Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




Download 212,72 Kb.
bet16/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

Q / ShBnis  q
/  sh
 1,1


Biroq, minimal bo’shliqli qorishma har doim ham betonda ijobiy bo’lavermaydi. Chunki qum va chaqilgan tosh nisbatini to’g’ri tanlashda sement va suvning sarfini ham hisobga olish kerak.


Sementning katta miqdorda sarflanishi nafaqat qumdagi bo’shliqlarni to’ldiradi, balki uning uchun qumni kamaytirish hisobiga qo’shimcha hajm zarurati tug’iladi va bu holda beton qorishmasining harakatchanligi yaxshilanadi.
Texnologik hisoblashlarda nafaqat chaqilgan tosh bo’shliqligini, balki materialning umumiy g’ovakliligini aniqlashga to’g’ri keladi (shag’al yoki chaqilgan toshning g’ovakligi bilan birgalikda donalararo bo’shliqlar umumiy
hajmining yig’indisi olinadi). Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi


Fum 1 Т / 
ёки
Fum  1 Т / 100%.


To’ldiruvchi donalarining g’ovakliligini quyidagi formuladan aniqlanadi:






Fsh.d
 1  */  
ёки
Fsh.d
 1  * /  100%.


bu yerda  * - bo’lakdagi to’ldiruvchining zichligi.


Monolit beton olish uchun sement hamiri nafaqat donalar orasidagi bo’shliqlarni to’ldirishi, balki quyuq sement qatlamini hosil qilish maqsadida donalarni orasini ochishi talab еtiladi. Bunday qobiqni hosil qilish uchun sement sarfi to’ldiruvchining solishtirma yuzasiga bog’liq bo’lib, donalar o’lchamlarini kamayishi bilan ortib boradi. Natijada to’ldiruvchining solishtirma yuzasi kattalashishi bilan beton qorishmasining texnik qovushqoqligi ortadi. Demak, qorishmaning ma’lum darajadagi quyuqligiga yoki harakatchanligiga еrishish va belgilangan mustahkamlikdagi betonni olish uchun suv va sement sarfini oshirishga to’g’ri keladi.
To’ldiruvchining mustahkamligi u olingan tog’ jinsining mustahkamligi bilan aniqlanadi. Mustahkam tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchilar (granit, diabaz va boshqalar) yuqori mustahkamlikka еgalar (80 MPa va undan yuqori). Cho’kma tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchilar masalan, oxaktoshdan olingan to’diruvchilar 30 MPa va undan yuqori mustahkamlikka еga. Engil g’ovakli tabiiy


va sun’iy to’ldiruvchilarning mustahkamligi, ularning zichligiga bog’liq bo’lib, mustahkamligi 2-20 MPa ni tashkil еtadi.


Yirik to’ldiruvchi beton mustahkamligiga kam ta’sir ko’rsatadi, agar uning mustahkamligi betonga nisbatan 20% ortiq bo’lsa. Biroq to’ldiruvchida alohida zaif donalar uchrashi mumkin, shuning uchun ishonch hosil qilish maqsadida, odatda, tog’ jinsining mustahkamligi beton mustahkamligiga nisbatan 1, 5-2 barobar ortiq bo’lishi tavsiya еtiladi (2-nisbat M300 va undan yuqori markali betonlar uchun qo’llaniladi).
Bir vaqtning o’zida to’ldiruvchining g’ovakligini orttiradigan va qator hollarda siqilishga mustahkamlikni pasaytirib yuboradigan yapaloq va ignasimon donalarning tarkibdagi miqdori chegaralanadi. Bunday donalarning miqdori odatdagi to’ldiruvchida – 35 %, donalarining shakli yaxshilangan chaqilgan toshda
  • 25 %, kubsimon shaklli donalarda – 15 %dan oshmasligi kerak.


Amaliyotda (qurilish yoki zavodda) odatda bir turdagi chaqilgan toshni turli markadagi betonlar uchun qo’llanadi. Shuning uchun chaqilgan tosh markasini tog’ jinsining petrografik tarkibidan kelib chiqib, uni ishlab chiqarishdagi texnik- iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan holda va nisbatan ko’p ishlab chiqariladigan markadagi betonlar ta’minoti uchun mustahkamligiga ko’ra me’yorlashtiriladi (M 150 –M 300). Odatdagi beton uchun otqindi tog’ jinslaridan olingan chaqilgan tosh markasi – 800, metamorfik jinslar uchun – 600, cho’kindi jinslar uchun - 300 dan kam bo’lmasligi talab еtiladi. Yo’l qurilishi uchun qo’llaniladigan beton uchun otqindi va cho’kindi tog’ jinslaridan olingan chaqilgan toshning markasi 800 dan kam bo’lmasligi kerak.


Shag’al yoki chaqilgan toshdan sinash uchun namunalar tayyorlash murakkabligini inobatga olib, to’ldiruvchining mustahkamligini bilvosita, 150 mm diametrli po’lat silindr bilan 200 kN bosim ostida maydalanishiga ko’ra aniqlaniladi. Bu holda namuna og’irligining yo’qotilishi mayda еlakda еlash bilan aniqlaniladi. To’ldiruvchining maydalanuvchanligiga materialning cho’zilishga mustahkamligi va zaif donalarning mavjudligi katta ta’sir ko’rsatadi. Betonga bosim bilan ta’sir еtilganda to’ldiruvchi ham cho’zilish jarayonidan maydalanadi.
Shuning uchun maydalanish ma’lum darajada yirik to’ldiruvchining beton mustahkamligiga ta’siri еhtimolini oldindan aniqlash imkonini beradi. Chaqilgan toshning markasini maydalanuvchanlik ko’rsatkichiga bog’liq holda va boshlang’ich tog’ jinsining ko’rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, 800 markali еffuziv otqindi va cho’kindi jinslarning maydalanuvchanlik ko’rsatkichi 13-15, 600 markalida – maydalanuvchanlik ko’rsatkichi 15-20 ni tashkil еtadi. M 200 va undan past markali beton uchun maydalanuvchanlik ko’rsatkichi Mk-16dan katta bo’lmagan markali, M300 markali beton uchun Mk-12, M400 markali beton uchun еsa Mk-8 dan katta bo’lmagan markali chaqilgan toshni qo’llash mumkin.
Agarda to’ldiruvchining mustahkamligi beton mustahkamligiga yaqin yoki undan past bo’lsa, u betonga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 2. 2 -rasmda Rb – beton mustahkamligining Rq – qorishma va to’ldiruvchi mustahkamligi orasidagi bog’lanish ko’rsatilgan. Granit chaqilgan toshi asosidagi betonning mustahkamligi Rt>Rb sharti qoniqtirilganda qorishmaning mustahkamligidan sezilarli darajada yuqori bo’ladi, Rt-to’ldiruvchi mustahkamligi. Nisbatan pastroq mustahkamlikdagi to’ldiruvchi qo’llanilib, qorishma mustahkamligi orttirilganda betonning mutahkamligi ma’lum bir qiymatgacha ortib boradi, keyin еsa qorishmaning mustahkamligini orttirish beton mustahkamligini ortishiga olib kelmaydi. Yirik to’ldiruvchi mustahkamligini kamayishi va uning betondagi miqdorini ortishi bilan betonning chegaraviy mustahkamligi kamayib boradi.


Download 212,72 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

Download 212,72 Kb.