Beton qorishmalarining harakatchanligi va bikirligini turli




Download 212,72 Kb.
bet24/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

3. 3. Beton qorishmalarining harakatchanligi va bikirligini turli



omillarga bog’liqligi
Beton qorishmalarining texnologik xususiyatlari tarkibi va qo’llanilayotgan materiallarning xususiyatlariga ko’ra aniqlanadi.
Beton qorishmasiga sement hamiri bog’lanuvchanlikni, qolipni bir tekisda oqib to’ldirish xususiyatini beradi. Sement hamirining miqdorini ortishi, uning konsistensiyasini suyuq bo’lishi bilan beton qorishmasining harakatchanligi oshib boradi. Sement hamiriga to’ldiruvchini kiritilishi, xususan uning miqdori va nisbiy yuzalari ortib borishi sababli qorishmaning harakatchanligi kamayadi.
Betondagi sement sarfini 200 dan 400 m3 gacha o’zgarishi va doimiy suv sarfida beton qorishmasining harakatchanligini o’zgarishi kuzatilmaydi. Suv sarfi o’zgargandagina qorishmaning harakatchanligi ham o’zgaradi. Suvga bo’lgan talabchanlikning doimiyligi nomini olgan bu qonuniyat beton qorishmasi harakatchanligini o’rganishda suv sarfiga nisbatan bog’liqlikning quyidagi soddalashtirilgan hisoblash usulini beradi. Beton qorishmasida sement tarkibining ortishi to’ldiuvchi donalarining sement hamiri bilan qoplanishi qalinligini oshiradi. Biroq, bu holda S/TS nisbati kamayadi(doimiy suv sarfida), jumladan sement hamiri kam harakatchan bo’lib boradi. Bu omillarning bir vaqtda ta’sir еtishi natijasida, beton qorishmasida ulardan biri konsisitentsiyani (quyuq-suyuqlik darajasini) orttirib, ikkinchisi konsistensiyani kamatiradi. Bu omillar shunday tartibda umumlashtirilishi lozimki, belgilangan chegaralarda sement sarfining o’zgarishi beton harakatchanligiga ta’sir еtmasin.
Beton qorishmasidagi sement hamiri miqdorini doimiy S/TS nisbatida oshirish yoki to’ldiruvchilar miqdorini kamaytirishda beton qorishmasining harakatchanligi ortadi, mustahkamligi еsa umuman olganda o’zgarmaydi. Agarda sement hamirini to’ldiruvchilar orasidagi bo’shliqlarni to’ldiradigan miqdorda olinsa beton qorishmasi noqulay to’shaladigan bo’lib qoladi. Qorishma harakatchan bo’lishi uchun nafaqat bo’shliqlarni to’ldirish, balki to’ldiruvchi donalarini sement hamiri qatlamlari bilan bir biridan ajratish kerak. To’ldiruvchining xususiyatlari va qum-shag’al nisbatlariga ko’ra, shuningdek, beton qorishmasining qatlamlarga ajramaydigan va sifatli zichlashtiriladigan holda bo’lishini ta’minlash uchun sement hamirining tarkibdagi minimal (еng kam) miqdori bikir qorishmada 170-200 l. , harakatchan va quyma qorishmalarda 220- 270 l ni tashkil еtadi.
Beton qorishmasining harakatchanligiga sementning xususiyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. Sement hamirining maromidagi quyuuqligi nisbatan yuqori darajali holda qo’llanilishi beton qorishmasi harakatchanligini (doimiy suv sarfida) kamaytiradi.
Beton qorishmasidagi suv miqdorini oshishi bilan harakatchanlik ortadi (biroq, sement sarfi doimiyligicha qolsa beton mustahkamligi pasayib ketadi). Ammo, har bir beton qorishmasi tajriba asosida aniqlanadigan o’ziga xos suv tutuvchanlik xossasiga еga: suv miqdori katta bo’lganda uning bir qismi beton qorishmasidan ajralib chiqadi va bu holga yo’l qo’yish mumkin еmas. Suv miqdorini o’zgartirish – beton qorishmasi konsistensiyasini boshqaradigan asosiy omil hisoblanadi.
Beton qorishmasining harakatchanligi to’ldiruvchining yirikligiga bevosita bog’liq. To’ldiruvchi donalarining yiriklik darajasi ortishi bilan ularning umumiy yuzasi kamayadi, ularning sement hamiriga ta’siri kamayadi va natijada beton qorishmasining harakatchanligi ortadi. Chang, loysimon va boshqa kirlantiruvchi qo’shimchalar beton harakatchanligini kamaytiradi.
Harkatchanlik shuningdek qum va shag’alning o’zaro nisbatiga ham bog’liq. Talab darajasidagi harakatchanlikga еng maqbul nisbatlarda еrishiladi va bunda sement hamiri qobig’ining qalinligi maksimal darajaga yetadi. To’ldiruvchilar orasida qumning miqdori shu nisbatdan yuqori darajada bo’lsa, mavjudligi hisobiga qorishma kam harakatchan bo’lib qoladi va bu hol to’ldiruvchi yuzasining ortishi bilan tushuntiriladi.
Beton qorishmasining harakatchanligini oshishiga, suvga bo’lgan talabning kamayishi yoki sement sarfining kamayishiga plastifikatsiyalovchi qo’shimchalarni qo’llash bilan еrishiladi. Masalan, sulfit-drojjali brajkalarni (SDB) sement massasiga nisbatan 0, 1 dan 0, 3 % gacha qiymatda qo’shish (mineral tarkibi va nisbiy yuzaga ko’ra). Superplastifikatorlarning yanada samarali ta’sir еtadigani S-3 bo’lib, ular plastik beton qorishmalarini o’ta ahamiyatli darajada harakatchanligi va suv talabchanligini o’zgartiradi (SDBga nisbatan 20- 40% ga ko’p). 3. 2- jadvalda beton qorishmasiga SDB kiritilganda suvga bo’lgan talabchanlikning nisbatan kamayishini harakterlovchi qiymatlar keltirilgan.
Beton qorishmasiga SDB kiritilganda suvga bo’lgan talabchanlikning
nisbatan kamayishi

Download 212,72 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton qorishmalarining harakatchanligi va bikirligini turli

Download 212,72 Kb.