|
Mundarija Kirish I asosiy qisim uskunsning asosiy parametrlari Konsturuksiyaviy qisim II xisoblash Xulosa
|
bet | 7/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT Bosimli (napornыy) bak FA-2104
FA-2104 bosimli bakga etilen va erituvchi aralashmasi unda suyuqlik sathi mo‘tadil bo‘lgan holatda yetkaziladi. FA-2104 bosimli bak rostlangan bosimni va GA-2104 reaktorni ta’minlovchi nasos bilan suyuqlikni reaktorga haydashdan oldin besh daqiqalik ushlab turishni ta’minlab beradi. FA-2104 bosimli bakdagi bosimning qiymati adiabatik ishlash rejimida siklogeksan eritmasida zarur sifatdagi etilenni ishlab chiqarishni ta’minlashga yetarli bo‘lishi kerak. Haqiqiy harorat va bosim sovitgich chiqish tirqishidan chiqayotgan oqim harorati va etilen konsentratsiyasi ta’sirida o‘zgaradi. Harorat 30-45 oС, bosim 2160-3800 kPa oralig‘ida o‘zgartiriladi. Bosimli bak PSV-113 va PSV-113S ikkita saqlagich klapanlar bilan himoyalangan bo‘lib, ularga absorber-sovitgichlar uchun umumiy bo‘lgan 6800 kPa bosim qiymati o‘rnatilgan. Erimay qolgan gazlar va erituvchi bilan etilen aralashmasining bir qismi me’rdan ortiqcha bosimni tushirish uchun, PV-21087 klapani orqali fakel kollektoriga tushirib yuboriladi. Bu klapan bosimning yuqori “H” va quyi “L” qiymatlarida signal beruvchi PIC21067 nazoratchi tomonidan rostlanadi. PAL-21068 da quyi bosim bo‘lgandagi holat uchun I-1053 himoya blokirovkasi nazarda tutilgan bo‘lib, u GA-2103 va GA2104 asosiy nasoslarni to‘xtatadi. Bosim bakdagi PALL-21121 o‘ta quyi bosim I1009 himoya to‘sig‘ini harakatga keltiradi va u FV-1064 etilen tarmog‘i to bosimli bakda bosim 640 kPa dan oshmaguncha to‘sib qo‘yadi. Sath datchigi LIT21069 idish sath datchigi LIT-21069 dan ishga tushadigan yuqori va quyi signalizatorlari LIC-21069, hamda alohida holat o‘zgartirgich LIT-21070 dan ishga tushiriladigan o‘ta quyi sath signalizatori LALL-21070 bilan jihozlangan. O‘ta quyi holat o‘zgartirgichi I-1053 himoya to‘sgichi bilan jihozlangan bo‘lib, u reaktorni ta’minlovchi nasosni to‘xtatasadi. Olib keluvchi quvurdagi HV-21071 stopor klapan ham reaktorni ta’minlovchi nasosni to‘sadi. Qulifni (qulif) aylanib o‘tuvchi baypas quvuri bosimni tushiruvchi quvurni syokin-asta to‘ldirib, bosimni ko‘tarish imkonini beradi. EA-2102 va FA-2104 oralig‘ida LPS tarmog‘i bo‘lib, undan ishga tushirish paytida foydalaniladi.
FA-2104 da sath EA-2102 ga kirishda joylashgan FV-21052A klapani orqali FIC-21052 nazoratchi tomonidan rostlanadi. Bosim esa FA-2104 tepasida joylashib yoqish tarmog‘iga tutashgan PV-21067 klapani tomonidan rostlanadi.
|
| |