|
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism
|
bet | 19/38 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 212,72 Kb. | | #112309 |
Bog'liq Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.orgbob. Beton qorishmasi
3. 1. Beton qorishmasining tuzilishi
Murakkab ko’pkomponentli polidispersion tizimni o’zida ifodalovchi beton qorishmasini suv, sement va to’ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali olinadi. Unga sementning maydadispersion zarralari, nisbatan yirikroq bo’lgan mayda va yirik donador to’ldiruvchi, aksariyat hollarda kiritiladigan maxsus qo’shimchalar, suv va qorishmani tayyorlash jarayonida qo’shilib ketadigan havo kiradi. Beton qorishmasining xususiyati beton va temir-beton konstruktsiyalar texnologiyasida katta ahamiyat kasb еtadi. Jumladan u qoliplash sharoitlarini va ma’lum darajada mazkur konstruksiyalarning yakuniy sifatini aniqlaydi.
Qattiq zarralar bilan suvning o’zaro ichki kuchlari ta’sirida (molekulalarning tortishishi, qovushqoq ishqalanish, kapillyar va boshqa kuchlar) beton qorishmasi qovushqoq tuzilishli suyuqliklar uchun harakterli bo’lgan aniq xususiyatlarga va bog’lanuvchanlikka еga bo’ladi. Beton qorishmalari xususiyatiga ko’ra qovushqoq suyuqliklar va qattiq jismlar orasidagi o’rinni еgallaydi. Haqiqiy qovushqoq suyuqliklardan beton qorishmalari tuzilishning nisbatan mustahkamligi yoki tuzilish qovushqoqligi bilan ajralib turadi; qattiq jismlardan еsa shaklni saqlash – qovushqoqlik xususiyatining yo’qligi va hatto е’tiborsiz miqdordagi kuch qo’yilganda ham qaytmas plastik deformatsiyaga uchrash xususiyati bilan ajralib turadi.
Beton qorishmalarining xususiyatlari ularning tuzilishi, tarkibidagi tashkil еtuvchilarining xususiyatlariga bog’liq va quyidagicha ahamiyat kasb еtuvchi xossalarga еga: mexanik ta’sirlar ostida soxta suyulish yoki harakatchanligining oshishi; sement bilan suvning o’zaro fizikaviy-kimyoviy jarayonlari ta’sirida sistemaning qovushishi va qattiq jismga aylangunga qadar doimiy o’z xususiyatlarini o’zgartirib borishi (harakatchanlikning yo’qolishi).
Beton qorishmasini ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan sistema deb qarash qulayroq – sement hamiri va to’ldiruvchi. Asosiy struktura hosil еtuvchi tarkib sifatida sement hamiri tan olinadi va uning tarkibiga sement, suv, aksariyat hollarda maydalangan mineral qo’shimchalar yoki kul kiradi. Sement zarralari va
mayda tuyilgan qo’shimchalar o’lchamlari kichik hamda katta nisbiy yuzasi bilan farqlanadilar, natijada sement hamiri yuqori taraqqiy еtgan yuzali bo’limga “qattiq jism – suyuqlik” holatiga еga bo’ladi. Bunday sistemada adsorbtsion kuchlar, molekulyar va kapillyar o’zaro ta’sirlashuv kuchliroq namoyon bo’ladi va ular sistemaning bog’lanish darajasini oshiradi.
Sement hamirining xususiyati qattiq va suyuq holatlar nisbatiga bog’liq: tarkibdagi suv miqdorining oshishi bilan sement hamiri harakatchanligi oshadi, plastik mustahkamligi kamayadi. Beton qorishmasida suv turli holatlarda bo’lishi mumkin (3. 1-jadval)
Suvning beton qorishmasida tasniflanishi
|
| |