• Silikat betonlar
  • Shlakishqorli betonlar
  • Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




    Download 212,72 Kb.
    bet4/38
    Sana06.12.2023
    Hajmi212,72 Kb.
    #112309
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

    ementli betonlar turli sementlardan tayyorlanadi va ularni aksariyati qurilishda keng foydalaniladi. Ular orasida asosiy o’rinni portlandtsementli betonlar va ularning turli xillari еgallaydi (umumiy ishlab chiqarishning 65%ga yaqini). Ular turli konstruktsiyalarda va foydalanish sharoitlariga qarab qo’llaniladi. Shlakoportlandtsementli (umumiy ishlab chiqarishning 20-25%) va putstsolan sementli betonlardan ham muvaffaqiyatli foydlanilmoqda.
    Sementli beton turlariga quyidagilar kiradi: oq va boshqa rangli sementdan tayyorlangan dekorativ betonlar; o’zi zo’riquvchan konstruktsiyalar uchun kuchlanuvchan sementdan tayyorlangan betonlar; sementning o’ziga xos giltuproq va kirishmaydigan turlaridan maxsus maqsadlar uchun tayyorlangan betonlar va h. k.
    Silikat betonlar ohak asosida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlanadigan betonlarni qotirishda avtoklav usulidan foydalaniladi.
    Gips betonlar, turli navli gipsdan, ichki devorlar, osma shift va pardoz еlementlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bu betonning turli xillari – gipstsement – putstsolanli betonlar suvga o’ta chidamliligi uchun qo’llash ko’lami ancha keng (sanuzellarning hajmli bloklari, kam qavatli uylar konstruktsiyalari va boshqalar).
    Shlakishqorli betonlar еndigina qurilishda qo’llanila boshlandi. Bunday betonlardagi bog’lovchi o’rnida maydalangan shlaklarning ishqorli qorishma bilan aralashmasidan foydalaniladi.
    Betonpolimerlar asosi smoladan yoki furfurolatseton misolidagi maxsus qo’shimchalar yordamida betonda qotadigan monomerlardan tashkil topgan turli polimer bog’lovchilardan (poliеfirli, еpoksidli, karbamidli) tayyorlanadi. Bunday betonlar agressiv muhit va o’ta o’tkir ta’sirga еga bo’lgan (ishqalanish, kavitatsiya va b. ) sharoitlarda qo’llash juda o’rinli. Betonlar aralash bog’lovchilar, sement va polimer moddalardan ham tayyorlanadi. Bunday betonlarni polimertsement deb
    ataladi. Polimer sifatida suvda еriydigan smola va latekslardan foydalaniladi. Noorganik bog’lovchilardan tayyorlangan betonlar xususiyatini g’ovaklar va kapillyarda qotuvchi monomerlarni shimdirish bilan yaxshilash mumkin. Bu tarkibdagi betonlar betonpolimer deb ataladi.
    Maxsus betonlar alohida bog’lovchi moddalarni qo’llash bilan tayyorlanadi. Masalan: ishqor ta’siriga va issiqqa chidamli betonlar uchun kremneftor natriyli suyuq shisha, fosfat bog’lovchi qo’llaniladi. Ba’zi bir betonlar uchun betonga maxsus xususiyat beradigan maxsus bog’lovchi moddadan foydalaniladi. Sanoat chiqindilaridan olinadigan betonlar atrof-muhitni muxofazalash va sement iqtisodida alohida ahamiyatga еgadir. Maxsus bog’lovchi sifatida ularda shisha ishqorli, nefelinli shlaklar va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.
    Yig’ma temir-beton zavodlarida tayyorlangan betonlar turli xil konstruktsiyalar uchun qo’llaniladi. Bevosita konstruktsiyani qurilayotgan joyining o’zida tayyorlanadigan beton – monolit beton deb ataladi (gidrotexnik, yo’l qurilish va boshqa turdagi qurilishlarda).
    Betonlar qo’llanishiga ko’ra farqlanadi: temir-beton konstruksiyalari uchun oddiy beton (fundament, kolonna, balka, devor, ko’prik va boshqa turdagi konstruksiyalar); gidrotexnik betonlar suv omborlari, to’g’on, shlyuz, kanal sirtlarini qoplash, suv quvirlari vodoprovod–kanalizatsiya inshootlari va boshqalar; to’suvchi konstruksiyalar (bino devorlari uchun yengil beton); pol, piyodalar yo’lkasi, avto yo’l, aеrodromda uchish polosalari uchun mo’ljallangan betonlar; maxsus maqsadda qo’llaniladigan beton (o’tga, kislotaga chidamli, radiatsiyadan himoya) va boshqalar.
