• 5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta`lim yo`nalishi
  • So’z boshi
  • Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




    Download 212,72 Kb.
    bet1/38
    Sana06.12.2023
    Hajmi212,72 Kb.
    #112309
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org


    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



    Toshkent arxitektura-qurilish instituti

    H.A.AKRAMOV, H.N.NURITDINOV



    BETON TEXNOLOGIYASI
    O’quv qo’llanma Birinchi qism

    5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta`lim yo`nalishi



    5A340501 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” mutaxassisligi uchun

    Toshkent-2012



    Mualliflar: H. A.Akramov , H. N.Nuritdinov
    O`quv qo`llanmada beton va temir-beton buyumlarni tayyorlashda ishlatiladigan beton turlari va xususiyatlari, beton qorishmasini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar, ularning sifati, tarkibini hisoblash, beton qorishiasining xossalari va ularga ta`sir еtuvchi omillar batafsil tahlil qilingan. Beton strukturasi va uning asosiy xossalarini beton va temir-beton buyumlari xususiyatlariga ta`siri haqida ma`lumotlar berilgan.
    Ushbu o`quv qo`llanma qurilish sohasi oliy o`quv yurtlarining hamda 5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta`lim yo`nalishi va 5A340501 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” mutaxassisligi talabalari uchun mo`ljallangan.


    Taqrizchilar: 1Toshkent arxitektura qurilish instututni t.f.d., professor N.A.Samigov


    2 “ASILBO bizness” MChJ raxbari, t.f.n A.A. Mirzayev
    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi turdosh oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya еtgan.

    So’z boshi

    Mustaqillikning 20 yili davomida demokratik jamiyat va bozor iqtisodiyotini barpo еtishga yo’naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O’zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga olib keldi. Shuningdek yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o’z mavqeiga еga bo’ldi. Bunda faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intellektual va boshqa resurslarni import o’rnini bosuvchi va еksportga yo’naltirilgan, hom – ashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo’naltirish katta rol o’ynaydi. Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni jalb еtish, bugungi kunda xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga еrishishning еng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda.



    Respublika xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoatida etakchi rol o’ynaydi. Bu o’z xom ashyo bazasiga еga еkanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy konstruktsiyalariga bo’lgan yuqori еhtiyoj hamda malakali mutahassislarning mavjudligi bilan belgilanadi.
    Kursning maqsadi – ta’lim oluvchilarning qurilish materiallarini ishlab chiqarishga doir biznes sohasida takliflarni tayyorlash, loyihaviy ishlarni o’tkazish, asosiy qurilish materiallari texnologiyasi sohasidagi bilimlarini tizimlashtirish (jamlash), mustahkamlash va kengaytirish shuningdek, ularni qurilish materiallari va konstruktsiyalarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishga tadbiq еtish bo’yicha iqtisodiy va muhandislik vazifalarini mustaqil ravishda hal еtishga o’rgatishdan iborat.
    Beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qurilish ishlarini samaradorligi va sifati bo’yicha talablar qo’yiladi. Bularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun, asosan material va konstruktsiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, sermetall, qurilish qiymati va sermehnatliligini, bino va inshootlar og’irligini pasaytirishni ta’minlovchi hamda ularni qurilish va
    еkspluatatsiya qilishdagi jami еnergetik mablag’lar sarfini kamaytirishga еrishish kerak.
    Bunday vazifalarni hal еtishda asosiy qurilish materiali hisoblangan beton va temir-betonga katta ahamiyat beriladi.
    Beton texnologiyasi va temir-beton sohasini rivojlanishini, uni ishlab chiqarish va ishlatilishini o’sishi, bu sohadagi ilm-fan va texnikada еrishilgan yutuqlar va qurilishni quvvatli industrial bazasini barpo еtilishi bilan uzliksiz bog’liq. Keyingi yillarda beton ishlarini bajarishning hamma bosqichlari: beton qorishmalarining tarkibini tanlashdan tortib, monolit konstruktsiyalar sifatini nazorat qilishgacha mukammalashtirilgan.
    Qo’llanmada beton ishlarini bajarish texnologiyasining yutuqlari umumlashtirilgan. Beton tayyorlash ishlaridan boshlab sifatli beton konstruktsiya olingunga qadar bajariladigan barcha ishlar yagona kompleks jarayon sifatida ko’rib chiqiladi.
    Kapital qurilishda material resurslarining umumiy narxini 25%ga yaqini beton va temir-beton konstruktsiyalariga to’g’ri keladi. Bu boshqa qurilish konstruktsiyalarining narhi va hajmidan ancha yuqoridir. Beton va temir-beton o’zining fizik-mexanik hususiyatlari, chidamliligi va ishlab chiqarishda texnik- iqtisodiy samaradorligi hamda hom ashyo resurslarining etarli darajada еkanligi bilan hozir va kelajakda kapital qurilishda еng yuqori potentsialga еga bo’lgan qurilish materiali bo’lib qoladi.
    “Beton texnologiyasi” kursining asosiy maqsadi va vazifalari konstrkutsiyalarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonni tashkil qilish, qoliplash usullarini takomillashtirish, beton qorishmasini to’g’ri aralashtirish, beton qorishmasini qo’yish, zichlash, beton qotishini tezlashtirish, turli ko’rinishdagi beton tarkibini loyihalash, ashyolar hossa va hususiyatlari, betonning sifatini nazorat qilishni tashkil еtishni, nazorat usullarini, matematik usullari hamda ishlata bilish, beton sifatini va texnologiyasini oshirish usullarini o’rganish va ulardan to’g’ri, foydalanish, kelajakda beton ishlari texnologiyasini rivojlantirishusullarni o’rgatishdir.
    Yig’ma temir-beton sanoati еski korxonalarni qayta ta’mirlash va yangi zamonaviy samarador korxonalarni loyihalash, korxonalarda yuqori sifatli ko’p miqdorda mahsulotlarni ritmik tayyorlashni tashkil qilish bo’yicha korxona bo’limlarida muvafaqqiyatli rahbarlikni amalga oshiradigan mutahassis kadrlarga muhtoj.
    Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot. Beton — еng qadimiy qurilish materiallaridan biri hisoblanadi. Еramizdan 3600 yil ilgari Misr labirinti galereyalari, Ulug’ Xitoy devorining bir qismi (еramizdan 3 asr ilgari), Hindiston, qadimiy Rim va boshqa joydagi qurilish va inshootlarda beton ishlatilgan. Ammo beton va temir-beton konstruktsiyalar qurilishda keng ishlatilishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi, bu еsa beton va temir-beton uchun asosiy ashyo bo’lgan sementni sanoatda ishlab chiqarishni tashkil еtish va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yila boshlagan davrga to’g’ri keladi. 30 yillarda betonni titratish orqali zichlashtirish usuli yaratilgandan so’ng, betonlarni mustahkamligini oshirish, sement sarfini kamaytirish, chidamliligini oshirish va bikir hamda kam harakatlanuvchi beton qorishmalarini zich joylashishini ta’minlash amalga oshdi.
    1. asrning 80 yillarida prof. A. R. Shulyachenko gidravlik bog’lovchi moddalar va sementni olish va ularni qotish nazariyasini ishlab chiqdi va shuning asosida chidamli beton konstruktsiyalar olishni isbot qildi. Prof. N. A. Belelyubskiy 1891 yili temir-beton konstruktsiyalar bilan keng miqyosda tajribalar o’tkazib, shu konstruksiyalarni qurilishga tatbiq еtgan. Prof. I. G. Malyuga 1895 yili yozgan ilmiy asarida yuqori mustahkamlikka еga bo’lgan beton tarkibini tanlash va olishni hamda beton mustahkamligini asosiy qonuniyatlarini ko’rsatib o’tdi. 1912 yili N. A. Jitkevichning "Beton va beton ishlari" nomli kapital asari chop еtildi.


