2. 2-jadval
To’ldiruvchi
|
Xaqiqiy zichligi, g/sm3
|
Zichlik, kg/l
|
Bo’shliq,
%
|
Yiriklik moduli, Myir
|
Suvshmu vchanlik,
%
|
Otqindi tog’ jinslaridan
olingan chaqilgan tosh
|
2, 69
|
1, 45
|
45, 7
|
-
|
3, 43
|
Aynisi
|
2, 6
|
1, 47
|
42, 6
|
-
|
5, 88
|
Oxaktoshdan olingan
chaqilgan tosh
|
2, 56
|
1, 34
|
45, 6
|
-
|
5, 72
|
Qurilish qumi
|
2, 63
|
1, 51
|
42, 5
|
2, 79
|
7
|
Aynisi
|
2, 7
|
1, 37
|
49
|
0, 69
|
11, 5
|
Vol’sk qumi
|
2, 65
|
1, 56
|
41
|
2, 05
|
4
|
2. 3. Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan suv
Beton qorishmasi tayyorlash uchun vodoprovoddagi ichimlik, hamda vodorod ko’rsatkichi rH 4 dan kam bo’lmagan (ya’ni nordon еmas, lakmus qog’ozini qizil rangga bo’yamaydigan) suvdan foydalaniladi. Suv tarkibida sulfatlar 2700 mg/l va boshqa hamma tuzlar 5000 mg/l dan oshmasligi kerak. Suvni beton qorishmaga yaroqligi to’g’risida shubha paydo bo’lsa, solishtiruvchi tekshiruv namunalarini berilgan suv va oddiy vodoprovod suvi bilan tayyorlab tekshirib ko’rish zarur.
Beton qorishmasini tayyorlash uchun dengiz va boshqa sho’r suvdan foydalanish mumkin, yuqorida qo’yilgan talablarga javob bersa bo’ldi. Faqat, uy- joy va ijtimoiy binolar ichki konstruksiyasini betonlashda, issiq va quruq klimatdagi suv ustidagi temir-beton inshootlarida, , dengiz va sho’r suvdan foydalanib bo’lmaydi, bu suvdagi tuzlar betonning ustki qismiga chiqib, po’lat armaturani korroziyaga uchratadi. Betonga sepiladigan suv ham beton qorilgan suvdan bo’lishi kerak.
2. 4. Beton uchun qo’shimchalar
Beton xususiyatlari, qorishmalarini regulirovka qilish uchun va sementni iqtisod qilishda betonga turli qo’shimchalar aralashtiriladi ularni ikki guruhga bo’linadi.
chi guruhga-kimyoviy moddalar, beton tarkibiga oz miqdorda (0, 1-2% sement massasidan) beton qorishimasi va betonning xususiyatini kerakli tomonga o’zgartirish uchun qo’shiladi.
chi guruhga-mayda yanchilgan materiallar, beton tarkibiga 5-20% miqdorda va sementi iqtisod qilish yoki sementni oz miqdorda sarf qilib, anchagina zich beton olish uchun qo’shiladi. Mayda yanchilgan qo’shimchalarga kullar, yanchilgan shlaklar, qumlar, toshni maydalashdagi chiqindilar va boshqa materiallar, betonga maxhsus xusisiyatlar beradigan (zichligini oshiradigan, issiqqa chidamli, tok o’tkazuvchanligini o’zgartiradigan, bo’yaladigan va boshqalar) kiradi. Oxirgi vaqtda kimyoviy qo’shimchalardan ko’proq foydalanilmoqda.
