|
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism
|
bet | 23/38 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 212,72 Kb. | | #112309 |
Bog'liq Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org3. 5-rasm. Beton qorishmasining bikirligini aniqlaydigan standart asbob
1- qolip; 2- konus mahkamlanadigan tutqichlar; 3- konus; 4- voronka; 5- shtanga; 6- yo’naltiruvchi vtulka; 7-dis mahkamlanadigan vtulka; 8- oltita teshikli disk; 9- shtativ (tutqich); 10- shtativning mahkamlovchi moslamasi.
3. 6-rasm. Beton qorishmasini qulay quyiluvchanligini aniqlashning soddalashtirilgan usuli
a-asbobning umumiy ko’rinishi; b-tebranishga qadar beton qorishmasi; v- aksincha, tebranishdan so’ng; 1-konus; 2-kub qolip; 3-beton qorishmasi; 4- titratgich.
Asbobni titratuvchi moslama ustiga zich o’rnatadilar. So’ng idishga konus shaklidagi metall qolip tushiriladi. Konus o’lchamlari yuqorida ko’rsatilgan. Konus-shaklni maxsus aylana-tutqich yordamida asbobga mahkamlanadi va
qorishmani uchga bo’lib har birini alohida metall tayoqcha bilan zichlashtirib to’ldirib chiqiladi. So’ng konusni mahkamlab, shtativni burib, beton qorishmasi ustiga keltiriladi va titratuvchi moslama ishga tushiriladi. Amplitudasi 0, 5 mm bo’lgan titratish jarayoni sement hamiri diskning ikki teshigidan chiqqungacha davom еttiriladi. Titratish davom еtgan vaqt – beton qorishmasining bikirlik ko’rsatkichidir. Laboratoriyalarda ba’zan B. G. Skramtayev tomonidan tavsiya еtilgan beton bikirligini aniqlashning soddalashtirilgan usulidan foydalanadilar. Bu usul bilan tadqiqotlarni quyidagi tartibda o’tkazadilar. Kublar tayyorlanadigan o’lchamlari 20x20x20 sm bo’lgan oddiy qolipga standart konus o’rnatiladi. Oldindan undan tayanchlarni olib tashlab kub ichiga joylashishi uchun uning pastki asosining diametri kamaytiriladi (3. 6-rasm). Konusni odatdagidek uch bosqichda to’ldiriladi. Metall konus olingandan so’ng laboratoriya maydonchasida beton qorishmasini titratiladi. Titratish jarayoni beton qorishmasi kubning barcha burchaklarini qoplab, yuzasi tekislanguncha davom еttiriladi.
Titratishning davomiyligini (s) beton qorishmasining bikirlik darajasi sifatida qabul qilinadi. Standart titratish maydonchasi quyidagi qiymatlarga mos tushishi kerak: kinematik momenti 0, 1 N. m; amplitudasi 0, 5 mm; tebranishlar davri 3000-
1. Tajribalarning ko’rsatishicha standart asbobda aniqlangan bikirlik darajasi B.
G. Skramtayev usuli bilan olingan qiymatlardan taxminan 1, 5-2 marta kamligi aniqlandi.
|
| |