    orasida taxtakachlanadi, so‘ngra maydalagichda maydalanib , tebranma elakda idishda yig‘iladi. 
    Qolgan katta va mayda qismi yana taxtakachlanishga uzatiladi.
    "XUTT" firmasi (Germaniya) bu maqsadda boshqa jarayonida ishlay digan qurilma taklif 

    qildi. Bu xam uzluksiz granula tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ikkita tishli do‘mbira


    shaklidagi taxtakachlagichdan iborat. Tolqonlar majburiy tarzda shnek orqali do‘mbira oralig‘idagi
    teshiklarida taxtakachlanib, ikki tomonga qalamcha shaklida o‘tadi. Maxsus o‘rnatilagn pichoq
    yordamida kqlamchalar kesiladi va kerakli kattalikda massa xosil bo‘ladi.
    Suyultirish usulida donadorlash. Bu usul 1958-1964 yillarda chet ellarda tavsiya etilgan

    bo‘lib, 1970 yilda Sankt-Peterburg kimyo-farmatsevtika Oliy bilimgoxida shu usul bilan anestezin,


    amidopirin, fenobarbital va bir necha murakkab tabletkalar olish bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi 
    yoqlandi (El-Banna X.M.)
    Buning uchun uch og‘izli dumaloq kolbaga dori modda solib, termometr va aralashtirgich 

    tushirib quyiladi. Kolba suv yoki parafin xammomiga joylashtirilib, suzguncha qizdiriladi.


    Suyultirilgan modda chinni kosachalarga quyib sovutiladi. Qotishma maydalanib, donador shaklga 
    keltiriladi. tabletka qattiqligini taminlash uchun suyuqlikka qand tolqoni qushib, suspenziya xoliga
    keltirib sovutiladi. Bu usul ilmiy ishlarda qattiq dispers tarmoq asosida ta’siri uzaytirilgan tabletka 
    tayyorlashda ishlatilmoqda.
    Granula tayyorlashda keyingi vaqtlarda aralashtirish yoki quritish jarayoni birgalikda olib 

    boriladigan qurilmalar ishlatila boshlandi. Bular jumlasiga: markazdan qochish kuchiga asoslanib


    ishlaydigan aralashtirgich-granulyator, yuqori tezlikda ishlaydigan aralashtirgich granulyator 
    kiradi.
    Markazdan qochish kuchiga asoslanib shlaydigan aralashtirgich granulyator (rasm) da

    bog‘lovchi modda naycha (1) orqali rotor (2) satxiga tushib, uni qoplaydi. Sochiluvchan modda


    naycha orqali markazdan qochish kuchiga asosan suyuklikka borib yopishadi. Bunda aralashma 
    maxrutiy (3) ga urilib teshikchalardan o‘tadi va xavo oqimi to‘r (4) orqali ko‘rilmaning
    maxrutiysimon qismida to‘planadi. Xavo esa tashqariga chiqadi. YUqori tezlikda ishlaydigan 
    aralashtirgich-granulyator (Angliya va Belgiya firmalari) ostki qismi dumaloq germetik berkitilgan
    va o‘ta silliqlangan bo‘lib, 2 ta aralashtirgichi bor. Bulardan biri (1) massani xarakatga 
    keltiriladi, ikkinchisi esa (3) noto‘g‘ri shakldagi zarrachalarning ishini odora qilish imkoniyati


    bor. Bu qurilmalar ish jarayoni tez kechadi. Bog‘lovchi modda aralashtirgichda (3) quruq


    aralashma bilan aralashadi. Tezlikni tanlash bilan granulyatning katta-kichikligini ta’minlash 
    mumkin. Tayyor maxsulot eshikcha (4) orqali to‘plagich yordamida yig‘ib olinadi va quritishga
    beriladi. 
    Granulalarni silliqlash. Massaning bir tekisda hampadan matritsaga tushib turishini 

    ta’minlash uchun uning sathi g‘idir-budir bo‘lmay bir tekisda bo‘lishi kerak. Buning uchun


    maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Qurilma asosi g‘idir-budir plastinkadan iborat bo‘lib, u 
    daqiqasiga 400-1600 marta aylanadi va 2 daqiqa etarli bo‘ladi. Ish unumi soatiga 20 tonna.
    Granulalarni quritish. Farmatsevtika sanoatida ko‘proq javonli quritgichlar hamda 

    aerofontan usulida ishlaydigan har xil tuzilishga ega bo‘lgan quritgichlar. (SP, SG) ishlatiladi (-