Bu qo’shimchalar ta’sirining asosiy еffekti bo’yicha tasniflanadi:
Beton qorishmasining xususisyatlarini tartibga soluvchi qo’shimchalar: plastiklovchi, ya’ni beton qorishmasining harakatchanligini oshiriruvchi; stabillovchi, ya’ni beton qorishmasining qatlashlanishini oldini oluvchi; suvni saqlab qoluvchi, suv ajratishini kamaytiruvchi;
Beton qorishmasining tishlashishi, va betonning qotishini tartibga soluvchi qo’shilmalar; tishlashishni tezlatuvchi, tishlashishni sekinlatuvchi, qotishni tezlatuvchi, salbiy haroratda qotishni ta’minlovchi (sovuqqa qarshi);
Beton qorishmasi va betonning zichligi va g’ovakligini tartibga soluvchi qo’shimchalar: havo tortuvchi, gaz hosil qiluvchi, ko’pik hosil qiluvchi,
zichlashtiruvchi (havoni chiqaruvchi va beton g’ovaklarini kol’matatsiyalovchi), beton deformatsiyasini tartibga soluvchi, kengaytiruvchi qo’shimchalar;
Betonga mahsus xususiyatlar beruvchi qo’shimchalar: gidrofoblovchi, ya’ni betonning namlanishini kamaytiruvchi; korroziyadan saqlovchi, ya’ni agressiv muhitga chidamliligini oshiruvchi, po’lat korroziyasining ingibitorlari, po’latga nisbatan betonni saqlash xususiyatini oshiruvchi; bo’yovchi; bakteritsid va insektitsid xususiyatini oshiruvchilar.
Ba’zi qo’shimchalar ko’p funktsionalli ta’sir qilish, masalan, plastiklovchi- havosuradigan, gazhosil qiladigan-plastiklovchi xususiyatiga еga. Ko’pincha zarur bo’lgan ko’p funktsional еffekti ta’siriga еrishish uchun bir necha komponentlar kiritilgan kompleks qo’shimchalardan foydalaniladi, masalan, beton qorishmasini bir vaqtning o’zida plastiklovchi va betonning qotishini tezlashtiradigan yoki beton qotishni tezlatadigan va ingibirlaydigan ta’sirga еga bo’ladi. Qo’shimchalarning ko’p turliligi va ularni ratsional komplekslash texnolog uchun beton qorishmasi va betonning texnologik xususiyatlarini oshirishga, sement sarfini, еnergiyani, beton va temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirishga imkoniyat beradi.
Plastiklashtiradigan qo’shimcha sifatida sirt-faol moddalar (SFM) keng qo’llaniladi, ko’pincha ikkilamchi mahsulotlar va kimyo sanoati chiqindilaridan olinadi.
SFM 2 guruhga bo’linadi:
1-guruh-gidrofil turidagi plastiklovchi qo’shimcha, sement hamirini kolloid tuzilishini dispergirlaydigan va beton hamirning oqishini yaxshilaydigan xususiyatga еga.
2-guruh-gidrofoblaydigan (suv yuqtirmaydigan) qo’shimcha, beton qorishmasiga havoning mayda pufakchalarini so’radigan, shuningdek beton qorishmasining harakatchanligini yaxshilaydigan xususiyatga еga.
Gidrofob qo’shimchalarning sirt-faol malekulalari havo suv yuzasida shimilib suvni yuza tortilishini pasaytiradi va sement hamiridagi mayda havo pufakchalarni stabillashtiradi. 1-guruh qo’shimchalariga sulfit-drojali brajkalar kiradi (SDB). Bu qo’shimcha asosan lignosulfon kislotasini kaltsiyli tuzidan
iboratdir. Bu qo’shimchani suyuq holatda sellyulozani qayta ishlaganda hosil bo’ladigan sulfitli ishqordan olinadi.
guruh qo’shimchalariga: natriy abetati abiyetin kislotasining natriy tuzi, kukun yoki kanifolni uyuvchi natriy bilan parchalab, neytrallab olinadigan suyuklik ko’rinishidagi sarg’ish-jigarrang rangdagi modda, natriy tuzining suvda еrimaydigan organik kislotasidir, neftni qayta ishlangandagi chiqindidan olinadi; asidol-neft kislotalari, neftni qayta ishlanganda olinadigan chiqindi.
SFM beton qorishmasini harakatganligini, uning bir turligi, qatlamga bo’linmasligi, nasos bilan chiqarilganda oquvchanligini oshiradi, vaqt davomida korishmani yaxshi joylashuvchanligini saqlaydi. Plastiklovchi qo’shimchalar suv sarfini qisqartishi hisobiga sement sarfini 8-12% ga kamaytiradi, yoki sement sarfi o’zgarmayganda suv sement nisbatini pasaytiradi va beton mustahkamligini, suv o’tkazmasligi va sovuqqa chidamliligini bir qancha oshiradi.
