|
Katalizatorlar/xamkor katalizatorlar (sokatalizatorlar)
|
bet | 11/25 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #160932 |
Bog'liq SKLARTECH HISOBOT Katalizatorlar/xamkor katalizatorlar (sokatalizatorlar)
Katalizatorlar/xamkor katalizatorlar ballonlarda yoki “ISO konteynerlarda“ keladi. Katalizatorlar/xamkor katalizatorlar azot yordamida bosim xosil qilinib mos aralashtirish bakiga xaydaladi. Katalizator-xamkor katalizatorlar quruq (toza) siklogeksan bilan maxsus xajm-baklarda aralashtiridib suyuqlantiriladi. Siklogeksanning bu xajmi katalizator/xamkor katalizatorning aralashtirish bakiga qo‘shilayotgan massasiga va katalizator/xamkor katalizatorning talab qilingan yakuniy konsentratsiyasiga bog‘liq. Barcha komponentlar aralashtirish bakiga solinib bo‘lingach va o‘tkazuvchi quvurlar siklogeksan bilan yuvilib bo‘lingach, bakdagi massa bir soat davomida aralashtiriladi. So‘ng aralashtirgich to‘xtatiladi va xosil bo‘lgan eritma tenglashtiruvchi idishga berilishidan oldin uni tindirib cho‘kma tushishiga imkon berish uchun bir soat tindiriladi. Tenglashtiruvchi idish aralashtiruvchi bakni texnologik liniyadan prisadka porsiyasini tayyorlash uchun olishga yetarli ish vaqti davomida katalizator/xamkor katalizatorni yetkazib berib turadi. Eritma tenglashtiruvchi idishdan o‘lchab olinib, quyi bosimli suyultiruvchi bilan katalizator/xamkor katalizatorni o‘lchab beruvchi nasosning kirish qismida suyultiriladi. Qo‘shimcha yuqori bosimdagi siklogeksan o‘lchab beruvchi nasosning xaydash tarmogiga reaktorga oqimni yetkazib berish vaqtini qisqartirish uchun qo‘shiladi.
Ikkita faolsizlantiruvchilar pelargon kislotasi (PG) yoki uning o‘rindoshi PG-C-810 (kapril va kaprin kislotalari aralashmasi) va asetilaseton birgalikda reaktor qurilmasidan keyin qolgan istalgan katalizatorni faolsizlantirish qilish uchun qo‘llaniladilar. Pelargon kislotasi yoki kapril va kaprin kislotalari aralashmasi GD-2106 aralashtirgichga isitgichga kiraverishda beriladi. Asetilaseton esa GD-2107 aralashtirgichga isitgichdan chiqishda beriladi. Ikkala faolsizlantiruvchi texnologik jarayon oqimiga karatilgan jo‘mrakdan beriladi. Ikki turdagi faolsizlantiruvchi kerak, chunki:
a) reaksiya isitgichdan oldin to‘xtatilishi kerak. Bu uchastkada
asetilasetonni berish isitgich quvurlarining korroziyalanishiga va ifloslanishiga olib keladi.
b) pelargon kislotasi yoki kapril va kaprin kislotalarining aralashmasi FA2105 adsorberning eritma qatlamini maksimal ishlash muddatini taminlay olmaydi.
s) asetilaseton qurilmada keton qo‘shimchalarining yuqori darajasini
keltirib chiqaradi va ulardan tozalanish zarur.
d) umuman qatlamning maksimal rangini va ishlash muddatini isitgichning
ifloslanishini va keton saqlovchilarning minimal darajasini faolsizlantiruvchilarning oldindan o‘rnatilgan nisbatlarini qo‘llash bilan erishish mumkin.
Pelargon kislotasi PG polimer eritmasi bilan GD-2106 aralashtirgichda aralashtiriladi. GD-2106 ning kirish qismidagi quvurda TI-21127 indikator bo‘lib, u xaroratning yuqori qiymati “H” da signal beradi. Trimmerdan va YeA2105 isitgichi chiqishidagi bosimlar farqi DCS da PDI-21128 asbobda aks etadi. GD-2106 aralashtirgichi va reaktor №1 larning chiqish qismlaridagi bosimlar farqi DCSda TDI-21108C asbobda ko‘rsatiladi. GD-2106 dan chiqqan oqim YeA2105 ga keladi va 3110С gacha qizdiriladi. GD-2106 chiqish quvurida TI-21129 xarorat indikatori ko‘zda tutilgan.
|
| |