Mundarija
KIRISH. .....................................................................................
I. NAZARIY QISIM.
1.1. Oʻxshash uskunalar tasnifi ............................................
1.2. Qurilma sxema tavsifi.....................................................
II. HISOBIY QISIM.
2.1. Qurilmani asosiy koʻrsatkichlarini hisoblash ...............
XULOSA: .................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ........................................
Kirish
Konserva zavodlarida termosterilizastiya jarayoni yuqori bosimda olib borish uchun ishlatiladigan qurilmalarda – sterilizatorlar va avtoklavlarda olib boriladi.
Uzluksiz ishlaydigan barabanli sterilizator (94-rasm) metall idshlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini 100 °C va undan yuqori haroratda sterillash uchun mo’ljallangan. U qizdirish, sterillash va sovutish bo’g’inlaridan tashkil topgan.
Bu sterilizator qo’zg’almas korpusdan , uning ichidagi o’qqa o’rnatilgan barabandan iborat. Atmosfera bosimi ostidagi bankalarni yuqori bosimli muhitga kiritish uchun mahsulot to’ldirilgan bankalar kiradigan va chiqadigan qismlari bor. Bankalar kirish joyiga zanjirli elevator yordamida uzatiladi. Undan bankalar baraban ichiga tushadi. Barabanning aylanishi bilan bankalar spiral shaklidagi yo’naltiruvchi yordamida baraban oxiriga qarab harakatlanadi. Yo’naltiruvchining qadami bankaning balandligiga teng. Bunda bankalar baraban bilan birga, uning o’qi bo’ylab va o’z o’qi atrofida harakatlanadi. Qizdirgichda bankalar va uning ichidagi mahsulot 98 0S gacha, kirish joyidagi harorati 40-50 0С, chiqish joyidagi harorati 98 0S bo’lgan suvda qizdiriladi.
Suv jihozning pastki qismidan yuboriladigan bug’ bilan qizdiriladi. Qizdirgichdan bankalar mustahkam yopilgan klapan yordamida sterillash bo’g’iniga uzatiladi va rotorning (baraban) aylanishi bilan jihozning oxiriga qarab harakatlanadi. Sterillangan mahsulotli bankalar tushiruvchi klapan yordamida sovutish bo’g’iniga uzatiladi. Sterillash jarayonidagi bosimni avtomatik ravishda sterillash haroratiga mos holda boshqariladigan suv-bug’li muhitda olib boriladi. Sovutkichda rotor bilan harakatlanayotgan bankalar oqova suv bilan 30-400С haroratgacha sovutiladi. Bankalarning pachoqlanishini oldini olish uchun sovutish paytida havoda ortiqcha bosim hosil qilinadi. Bankalarni sovutkichdan chiqarib olish yuklash kabidek, mustahkam yopilgan klapanlar yordamida amalga oshiriladi.
Babanli sterilizator.
1-stilindr shaklidagi korpus; 2-spiralsimon yo’naltiruvchi; 3-baraban; 4-qabul qiluvchi qurilma; 5-zanjirli elevator; 6-tushirib beruvchi qurilma.
Rotor buralib ketishining oldini olish uchun barabanning o’qi har ikkala tomondan ham aylanma harakatga keltiriladi. Rotorning aylanish tezligini o’zgartirish bilan sterillash muddati boshqariladi. Haroratni boshqaradigan bu qurilma bug’ uzatiladigan ventilga ta’sir ko’rsatadigan, o’zi yozadigan, pnevmatik harorat boshqarish asbobi bilan jihozlangan.
Qurilma ichidagi bosim to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi differenstial bosimni boshqarish asbobi yordamida boshqariladi.
Rotorli sterilizatorning kamchiligi faqat bir xil o’lchamdagi va metall idishlarga qadoqlangan mahsulotni sterillay olishi, harorat va bosimning keskin o’zgarishi ta’sirida bankalarning pachaqlanishi va ishqalanishi ta’sirida bankalarning ko’ndalang choklaridagi qalay qoplamasining emirilishi hisoblanadi.
Uzluksiz ishlaydigan gidrostatik “Xinister” sterilizatori diametri 76-100 mm bo’lgan shisha va metall idishlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini sterillash uchun mo’ljallangan (1-rasm).