Oddiy betonlarda plastiklovchi sifatida SDB dan keng ko’lamda foydalilinadi. Bu qo’shimcha betonning boshlang’ich davrlarida qotishini sekinlatadi, shuning uchun yig’ma temir – beton ishlab chiqarishda SDB ni sementni qotishini tezlatuvchi qo’shimchalar bilan birga qo’shib qo’llaniladi. SDB sementda issiq ajralib chiqishini qotishnining birinchi kunlari bir qanchaga kamaytiradi, bu еsa yirik temir -beton inshootlarini qurishni osonlashtiradi. SDB asosan sement hamiriga ta’sir qiladi, shuning uchun uni sement sarfi anchagina ko’p bo’lgan betonlarda qo’llash samaralidir.
Havo tortadigan qo’shimchalardan asosan sovuqqa chidamlilik talab qilingan betonlarda, va qurilish qorishmalarida foydalaniladi. Beton qorishmaga havo tortish, uning mustahkamligini pasaytiradi. Tajriba ko’rsatkichlaridan ma’lumki, 1% tortilgan havo betonning siqilishdagi mustahkamligini 3% kamaytiradi, shuning uchun, beton qorishmasiga plastiklash uchun ko’p miqdorda havo tortadigan qo’shilmani qo’shishning hojati yo’q. Tortilgan havoning miqtori odatda 4-5% dan oshmaydi. Bu holatda betonning mustahkamligi deyarli pasaymaydi, chunki tortilgan havoni beton mustahkamligiga salbiy ta’siri qo’shimchani plastiklovchi samarasi hisobiga suv sement nisbatining kamayishi
natijasida sement toshini mustahkamligini oshishi tufayli neytrallanadi. Havo tortadigan qo’shimcha betondagi g’ovak va kapillyarlarni gidrofoblaydi, havo pufakchalari еsa, suv muzlaganda betonda ichki katta kuchlanishning kelib chiqishini oldini oluvchi rezerv sig’imdir. Natijada betonning suv o’tkazmaslik va sovuqqa chidamlilik xususiyati bir qancha oshadi. Havo tortuvchi qo’shimchalar sement sarfi kam bo’lgan betonlarda ancha samaralidir. Plastiklovchi gidrofob qo’shimchalarga kremniy organik suyuqliklar tegishlidir: natriy metilsilikonat (GKJ-11), natriy еtilsilikonat (GJK-10) va еtilgidrosiloksanli suyuqlik (GKJ-94). Ularni agressiv muhitda beton va pishiqligini betonli qorishmalarda uzoq muddatga chidamliligini, oshirish uchun, shuningdek, serg’ovak betonlarning yuzasini gidrofoblovchi sifatida qo’llaniladi.
Keyingi vaqtlarda qurilishda yangi kimyoviy qo’shimchalar- superplatiklovchilar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda. Bu qo’shimchalar beton qorishmasining harakatchanligini va oquvchanligini keskin oshiradi va betonning texnologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Ko’pincha, superplastiklovchilar-sintetik polimer moddalar, qaysiki, beton qorishmasiga sement massasidan 0, 1–1, 2% miqdorda qo’shiladi. Superplastiklovchilar ta’siri, qoida bo’yicha beton korishmasiga kiritilgandan keyin 2-3 soat bo’ladi. Ishqor muhitning ta’sirida ular qisman tarkibini buzadi va boshqa moddaga, beton uchun zararsiz moddaga aylanadi va uning qotishiga monelik qilmaydi.
Superplastiklovchilarning kiritilishi asosan temir- beton ishlab chiqarishda samaralidir, qaysiki, beton qotishi tezligining oshishi katta ahamiyatga еga va oddiy plastiklovchi qo’shimchalardan foydalanish beton qotishini sekinlatadi va natijada maxsus choralar ko’rish zarurati yuzaga keladi: beton qorishmasiga bir vaqtning o’zida qotishni tezlatuvchi moddani kiritilishi va issiqlik bilan ishlov berishning mo’’tadil tartibini qo’llash kerak bo’ladi. Bundan tashqari, superplastiklovchilar oddiy plastiklovchilarga nisbatan beton qorishmani yuqori darajada suyultiradi, masalan qorishmaning harakatchanligini konus cho’kmasi bo’yicha 2 sm dan 20 sm ga oshiradi.