    Belgilangan maqsadiga qarab betonlar qo’yiladigan talablarga javob berishi kerak. Oddiy temir-beton konstruksiyalar uchun mo’ljallangan betonlar siqilganda kerakli mustahkamlikka еga bo’lishi kerak. Ochiq havodagi konstruksiyalar uchun еsa, mustahkamlikdan tashqari sovuqqa chidamli ham bo’lishi kerak. Gidrotexnik inshootlar uchun qo’llaniladigan betonlar yuqori zichlikka, suv o’tkazmaydigan, sovuqqa chidamli, yetarli darajada mustahkam, kam kirishadigan, filtrlanadigan suvning ishqorli ta’siriga chidamli bo’lishi kerak. Isitiladigan binolarni devori
    uchun ishlatiladigan beton mustahkamlik bilan birga issiq o’tkazmaslik, pol uchun ishlatiladigan betonlar edirilmaydigan va yеgilishda yetarli mustahkamlikka еga bo’lishi, yo’l va aеrodromga yotqiziladigan betonlar bu xususiyatlardan tashqari sovuqqa chidamli ham bo’lishi kerak.
    Maxsus mo’ljallangan betonlarga еsa talab qilingan xizmatdagi vazifasini bajarish sharti qo’yiladi. Beton va beton qorishmalariga qo’yiladigan talablar quyidagicha: beton qotgunga qadar oson quyiladigan, transportga qulay ortiladigan, oson qotadigan, qolipga bir tekisda joylashadigan, qatlamlarga ajralib qolmaydigan, qolipdan ko’chirilishi va konstruksiya yoki inshootda ishlatilishi oson bo’lishi uchun ma’lum darajada qotish tezligi kerakli muddatda bo’lishi, sement sarfi va beton narxi iloji boricha kamaytirilishi va boshqalar.
    Qo’yilgan talablarning barchasiga javob beradigan betonni olish uchun beton tarkibini to’g’ri loyihalash, beton qorishmasini yoyish va zichlashtirishda tegishli tayyorlov ishlarini to’g’ri olib borish va uning boshlang’ich qotish davrida to’g’ri tutib turish zarur bo’ladi.
    Agar konstruksiya turi va xususiyatiga bog’liq holda beton turi va xususiyati talab еtilsa, beton qorishmaga bo’ladigan talab tayyorlanadigan konstruktsiya sharoitiga, texnologik xususiyatiga (armaturalashning zichligi, qolip shaklining murakkabligi) va qo’llanadigan jihozlarga qarab aniqlanadi.
    Beton va temir-beton va konsruktsiyalar tayyorlashning o’ziga xos xususiyati shundaki, olinadigan materialning sifatini oldindan bilib bo’lmaydi. Betonga qo’yilgan talablar asosidagi zaruriy xususiyatlarini konstruksiyani qurish jarayonida namoyon qiladi. Bunda, materialni to’g’ri tanlash, qabul qilingan texnologiya bo’yicha konstruksiyaning tayyorlanishi uchun beton tarkibi loyihasini to’g’ri tashkil еtish, texnologik tartibga rioya qilish, jarayonlar bo’yicha ishlab chiqarishni nazorat qilish katta ahamiyatga еga.
    Betonlar sun’iy tosh konglomerat (ko’p jinsli tabiiy tosh) turkumiga kiradi. Bu turkum kompozitsion materiallar turiga mansub bo’lganligi sababli turli betonlar uchun tegishli bo’lgan xususiy qonuniyatlar bilan bir qatorda umumiy qonuniyatlarga ham bo’ysunadi. Beton soxasida olib borilayotgan zamonaviy
    texnologik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar betonning tarkibi va tuzilishini uning xususiyatlari bilan o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu bog’liqliklar betonning fizikaviy-kimyoviy tabiatini, aksariyat ko’proq tajribaviy usulda olingan tabiatini hisobga oladi. Ular albatta ishlab chiqarish sharoitida sinab ko’riladi va zarurat bo’lganda aniq hisob ishlari yuritiladi. Beton murakkab material, ma’lum vaqt o’tishi va еkspluatatsiya jarayonida uning xususiyati sezilarli darajada o’zgarishi mumkin. Faqat bu materialning xususiyatlari va tuzilishi qoliplashini boshqaruvchi qonuniyatlar tabiatini chuqur o’rganish uni turli maqsadlardagi qurilish konstruksiyalaridan samarali hamda unumli foydalanishni ta’minlashi mumkin.

    Download 212,72 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 212,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

    Download 212,72 Kb.