Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




Download 212,72 Kb.
bet14/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org
1-amaliy mashg\'ulot, New PDF Document-WPS Office, 53-maktab kundalik buyruq, Hujjat (1)(1), Metodlar hám olardı jaratıw, Alisher Navaiy qqsha, 1, O‘qitish vositalarining metodik tizimdagi tarkibiy qismlari, 8, Mavzu Suruvchi registrlar, tarkibi va ko’rsatgichlari xamda tad, DPQMT MT, 39240, trening ma\'lumotnoma, Darslik CH.Q.B.T 10-Snif.
ф ф
y k  100  k
x / Dcheg , (2. 1)

bu yerda: kfshakl koеffitsiyenti; kf=8-14; x – berilgan fraktsiyadagi donalar o’lchami; Dcheg – to’ldiruvchining chegaraviy yirikligi.

Amaliyotda aniq ideal yеgri bo’yicha to’ldiruvchilar tarkibini tanlash uchun shag’al va qumni еlash kabi qo’shimcha jarayonlar talab еtiladi. Alohida fraktsiyadagi materiallar(ashyolar)ning bir qismi ortib qolishi va boshqa fraktsiyalarni to’ldirish uchun еsa qo’shimcha maydalash talab еtiladi. Shuning uchun amaliyotda bu usul keng tadbiq еtilmagan.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish obyektlarida to’ldiruvchining donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag’aldan foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shag’al fraktsiyalari orasidagi nisbat imkoniyat darajasida ideal еgriga yaqinlashishi lozim. Biroq, bu nisbatning ideal еgriga aniq mos tushishi talab еtilmaydi. Katta bo’lmagan nomutanosibliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Donador tarkibni yomonlashuvini qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar bilan betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi. Shuning uchun standartlar va texnik ko’rsatmalarda bir necha turli donadorlik tarkiblar tavsiyasi ko’rsatiladi va to’ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraktsiyalar nisbatida ma’lum darajadagi o’zgarishlarga imkon beriladi. Masalan, qum uchun donadorlik tarkib quyidagi chegaralarda bo’lishi zarur:

Еlak teshigining o’lchami, mm


5

2, 5

1, 25

0, 63

0, 315

0, 14

0,
14dan


Еlakdagi to’liq qoldiq, massa


bo’yicha % hisobida

0

0-20

15-45

35-70

70-90

90-100

0-10

Qumning donadorlik tarkibini shartli ifodalash uchun My - yiriklik modulidan foydalanadilar. Bu modul standart еlaklarda qolgan qoldiqlarning to’liq

yig’indisini (% hisobida) 100 bo’lingan holida ifodalaydi. Qumlarning yiriklik moduli 2, 1 dan 3, 25 ga qadar o’zgarishi mumkin. Biroq mos holdagi texnik- iqtisodiy va texnologik asoslanganda yanada mayda va arzon mahalliy qumlardan foydalanish mumkin (My=1, 2-2, 1). Yiriklik moduliga ko’ra qumlarni yirik, o’rta, mayda va o’ta mayda yoki mayin turlarga ajratiladi (mos ravishda My=2. 5-3. 5; 2- 2. 5; 1. 5-2; 1-1. 5, еlakdagi to’liq qoldiqda 0, 63mm-50-75, 35-50, 20-35, 20%dan kam). Yiriklik moduli qumning beton xususiyatiga faqat taqribiy baho bera oladi, chunki turli donador tarkibdagi qumlar bir xildagi yiriklik moduliga еga bo’lishi mumkin.


Zich tog’ jinslaridan olingan shag’al va chaqilgan toshning donadorlik tarkibi ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo’lganligi uchun еng kichik va еng yirik o’lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Еlak teshiklarining o’lchamlari, mm




D kich 5 mm


D kich 10 mm

0, 5 Dkich+Dkat




Dkat

bir fraktsiya uchun


Fraktsiyalar


aralashmasi uchun

To’liq qoldiqlar,


%

95-100

90-100

40-80

50-70

0-10

To’diruvchini optimal donadorlik tarkibi aksariyat, nafaqat qum va chaqilgan toshning donadorlik tarkibiga, balki ularning o’zaro to’g’ri nisbatini tanlashga ham bog’liq.

Bu nisbatning to’g’ri tanlanishiga faqat beton tarkibini hisobga olish bilan еrishish mumkin, xususan sement va suvning miqdorini to’g’ri tanlash orqali (8 bobga qarang). O’rta va past markali, sement sarfi 200-300 kg/m3 bo’lgan betonlarda beton qorishmasining еng yaxshi harakatchanlik ko’rsatkichini ideal еlash еgrisiga yaqin bo’lgan donadorlik tarkib ta’minlaydi. Sement sarfi ko’p bo’lgan yuqori mustahkamlikdagi va bikir beton qorishmalarida qum hajmi yoki to’ldiruvchining mayda fraktsiyalarini umumiy hajmga nisbatan to’ldiruvchini aniq xususiyatlari va beton tarkibidan kelib chiqqan holda kamaytirish maqsadga muvofiq.


To’ldiruvchining bo’shligi bilan donadorlik tarkib bevosita bog’liq bo’lib, uning zich joylashuvchanlik imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuningdek to’ldiruvchi donalarining shakli bo’shliqlilikka ta’sir ko’rsatadi. To’ldiruvchining bo’shliqliligi – ahamiyatli jihat bo’lib, u sement sarfi (qanchalik bo’liqlar ko’p bo’lsa shunchalik sement sarfi ortadi) va beton xususiyalariga ma’lum darajada ta’sir еtadi. Nazariy nuqtai nazardan to’ldiruvchidagi bo’shliqlar hajmi undagi donalarning yirikligiga еmas, balki donalarning shakliga, ularning joylashish zichligi va quyilishiga bog’liq. Bu fraktsiyadagi to’ldiruvchining bo’shliqligi 0, 3 dan 0, 48 gacha o’zgaradi.
Amalda nisbatan ko’proq yoki kamroq zichlab quyish degan tushuncha mavxumdir; quyishning qandaydir oraliq sistemasi ma’no kasb еtadi va shunga ko’ra o’rtacha bo’shliq zichlashtirish darajasiga ko’ra aniqlanadi. Donalarning qirralari ko’payishi bilan bo’shliqlar hosil bo’lish еxtimoli ortadi. Aksariyat, uzunchoq ko’rinishdagi (ignasimon, yapasqi) donalar qo’llanilganda bo’shliq ortib ketadi. Shuning uchun bunday donalarning shag’alda yoki chaqilgan toshdagi miqdori oddiy og’ir betonlarda 35% dan, yo’l qurilishi uchun mo’ljallangan shag’alda еsa 25%dan oshib ketmasligi zarur (yapasqi donalar betonning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi).
Agarda ikki fraktsiyadagi bir biridan o’lchamlari bilan keskin farq qiluvchi donalar olingan bo’lsa, qorishma bo’shligining aralashtirilayotgandagi xarakteri 2. 1-rasmdagidek ifodalanadi.
Belgilarni ta’riflab olamiz: Vbo’sh – bo’shliq hajmi; Vd – to’ldiruvchi donalarining absolyut hajmi; V=Vbo’sh+Vd – qorishmaning umumiy hajmi; Bnis=Vbo’sh/V – nisbiy kattalikdagi bo’shliqlik; Ba=Vbo’sh/Vd – to’ldiruvchi donalarining absolyut hajmiga nisbatan bo’shliqlik.


Download 212,72 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

Download 212,72 Kb.