|
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism
|
bet | 7/38 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 212,72 Kb. | | #112309 |
Bog'liq Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.orgGidrofob portlandsement – portlandtsement klinkerbni sirt-aktiv gidrofoblovchi (suv yuqtirmaydigan) qo’shimcha bilan mayin yanchilgan mahsulotdir. Qo’shimcha sifatida milonaft yoki asidol, ya’ni neft mahsulotlari sement massasiga nisbatan 0, 1-0, 15% miqdorda olinadi. Gidrofob sementi, boshqa oddiy sementdan farqli, quyidagi xususiyatlarga еga: nam tortishi past, uzoq muddatga saqlanganda va xatto nam havoda ortilganda ham aktivligini yo’qotmay sochiluvchan holatda qoladi; yuqori plastiklikka (plastiklashtirilgan sementdan kam bo’lsada) еga; suv shimish va suv o’tkazish darajasi past va betonda sovuqqa chidamligigi yuqori. Gidrofob sementi ham oddiy portlandsement markalari kabi markalarga еga.
Sirt-aktiv qo’shimchali sementlar boshlang’ich davrda bir qancha sekinroq qotish tezligiga еga bo’lib, shunga ko’ra kamroq issiqlik ajratib chiqaradi. Bu sementlar alohida maxsus sharoitlarda, ya’ni gidrotexnik inshootlarini qurishda va monolit temir-beton konstruksiyalarini ko’tarishda ishlatiladi, bunda betonning suv o’tkazmasligi va issiqlik ajratib chiqarishi muhim ahamiyatga еga.
Sulfatga chidamli sementlar – alohida guruhga ajratilgan va ularga UzRST talablari qo’yilgan (2. 1 jadvalga qar. ). Sul’fatga chidamli portlandsement (SPTS) 400 marka bilan ishlab chiqariladi. Sementning sulfatga chidamliligi mineralogik tarkibini me’yorida bo’lishi bilan ta’minlanadi, qaysiki sulfat agressiyasiga chidamsiz minerallarning miqdori tarkibda kamaytiriladi. Bu sement tarkibida: C3S>50%,C3A<5%, C3A+C4AF<22%. Qo’shimchali sul’fatga chidamli portlandsement (KSPTS) maxsus tarkibdagi portlandsement klinkerini (C3A<5%, C3A+C3AF<22%) va mayin yanchilgan aktiv mineral qo’shimcha bilan birga tuyib olinadi. Qo’shimcha sifatida trepel, opok, diatomit (5-10%) yoki granullangan domna shlaki (10-20) ishlatiladi. Qo’shilma C3S gidrotatsiyasida ajraladigan
kaltsiy gidrooksidini bog’laydi, bu еsa sementning sul’fatga chidamliligini oshiradi. Bunday holatda tarkibida juda ko’p C3S bo’lgan klinkerni qo’llash mumkin bo’ladi, qo’shimchali sulfatga chidamli sementlar еsa 500 va 400 markaga еgadir.
|
| |