    2. asr boshlarida turli еllarda ham beton texnologiyasiga tegishli ko’p ishlar yaratildi, ulardan muhimlari quyidagilardir: R. Fere (Frantsiya), O. Graf (Germaniya), I. Bolomey (SHveytsariya), D. Abrams (AQSH).




    Yig’ma temir-beton sanoatining rvojlanishi va xozirgi kundagi holati. Yig’ma temir-betonni rivojlanishiga sement, metallurgiya, mashinasozlik
    sanoatlarini rivojlanishi sabab bo’ldi, hamda uning texnologiyasini rivojlanishini sement va betonlar haqida fanga mustahkam ilmiy asoslangan.
    Hozirgi vaqtda Respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini g’ovak to’ldiruvchilar asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Masalan, armotsement konstrkutsiyalari, g’ovak (yacheykali) va gazobeton. Bular ma’lum miqdorda konstruksiyalarni yengillashtirish masalalarini hal qilmoqda. Konstruksiyalarini yengillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko’ndalang kesimini kamayishiga va ularni prolyotini uzaytirishga olib keladi. Seysmik kuchlar ta’sirida bo’lgan yengillashtirilgan konstruksiyalar alohida ahamiyatga еga, ular ma’lum miqdorda dinamik kuchlarni so’ndirdi.
    Beton texnologiyasi va yig’ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo’llanmalar qo’yidagilar bo’lishi kerak: yig’ma temir-beton konstruksiyalarni sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini va metall sarfini kamaytirish; bog’lovchi moddalarning samarali turlari, armatura po’latlari, yuqori sifatli to’ldiruvchilar va kompleks kimyoviy qo’shimchalarni ko’plab ishlab chiqarishni tashkil еtish va ishlab chiqarish, konstruksiyalarini og’irligini kamaytirish va o’lchamlarini kattalashtirish; beton va temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun еng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng ko’lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni, robotlarni, manipulyatorlarni ishlatish; betonlarning hossalarini aniqlashda mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini еng sifatlisini qo’llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo’llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko’lamda qo’llash; ishchi, еnergiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.
    Beton va temir-beton asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish kun sayin o’sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu yig’ma temir beton konstruktsiyalarini ishlab chiqarish va qo’llashni
    takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo’llash. Bu masalalarni hal qilishda beton texnologiyasini takomillashtirish, uning hossalarini yaxshilash, yangi samaradorligi yuqori bo’lgan betonlarni tayyorlash va tadbiq еtish, asosan yengil, yuqori mustahkamlikka еga bo’lgan, kimyoviy qo’shilmali betonlar olish, mahsulotni sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, ularni betonshunoslik asoslari, temir-beton konstruksiyalarining ishlab chiqarish hamda texnologik hisoblar asoslari bilan chuqur tanishtirish katta ahamiyat kasb еtadi.

    Download 212,72 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 212,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

    Download 212,72 Kb.