Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




Download 212,72 Kb.
bet20/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

3. 1-jadval

Bog’lanish harakteri


Bog’lanish yuzaga kelishining sharoit va sabablari


Suvning taqribiy nisbiy miqdori,


suvning umumiy miqdori % hisobida

Yangi
tayyorlangan qorishmada


Sementning qotish davrida


Kimyoviy (aniq


miqdoriiy nisbatlarda)

Qorishmadan gidratatsiya va


kristallashuv

1-2

4-5

Fizikaviy-kimyoviy,


adsorbtsion

Qattiq fazaning molekulyar kuch


maydonida adsorbtsiya

3-5

20-25

Mexanik, tuzilish


Suvning ingichka kapillyarlar,


yoriqlar va g’ovaklarni to’ldirishi

93-95

70-75

Suvning kamroq qismi sement bilan kimyoviy ta’sirlashuvga kiradi va kimyoviy bog’langan holatda qoladi. Bu suvning nisbiy miqdori borgan sari o’sib boradi, biroq qotish vaqtida 5 %dan oshmaydi. Suvning boshqa qismi adsorbtsion kuchlar ta’sirida qattiq fazaning yuzasida fizikaviy-kimyoviy bog’lanishda bo’ladi. Fizikaviy-kimyoviy bog’langan suvning miqdori ham odatda qattiq jismning nisbiy yuzasini ortishi bilan kuzatiladigan sementning giratatsiyasi jarayonida o’zgaradi. Yangi tayyorlangan sement hamirida bunday suvning miqdori 3-5% ni, qotish vaqtigacha еsa o’sib borib umumiy suv miqdoriining 25% gacha yetadi. Sement hamiridagi asosiy suv miqdori donalar orasidagi muhitda joylashadi, bu g’ovaklar va oraliqlarning o’lchamlari 1 dan 50mkm gacha va undan ortiq o’zgarishi mumkin. Sementning giratatsiyasi jarayonida kapillyar kuchlar ta’siri va gel paydo bo’lishi natijasida donalararo muhitda suv sement toshi bilan fizikaviy-

kimyoviy bog’lanadi. Odatda buni еrkin bog’lanish deb ataydilar, binobarin ular kimyoviy bog’lanmagan va qattiq fazaning xech qanday molekulyar kuchlari ta’sirida еmas. Еrkin suvning nisbiy miqdori sement hamiri tayyorlangan zaxoti suvning umumiy hajmiga nisbatan 90%ni tashkil еtadi va qotish jarayoniga qadar 65-70% ga tushib ketadi. Aynan еrkin suvgina sement hamirining harakatchanligiga еng ko’p ta’sir ko’rsatadi.

C/l
Ts To’l.


Sement hamiri bilan to’ldiruvchining o’zaro nisbatiga ko’ra beton qorishmasini asosiy uch turga ajratish mumkin (3. 1-rasm). Bu turlarning har biri beton va temir-beton konstruksiyalarini qoliplashda xususiyatlari va o’zini tutishi bilan ajralib turadi. Birinchi tur tuzilishidagi to’ldiruvchining donalari bir-biridan ahamiyatli masofaga ajralgan va umuman bir-biri bilan ta’sirlashmaydi. Donalar faqat sement hamirining tegib turgan xududiga ta’sir ko’rsatadi. Ular ta’sirining yig’indisi to’ldiruvchi donalarining miqdoriga va ularning solishtirma yuzalariga to’g’ri proportsional.


  1. 1-rasm. Beton qorshmalarining tarkibiy tiplari va ularning tekis harakatchan qorishmadagi suvshimuvchanlikka ta’siri


I-suzuvchan to’ldiruvchi bilan; II- zich joylashgan to’ldiruvchi bilan; III-yirik g’ovakli, sement hamirining etishmovchiligi bilan.
Ikkinchi turdagi tuzilishda sement hamiri kamroq bo’lib, u faqat to’ldiruvchining donalari orasidagi g’ovaklikni to’ldiradi va donalar ustiga surtilgandek bo’lib, qalinligi sement zarralari 1-3 diametriga to’g’ri keladi. Bu sharoitda alohida to’ldiruvchi donalarining ta’sir doiralarida bir-birlarini to’sadilar
  • to’ldiruvchi donalari orasida ishqalanish yuzaga keladi. Qorishmaga yuqorida aytilganidek (birinchi turdagi kabi) harakatchanlikni berish uchun yanada jadalroq ta’sir yoki S/TSning o’zgartirilishi hisobiga birinchi tur tuzilishdagi xususiyatlarga keltiriladi.


Beton qorishmasining uchinchi tur tuzilishida sement hamiri kam, u faqat to’ldiruvchi donalari yuzasini juda yupqa qalinlikda qoplaydi, donalar orasidagi g’ovakliklarni qisman to’ldiradi.


Bir turdagi tuzilishdan ikkinchisiga o’tish to’ldiruvchi miqdorini oshishi bilan birin-ketin amalga oshadi. Birinchi o’tish avval kichik hajmlarda va ketma-ket butun beton hamirini qamrab oladi. Ikkinchi tuzilishdan uchinchi tuzilishga o’tishda (sement hamirining to’ldiruvchilar orasidagi g’ovaklarni to’ldirishga yetishmayotgan jarayonda) beton qorishmasini qorishtirish yoki yoyishda katta miqdorda havo qo’shilib ketadi va ular to’ldiruvchidagi donalararo bo’sh g’ovakliklarni to’ldirib, sement hamiri hajmini oshirgandek bo’ladi. Bunday tuzilishni ikkinchi turga mansub deyish mumkin. Sement hamiri miqdorini tobora kamayishi bilan kirayotgan havo va havo pufakchalari o’lchamlarining ortishi natijasida notekisliklar va yoriqlar paydo bo’ladi. Bunday tuzilish uchinchi turga mansub.
Beton qorishmasi tuzilishi harakterini ketma-ket o’zgarishi natijasida turli tuzilishlar orasidagi chegaralar nisbiydir. Bu chegaralar sement va to’ldiruvchi, beton qorishmasining harakatchanligi, qoliplash usullari va boshqa faktorlarni o’zgarishi bilan ahamiyatli darajada surilishi mumkin.
Odatdagi beton qorishmalari ikkinchi tur tuzilishiga kiradi. Bunday tuzilishlar o’zining katta samaradorligi balan ajralib turadi va minimal sement sarfi bilan berilgan harakatchanlikdagi qatlamlashmaydigan beton qorishmasini olish
imkonini beradi. Tuzilishi birinchi turga mansub bo’lgan qorishmalarga armotsement konstruksiyalar tayyorlash uchun qo’llaniladigan bog’lovchi sarfi orttirilgan sement-qumli qorishmalar kiradi. Tuzilishi uchinchi turga mansub qorishmalarga qumsiz beton qorishmalari va boshqa sayoz qurilish qorishmalari kiradi.

Download 212,72 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

Download 212,72 Kb.