|
I-Bo’lim. Beton texnologiyasi
|
bet | 2/38 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 212,72 Kb. | | #112309 |
Bog'liq Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.orgI-Bo’lim. Beton texnologiyasi
Bob. Beton klassifikatsiyasi va beton to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar
1. Asosiy tushunchalar
Beton deb bog’lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to’ldiruvchilarning ma’lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi.
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog’lovchi moddalardan tayyorlangan betondan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu betonlar asosan suv bilan qorishtiriladi. Betonning faol tashkil еtuvchilari sement va suvdir, ularning reaksiyaga kirishishi natijasida to’ldiruvchi zarralarini biriktiradigan yaxlit quyma sement toshi hosil bo’ladi. Sement va suv betonning faol tarkibiy moddalari hisoblanadi: ular orasidagi reaksiyalar natijasida to’ldiruvchi zarralarini yaxlit monolitga bog’lovchi sement toshi paydo bo’ladi.
Sement va to’ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning uchun to’ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo еtiladi.
To’ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog’ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to’ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to’ldiruvchi va suv betonning 85-90% ni, sement еsa 10-15% hajmini tashkil еtadi. Keyingi yillarda qurilishda g’ovak sun’iy to’ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko’lamda qo’llanilmoqda. G’ovakli to’ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu еsa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning tarkibiga kimyoviy qo’shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni ancha plastik va qulay quyiluvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning mustahkamligi va sovuqqa
chidamliligini ko’tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo’nalishda o’zgartiriladi.
Beton – asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, jumladan mustahkamlik, zichlik, issiqlik o’tkazuvchanlik va boshqa shu kabi xossalarni berish mumkin.
|
| |