Bu sterilizator 14 ta minoradan tashkil topgan bo’lib, har qaysisi ikkitadan kanalga ega. Bankalarni tashuvchi konveyer ketma-ket barcha kanallardan o’tadi va shundan so’ng minoralar ostidan chiqish joyiga qaytib keladi. Qizdirish jarayoni birinchi oltita minorada olib boriladi, keyingi ikkita minorada sterillash va undan keyingi oltita minorada esa sovutish jarayoni boradi. Konserva to’ldirilgan bankalarni banka tashuvchiga solish va undan chiqarib olish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi.
Birinchi oltita minoraning bittasida va oxirgi oltita minoraning har qaysisida balandligi 4m bo’lgan suv ustuni bo’lib, u yordamida bu minoralarda 0,04 MPa gidrostatik bosim hosil qlinadi. Har qaysi minoraning ikkinchi kanalida bu bosim havo yordamida ushlab turiladi. Minoralar kanallarining bir-biri bilan birikkanligi ettinchi va sakkizinchi minoralarda 0,24MPa bosimni hosil qiladi. Bu bosimga bug’ning 1250S harorati mos keladi. Oxirgi ikkita minoradan boshqa barcha minoralarga barbotyor orqali bug’ yuboriladi va u minoralarda quyidagi haroratlarni ushlab turadi: 60-70-80-90-95-110-120-132-90-70-60-50-40-30-200S-lar.
„Xinister“ sterilizatorining texnik tavsifi
Ishlab chiqarish unumdorligi, banka/soat 8280
Bug’ sarfi, l/kg konservalangan mahsulot uchun 1,5
Tashuvchi transport uzunligi, mm 1400
Tashuvchilarning qadami, mm 150
Harakat tezligi, m/s 0,017-0,067
Banka tashuvchining tezligi, m/s 0,04
Gabarit o’lchamlari, mm 9700x1680x5800
Og’irligi, kg 98 000
2-rasm. „Xinister“ pnevmo-gidrostatik sterilizator.
1-avtomatik yo’naltiruvchi qurilma; 2-suv kolonkasi; 3-konserva to’ldirilgan bankalar; 4-olib yuruvchi moslama; 5-transportyor zanjiri; 6-yuqorigi maydon; 7-uzatma; 8-bosimni rostlagich; 9-issiqlikdan himoyalagich; 10-avtomatik chiqarib beruvchi qurilma; 11-zanjirning pastki qismi.
Avtoklavlarda yuqori bosim va harorat ta’sirida mahsulotni sterilizastiyalashdan tashqari uni pishirish yoki quyiltirish mumkin. Mahsulotning turiga qarab avtoklav turli bosim va haroratda ishlatiladi.
Avtoklav zich yopiladigan po’lat stilindr bo’lib, uning ichki sirti emal bilan qoplangan. Stilindr ichiga doira shaklida yaxlit bug’ g’ilof o’rnatilgan. Avtoklav manometr, termometr va soat bilan ta’minlangan. Avtoklavda harorat va bosim sterilizastiya formulasi bo’yicha ko’tariladi va avtomatik ravishda boshqariladi.
Pasterilizastiyalashda xom-ashyo solingan bankalar qopqoqsiz yoki temir qopqoqlar bilan yuzaki yopilib, vannadagi qaynoq (50-600S) suvga qo’yiladi, vannadagi suv hajmi taxminan bankalar hajmiga teng kelishi kerak. Qaynash paytida shisha banka yorilib ketmasligi uchun vanna tubiga latta yoki faner bo’lagi qo’yiladi. Bankalar solingan vannadagi suv qaynatiladi. Suv qaynab chiqqandan so’ng sterilizastiya vaqti belgilanadi. Turli meva va sabzavotlar uchun sterilizastiya muddati (ya’ni qaynab turgan suv haroratida ushlab turish) har xil.
Sterilizastiya paytida suv qattiq qaynab ketmasligi kerak, aks holda banka ichiga suv sachrashi mumkin. Sterilizastiya vaqti tugagach bankalar mahsus qisqichlar yordamida vannadan olinadi va og’zi zich qilib berkitiladi. Mahkam berkitilgan bankalar og’zini pastga qilib sovitish uchun stolga qo’yiladi.
Termosterilizastiya turlaridan biri qaynoq sharbatni tayyorlangan steril bankalarga solishdir.
|