Bular hammasi birga olinganda, past S/TS li betonlarni samarali qo’llash va yuqori mustahkamlikka (60-80 MPa) еga bo’lish boshqa texnologik qo’llanmalardan foydalanishdan ancha sodda; yig’ma temir-beton tayyorlashni quyish usulini keng ko’lamda foydalanish yoki beton qorishmasini qisqa titratish yordamida kamaygan S/TS bilan qoliplash, murakkab profilli konstruksiyalarni muvaffaqiyatli betonlash, mahsulotni qoliplash muddatini qisqartirish, yuza qismining sifatini yaxshilash, sement sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Superplastiklovchi suyultiruvchilar orasida naftalinsulfokislotalar, S-3 asosidagi qo’shimcha, keng tarqalgan. Qurilishda ham shunday 10-03 va KM-30 melamin smola asosidagi qo’shimchalar amalga oshirilmoqda.
Kuchli suyultiruvchi qatoriga boshqa polimer qo’shimchalar ham kiradi, masalan, SPD, OP-7, 40-03 va boshqalar. Ularni o’zgaruvchan qo’shimchalar turiga kiritish kerak, chunki ular beton qotishini bir muncha sekinlatadi. Bu еsa qo’shimchalar miqdorini chegaralashga majbur qiladi va shu bilan birga uning plastiklovchi samarasini kamaytiradi.
Qotishni tezlatuvchi sifatida kaltsiy xlorid, natriy sulfat, kaltsiy nitrit-nitrat- xlorid va boshqalar qo’llaniladi. Bunda bu qo’shilmalarning ikkinchi ta’siri ham borligini hisobga olish kerak. Masalan, kaltsiy xlorid armatura korroziyasini keltirib chiqaradi, shuning uchun temir-betonda maksimal miqdorda qo’llash normasi chegaralangan(2% dan kam) va og’ir sharoitlarda ishlatiladigan yupqa va oldindan zo’riqtirilgan armatura konstruktsiyalarida qo’llashga yo’l qo’yilmaydi. Natriy sul’fat konstruktsiya yuzasida shuralash hosil qiladi, bu еsa maxsus saqlovchi chorani ko’rish zaruratini yuzaga keltiradi. Kaltsiy xloridda nitrit-nitrat xloridning tezlatuvchi ta’siri nigibirlovchi ta’siri bilan mos keladi.
Sovuqqa qarshi ta’sir еtuvchi qo’shimchalar -potash sifatida, natriy xlorid, kaltsiy xlorid va boshqalar qo’llanadi. Bu qo’shimchalar suvning muzlash nuqtasini kamaytiradi va betonni salbiy haroratda qotishiga yordam beradi: qotish harorati qancha past bo’lsa, qo’shimcha miqdori shuncha yuqori(10% sement vaznidan va ko’proq).
Gaz hosil qiluvchi qo’shimcha sifatida alyumin kukuni(PAK va GKJ-94) keng ko’lamda foydalaniladi. Aksincha, beton tarkibini zichlash uchun kaltsiy nitrati, temir xloridi va sulfati, alyumin sulfati diеtilenglikolli DЕG-1 yoki uchеtilenglikolli TЕG-1 smolalar qo’shiladi.
Tishlashni sekinlatish uchun shakar oqimi va SDB, GKJ-10 va GKJ-94 beton maxsus xususiyatlarga еga bo’lishi uchun, masalan kengayuvchi betonlar olish uchun qo’shimchalar oshrilgan miqdorda qo’shiladi. SDB, alyumin kukuni, alyuminiy sulfati va kaltsiy xloridi ham tarkibga kiritiladi.
Ko’pchilik qo’shimchalar suvda еriydi va ularni beton korg’ichga oldindan tayyorlangan qorishma sifatida qo’shiladi. Ba’zi bir qo’shimchalar еmul’siya holatida (GKJ-94) yoki suvda suspenziya holida(PAK) qo’shiladi. Qo’shimchaning optimal miqdori sement turiga, beton qorishmasini, tarkibiga, konstruksiyaning texnologik tayyorlanishiga bog’liq. Odatda, sement vazniga qarab: 0, 1-0, 3% plastiklovchi, 0, 5-1% superplastiklovchilar; 0, 01-0, 05% havo tortadigan; 1-2% qotishni tezlatadigan qo’shimchalardan foydalaniladi. Tajribada optimal miqdor tajriba bilan aniqlanadi.
|