|
Yukori bosimli suyultiruvchining YeA-2112 isitgichi
|
bet | 10/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOTYukori bosimli suyultiruvchining YeA-2112 isitgichi.
YeA-2112 isitgich yuqori bosimli suyultiruvchi siklogeksanni qizdiradi. Bu siklgeksan reaktor qurilmasiga quyilishidan oldin GA-2105 CAB-2 katalizatori va GA-2107 CD xamkor katalizatorlarining ma’lum meyorlangan nisbatda aralashgan oqimiga qo‘shiladi.
YeA-2112 isitgich issiqlik almashinish maydoni 9,3m3 bo‘lgan bug‘ issiqlikalmashgich bo‘lib, unda o‘ta yuqori bosimli bug‘dan foydalaniladi. U 1500 kg/h unumdorlik bilan suyultiruvchini 300S dan 3000S gacha qizdirib bera oladi. TIC-21123 xarorat ko‘rsatkichi TV-21123 klapani orqali isitgichdan chiqishda texnologik jarayonning xaroratini rostlaydi. Xaroratning yuqori va quyi kiymatlari bo‘yicha TIC-21123 nazoratchining signal berishi ko‘zda tutilgan. Chiqishda xaroratni rostlash uchun TV-21123 uch yo‘nalishli xavo taksimlagichi bo‘lib, u yuqori bosimli isitgich va isitgichning baypas quvuridan utuvchi suyultiruvchi oqimini rostlaydi.
Yuqori bosimli isitgich orqali o‘tayotgan suyultirgich sarfi FIC-21122 nazoratchi tomonidan FV-21122 “H3” klapan orqali sarfning quyi “L” qiymatida signal berilishi bilan rostlanadi. Isitgichdan chiqayotgan quvur PSV-122 ximoya klapani bilan ximoyalangan bo‘lib, u 19130 kPa ga urnatilgan. Isitgichning quvurlararo bo‘shlig‘i PSV-121 ximoya klapani bilan ximoyalangan bo‘lib, u 13600 kPa ga urnatilgan.
Katalizatorlarni qo‘shish tizimi:
Texnologik jarayonda katalizatorlar etilenni va somonomerni polietilenga o‘tishi uchun nisbatan oz miqdorda lozimdir., CAB-2 katalizatorlari va,CD,CJ xamkor katalizatorlari aloxida-aloxida yetarli darajada polimerlanishni yuzaga keltira olmaydilar. Katalitik markazlar yaratilishi uchun ular birga qo‘shilishlari kerak. Katalizatorlar etilenni polimerga o‘tishining optimal miqdorini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan tezlikda va nisbatda qo‘shilishi kerak
(odatda 93-96%). Sclairtech texnologik jarayonida katalizator/xamkor katalizatorlar uchun ikkita tashkil qiluvchi qo‘llaniladi. Ularning ikkalasi xam Ziegler-Natta koordinatsion turdagi katalizatorlarga asoslangan.
Ikkinchi katalizator qurilma – katalizatorga issiqlik ishlovi beruvchi (NTS) qurilmasidir. Bu qurilmada katalizatorga issiqlik ishlovi berish (NTS) uchun uchta tarkibiy qism qo‘llaniladi. Birinchisi, xarorati 25-500С, bosimi 115019500 kPa bo‘lgan SAV-2 katalizator oqimi gorizontal aralashtirgich HX-123A da xarorati 25-500С, bosimi 11500-19500 kPa bo‘lgan CD xamkor katalizator bilan 15-30 soniya davomida aralashtiriladi. Bu jarayon sovuq aralashtirish bo‘limi nomi bilan ma’lum. Ikkinchisi xarorati 240-2650С, bosimi 11500-19500 kPa bo‘lgan siklogeksan bilan 1450-1500 kg/h sarf bilan aralashtirish.
Siklogeksanning sarfi FV-21122 klapani orqali FIC-21122 nazoratchi tomonidan rostlanadi. TIC-21123 nazoratchi tarafidan xaroratning yuqori “H” va quyi “L” qiymatlarida signal berish bilan TV-21123 uch yo‘nalishli klapan yordamida xarorat 180-2600С oraligida rostlanadi. Siklogeksan katalizator bilan 60-90 soniya aralashtiriladi.YeA-2112 issiqlik almashgichdan chiqish quvuri PSV-122 ximoya klapani bilan ximoyalangan bo‘lib, u 19130 kPa bosimga urnatilgan.
Uchinchisi, siklogeksan katalizator bilan aralashtirilgandan so‘ng reaktor №1 ga kirish qismida xarorati 25-500S, bosimi 11500-19500 kPa bo‘lgan xamkor CJ katalizator beriladi. Reaktor qurilmasiga kirishdan oldin ishlov berish vaqti 1 soniyadan 2 soniyagacha. Umumiy oqim reaktor aralashtirgichining eng quyi bug‘raklarining ostidan beriladi. Bu qisqa vaqt katalizator faolligini tiklash davrini minimumga tushiradi.
|
| |