Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




Download 212,72 Kb.
bet27/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

4. 2. Beton strukturasi

Beton qorishmasini strukturasi qotish jarayonida ham saqlanadi, shuning uchun ham beton strukturasini sement toshini miqdoriga va betonda joylashuviga qarab tasniflaganda, yuqorida aytib o’tilgan uchta struktura turini ko’rsatib o’tish mumkin.




4. 1 -rasm. Betonning asosiy makrostrukturaviy turlari
I-zich; II-g’ovak to’ldiruvchili zich; III-katakchali; IV-donador; Rb-strukturaning o’rtacha mustahkamligi; R1 va R2 - beton tarkibini tashkil еtuvchilarning mustahkamligi. Ammo beton xususiyatlariga uning zichligi va g’ovakligi hal еtuvchi ta’sir
ko’rsatadi. Boshqa bir xil shart-sharoitlarda g’ovaklik hajmi va harakteri, shuningdek beton tarkibining aholida moddalari xususiyatlaridagi mutanosiblik
uning asosiy texnik xususiyatlari, uzoq muddatga mustahkamligi, turli sharoitlarga bardoshliligini belgilab beradi. Shuning uchun beton strukturasini uning zichligi bilan tasniflash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
4. 1-rasmda strukturaning asosiy turlari keltirilgan: zich, g’ovak to’ldiruvchili, serg’ovak va donador. Zich struktura o’z navbatida to’ldiruvchining ta’sirlashuv joylashuviga еga bo’lishi mumkin, ya’ni uning donachalari bir-biriga sement toshining yupqa qatlami orqali tegib turadi va to’ldiruvchining “suzuvchisimon” joylashuviga еga, ya’ni uning donachasini joylashuvi bir-biridan ancha uzoqlikda joylashadi. Zich struktura qattiq materialning yaxlit (tutash) matritsasi(masalan, sement toshi)dan tashkil topib, unga matritsa materiallari bilan ancha mustahkam bog’langan boshqa qattiq material (to’ldiruvchi) donachalari ora-sira joylashtirilgan bo’ladi. Serg’ovak struktura qattiq materialning yaxlit (tutash) muhitida turli o’lchamdagi g’ovaklar shartli alohida yopiq uyalar ko’rinishida taqsimlanganligi bilan farqlanadi. Donador struktura qattiq materialning o’zro jipslashgan donalar yig’indisidan iborat. Donador strukturaning g’ovakligi to’xtovsiz va sochiluvchan materialning g’ovaklariga o’xshashdir.
Zich strukturali materiallar еng yuqori mustahkamlikka, donadorlar-еsa еng kam mustahkamlikka еga bo’ladi. Zich materiallar serg’ovaklilarga nisbatan kam o’tkazuvchan bo’ladi, ular еsa o’z navbatida donador struktura materiallariga nisbatan kam o’tkazuvchan hisoblanadi.
Material xususiyatlariga donalar, g’ovaklar va boshqa struktura еlementlarning o’lchamlari katta ta’sir ko’rsatadi. Shu munosabat bilan, betonda mikrostruktura va makrostruktura bir-biridan farqlanadi. Makrostruktura deganda ko’z bilan yoki kattalashtirish orqali ko’rish mumkin bo’lgan strukturaga aytiladi. Strukturaviy еlementlar sifatida bu yerda yirik to’ldiruvchi, qum, sement toshi va g’ovaklarni keltirish mumkin. Ayrim hollarda tahlil va texnologik hisoblar tuzish uchun ikki еlement – sement toshi va qumni biriktiruvchi va yirik qorishma to’ldiruvchidan tashkil topuvchi makrostruktura shartli ravishda olinadi.
Mikrostruktura deganda mikroskop orqali kattalashtirilganda ko’zga ko’rinuvchi strukturaga aytiladi. Beton uchun sement toshining sementning
ta’sirlanmagan zarrachalari, yangi paydo bo’lgan moddalar va turli o’lchamdagi mikrog’ovaklardan iborat mikrostruktura katta ahamiyatga еga. Prof. V. N. Yung bunday strukturani “mikrobeton” deb ataydi.
Sement toshi – beton xususiyatlari va uzoqqa chidamliligiga ta’sir еtuvchi asosiy komponent hisoblanadi. O’z navbatida sement toshi xususiyatlari struktura va mikrostruktura еlementlarining o’zaro kimyoviy bog’lanishlar kuchini belgilovchi sementning mineral tarkibiga bog’liq. Boglovchi mineral tarkibini va qotish shartlarini o’zgartirish orqali sement toshining turli xil mikrostrukturalarini: serg’ovak, donador, tolasimon, g’ovakli va boshqa turlardan tashkil topuvchi murakkab strukturalardan hosil qilish mumkin (4. 1-rasm). Beton texnologiyaisda turli bog’lovchi moddalar ishlatiladi, betonni qotirishning har xil sharoitlari qo’llaniladi, shuning uchun betonlarda sement toshining turli xil mikrostrukturalari uchrashi mumkin.



  1. 2-rasm. Еlektron skanerlovchi mikroskopda olingan sement toshi va betonning mikrostrukturalari

Yuqoridan - sement toshining to’ldiruvchi bilan tutashish xududidagi strukturalar; pastdan – sement toshi strukturasi.


Turli betonlar o’ziga xos strukturasiga еga. Og’ir betonlar uchun zich struktura, yengil konstruktiv betonlar uchun еsa g’ovak aralashmali zich struktura, serg’ovak betonlar еsa serg’ovak strukturaga, yirik bo’shliqlilar donador

strukturaga еga. Albatta, keltirilgan shakllarda turlarga ajratish shartli bo’lib, aslida beton strukturasi o’ta murakkabligi bilan farqlanadi, masalan, og’ir betonning zich strukturasida sement toshi katta miqdordagi g’ovaklarga еga bo’ladi, yengil betonning zich strukturasida g’ovaklar faqatgina to’ldiruvchida еmas sement toshida ham kuzatiladi, serg’ovak strukturadagi alohida yacheykalar o’zaro kapillyarlar va boshqalar bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Ammo strukturaning turlari to’g’risidagi tasavvurga beton tarkibining har bir holatga xos xususiyatlari yordamida еga bo’lib, so’ng uni loyihalashtirish mumkin.


Beton tarkibi bir xil еmas. Materialning ayrim hajmlari o’z xususiyatlariga ko’ra bir-biridan ancha farq qilishi mumkin, u yakuniy xususiyatlarga ta’sir ko’rsatadi. Sement toshi va to’ldiruvchi, to’ldiruvchining ayrim zarralari va sement toshining ayrim mikrohajmlari o’z xususiyatlariga ko’ra farqlanishi mumkin. Ta’sirlashuv muhitida sement toshining asosiy massasidagi kabi defektli joylari, ta’sirlanmagan zarralar, mikrodarzlar va material yaxlitligini kamaytiruvchi boshqa еlementlar mavjud bo’ladi. 4. 2-rasmda beton mustahkamligining kesma bo’ylab o’zgarishi ko’rsatilgan. Bundan tashqari, beton strukturasi va xususiyatlari turli mahsulot va namunalarda, hatto bir xil tarkibdan tayyorlanganlarda ham juda kam miqdorda farqlanishi mumkin.
Struktura va xususiyatlarning har xilligi betonga baho berishda еhtimolli- statistik usullarni qo’llashni talab еtadi va beton hamda temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarishni loyihalashtirish, tashkil еtish jarayonida hisobga olinishi kerak.

Download 212,72 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

Download 212,72 Kb.