    rasm). Ular javon ko‘rinishda, ikki qismdan iborat bo‘ladi. Ostki qismi nam massa solinadigan 
    sig‘im - g‘ildirakli bo‘lib, javon ichiga kiritiladi va ustki qismiga zichlab berkitiladi. Ustki
    qismida neylon, kapron kabi mustahkam matolardan tayyorlangan "Filtr eng" bo‘ladi. Bu qurilma 
    avtomatik ravishda ishlaydi.
    Belgilangan haroratda kuchli havo oqimi asbobning ostki qismidan ma’lum bosim bilan 

    beriladi. Asbob ostki qismining tubi ba’zan yon taraflari to‘rlardan iborat bo‘lib, havo ular orqali


    o‘tadi va sig‘imdagi massani ko‘tarib, muallaq holatga keltirib ushlab turadi. Massa "soxta 
    qaynoq yuza"da quriydi. Namlangan havo mato orqali o‘tib tashqariga chaqarib yuboriladi. Mayda
    zarrachalar matoda tutilib qoladi. Matodan o‘tishini mo‘‘tadil ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan 
    u avtomatik ravishda silkitilib turiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, asbob avtomatik ravishda
    to‘xtaydi. Biroz tingach, ochib qurigan massa olinadi. 
    Taxtakachlanadigan massaning qoldiq namligini aniqlash. Quritish jarayoni har bir massa 

    uchun o‘ziga xos bo‘lib, ma’lum qoldiq namlikkacha olib boriladi. Bu har bir tabletka massasi


    uchun ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Masalan, besalol uchun 0,4 - 0,6%, diazolin uchun 0,65 - 1,2%,
    fitin uchun 8 -10%, natriy PAS uchun 16 - 17% ni tashkil qiladi (S.M.Mahkamov, M.I.Mirzaeva).
    Tabletka tayyorlanadigan massaning qoldiq namligi me’yoridan kam bo‘lsa, 

    taxkamchlanish jarayoni qiyin kechadi, ishqalanish ko‘p bo‘ladi, tabletka sifati yaxshi bo‘lmaydi.


    Namlik me’yoridan ortiq bo‘lsa, massa qayishqoq bo‘lganligi sababli qolipga yopishishi kuzatiladi, 
    mashinaning ishlash me’yori buziladi, tabletka sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun har
    bir taxkachlanadigan massa ma’lum miqdorda namlik saqlashi kerak. 
    Qoldiq namlikni Davlat Farmakopeyasida ko‘rsatilgan og‘irliklar farqi bo‘yicha aniqlanadi.

    Bu usul sodda bo‘lishiga qaramay ancha vaqtni oladi. SHuning uchun hozirgi vaqtda tez


    aniqlash usullari (esperss-metod)dan foydalaniladi. Amalda qo‘llanilayotgan usullardan biri 
    YAponiyadagi "Kett" firmasi chiqargan namlik o‘lchagichi yordamida aniqlashdir (-rasm). Bu
    usul og‘irliklar farqini aniqlashga asoslangan bo‘lib, sezgir tarozi asosida qurilgan. 500 vt li 
    infraqizil nur tarqatuvchi bir, ikki yoki uchta lampa issiqlik manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tarozning
    o‘ng pallasiga 5 g quritiladigan modda bir tekisda yoyib solinadi. CHap tomoniga 5 g li tosh 
    qo‘yiladi. Haroratni nazorat qilib turish uchun tutqichga termometr o‘rnanitlgan bo‘ladi. Lampa
    massa ustiga to‘g‘rilab mustahkamlanadi. 
    Quritish darayonining borishiga qarab lampaning yuqori yoki pastga harakatlantirib, 

    haroratni oshirishyoki kamaytirish mumkin. Namlik yo‘qolishi bilan tarozi darajasiga o‘rnatilgan


    strelka "0" nuqtadan yuqoriga ko‘tariladi. U reyter yordamida muvozanat holatiga keltiriladi.
    Quritish muvozanat holatiga keltirilgan strelka o‘zgarmay volguncha davom ettiriladi. SHkala 20
    darajaga bo‘lingan bo‘lib, reyter to‘xtagan son qoldiq namlikning foiz miqdorini ko‘rsatadi. Bu 
    jarayon infraqizil nurlar ta’sirida bo‘lganligi tufayli juda tez bajariladi.
    Adabiyotda granulalardagi qoldiq namlikni CHijova asbobida; ultrabinafsha nurlar 

    yordamida distillyasion usulda va K.Fisher reaktivi yordamida aniqlash usullari keltirilgan. Lekin


    bu usullarni ayrim kamchililari bo‘lganligi uchun amaliyotda ishlatilmaydi. 



    Download 35.64 Kb.
      1   2   3




    Download 35.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi

    Download 35.64 Kb.