|
Prinsipialnaya sxema zonы reaksii
|
bet | 6/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOTPrinsipialnaya sxema zonы reaksii.
1-rasm. Rekatsiya zonasining prinsipial sxemasi
Qo‘shimchalar silikagelga adsorbsiyalab yo‘qotiladi. FF-2101 A/V ga kirish joyida namlik va qo‘shimchalarni tahlil qilish uchun S-105 namuna olish moslamasi xamda kirishda haroratni yuqori “H” qiymatida signal beradigan TI-21007 indikatori o‘rnatilgan. FF-2101 A/B ni aylanib o‘tuvchi aylanma (bundan keyin – baypas) yo‘li bo‘lib, ushbu yo‘lda oqim sarfi va oqimni past bosimli separator (bundan keyin LPS)ga tashlash FV-21036 klapanini rostlash orqali sarf nazoratchisi FIC-21036 yordamida boshqarib turiladi.
Buten-1 somonomeri 47÷57 0С harorat va 1000 ÷ 1200 kRa bosim bilan Somonomer kolonnasi (SM)ning GA-2215 sug‘orish nasosidan YeA-2114 issiqlik almashtirgichiga kelib tushadi. YeA-2114 dan chiqish quvuruzatgichida bosim ortib ketishini oldini olish maqsadida, o‘rnatilgan bosimi 1665 kRa teng bo‘lgan PSV-189 saqlagich klapani (SPPK) o‘rnatilgan.
Saklagich klapanidan ortiqcha oqim fakelga tashlab yuboriladi. Harorat joyida TG-21099 termometri yordamida o‘lchanadi.
25 ÷ 35 0С xaroratgacha sovutilgan somonomer oqimi FT-21002 sarf o‘lchagichi orqali o‘tadi. Oqim sarfi, oqim qiymatining yuqori “H”, past “L” va juda past “LL” qiymatlarida signal beruvchi FIC-21002 sarf nazoratchisi yordamida ushlab turiladi. Somonomer miqdorini rostlash esa sarf klapani FV-21002A/V orqali amalga oshirilib, siklogeksan oqimiga FF-2101 A/V ga kirish yoki FF-2101A/B dan chiqish joyida uzatiladi.
Issiqlik almashtirgich YeA-2101 hamda FD-2104A/V dan chiqayotgan oqim tarkibidagi suv miqdorini aniqlash maqsadida ma’lum miqdordagi oqim analizatorga kelib turadi. Natija suv miqdorining yuqori “H” qiymatida signal beruvchi AI-21019 analizatoridan DCS ga chiqariladi. FF-2101 A/B dan chiqayotgan oqimdagi suv miqdori 2 rrm bo‘lsa, FF-2101 A/V ishdan to‘xtatilib, filtrlovchi qatlam regeneratsiya qilinishi kerak. Regeneratsiya issiq azot yordamida amalga oshiriladi.
Siklogeksan tozalagichi FF-2101 A/B da 10,2 tonna silikagel va 0,4 tonna sharcha xolidagi aktivlangan aluminiy oksidi bo‘lib, ular buten-1 va siklogeksan tarkibidagi suv va keton kabi qo‘shimchalarni yutib qoladi. Aluminiy oksidi ustidan umumiy qalinligi 200 mm bo‘lgan, uch qavat, 6, 12 va 20 mm o‘lchamdagi inert keramik sharchalar bilan qoplangan. Ushbu keramik sharlar adsorbent materiallarini joyidan siljishini, hamda ularni regeneratsiya jarayonida yumshab suyuqlikka aralashib ketishini oldini oladi.
Silikagel va aluminiy oksidi 30 0С haroratda o‘z og‘irligiga nisbatan taxminan 1,0 % miqdorda ketonlarni adsorbsiyalaydi. Shuning uchun, har kuni tozalanib chiqayotgan siklogeksan oqimi tarkibidagi ketonlar miqdori taxlil qilib turilishi va yutilayotgan ketonlarning miqdori umumlashtirilishi lozim. Shunda tozalagichlarni regeneratsiyalash vaqti aniqlanadi va ular oqim yo‘lidan regeneratsiyaga o‘tkaziladi. Silikagel asetilaseton (dezaktivator), suv va boshqa qo‘shimchalarni ham adsorbsiyalaydi. Silikagel ko‘p miqdordagi erkin suv ta’siri natijasida regeneratsiya jarayonida harorat ko‘tarilishi bilan maydalana boshlaydi.
Normal ekspluatatsiya sharoitida tozalovchi agent oqim yo‘lida taxminan uch kun ishlaydi va shundan so‘ng tozalovchi qatlamni regeneratsiyalash zarur bo‘ladi. Ushbu sharoitda xarorat 22-35 0С va bosim 500860 kPa ni tashkil qiladi.
Texnologik jixozning kirish qismiga o‘rnatilgan oqimni taqsimlash xalqasi, erituvchi oqimini to‘ldirgich qavati sathi, hamda yuqorigi regeneratsiyalash texnologik yo‘lining yuqori qavati ekrani bo‘yicha bir-xil qilib tarqatib berib, regeneratsiya sikli davomida to‘ldirgichni yuvilib chiqib ketishini (erituvchi bilan olib chiqib ketilishini) oldini oladi. Tozalash agenti tubida o‘rnatilgan teshikli plastina silikagel qatlamini ushlab turadi. Siklogeksanni tozalovchi FF-2101A/V da bosim ortib ketishidan saqlash maqsadida, jixozning siklogeksan quyilish joyida o‘rnatilgan bosimi 1765 kPa ga teng bo‘lgan PSV-102 va PSV-103 saqlagich klapanlari (SPPK) o‘rnatilgan.
|
| |