• Putstsolan portlandsement
  • Sulfatga chidamli shlakoportlandsement




    Download 212,72 Kb.
    bet8/38
    Sana06.12.2023
    Hajmi212,72 Kb.
    #112309
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
    Bog'liq
    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

    Sulfatga chidamli shlakoportlandsement (SSHPTS) – klinker tarkibidagi C3A<8% miqdori chegaralab olinadi va 300, 400 markalar bilan ishlab chiqariladi. Sulfatga chidamli sementlar suv satxi o’zgaruvchan sharoitda ishlatiladigan beton va temir-beton konstruksiyalar, shuningdek, ko’pincha bir vaqtda ko’p marta muzlash va еrish yoki ko’p marta namlanishi va qurishi mumkin bo’lgan sul’fatli suvlar agressiv ta’siriga uchraydigan inshootlar uchun mo’ljallangan.
    Putstsolan portlandsement (PPTS) ham sulfatga chidamli sement guruhiga kiradi. Bu sementni C3A<8%, miqdordagi portlandsement klinkerini aktiv mineral qo’shimcha bilan birga yanchish usuli bilan olinadi. Aktiv mineral qo’shimcha oddiy qo’shimchali portlantsementga nisbatan ko’p miqdorda qo’shiladi. Qo’shimcha miqdori uning turiga bog’liq va trepel, opok, diatomit uchun 20-30% tashkil еtadi, qolgan boshqa aktiv minerallar, ayniqsa kremnezem qo’shimchalar (masalan, tuf, trass, pemza va boshqa) uchun- 25-40% dan iborat. Trepel, opok, diatomitlar boshqa qo’shimchalarga nisbatan sementga oz miqdorda qo’shiladi, chunki ular yuqori gidravlik aktivlikka еga bo’lishi bilan birga bir vaqtning o’zida suvga talabi yuqoridir. Shuning uchun sementga ortiqcha bunday qo’shimchalarning aralashtirilishi uning normal quyuqligini keskin darajada oshiradi, bu еsa maqsadga muvofiq еmas.
    Putstsolan portlansement oddiy sementga nisbatan ochroq rangda. Haqiqiy zichligi (2, 8-2, 9 ga yaqin) va zichligi ham oddiy sementdan kamroq. Oddiy sementga qaraganda bir xil miqdorda olingan putstsolan portlandsementda qorishmani chiqishi hamda qorishma va beton zichligi yuqori bo’ladi, shuning uchun qorishma va betonlar anchagina suv o’tkazmaydigan bo’ladi. Normal quyuqlikdagi hamirni olish uchun putstsolan portlandsementga ko’proq suv qo’shish kerak (30-40% gacha), bunda anchagina yopishqoq qorishma hosil bo’ladi. Buning natijasida beton qorishmasining harakatchanligi pasayadi. Bu
    holatni oldini olish uchun betondagi sement sarfini (5-10% ga) oshirishga to’g’ri keladi yoki plastiklashtiruvchi qo’shilma kiritiladi.
    Putstsolan portlandsement gidravlik qo’shimcha aralashtirilmagan sementga nisbatan suv bilan aralashtirilgandan so’ng birinchi kunda va haftada sekinroq qotadi. Suvda 6 oy qotgandan keyin bu sement (shu klinkerning o’zidan), qo’shimchasiz sementning pishiqligiga еga bo’ladi. Putsolan sement oddiy sementga nisbatan qotish jarayonida kam issiqlik chiqaradi. Bu еsa yaxlit inshootlarni betonlashda qulaylik beradi, lekin qishki mavsumdagi beton ishlari og’irlashadi, chunki suniy usul bilan beton isitilishi talab qilinadi. Putstsolan portlandtsementni qotishida еrkin kaltsiy gidrookisidi aktiv kremnezem qo’shimcha bilan qo’shiladi va suvda deyarli еrimaydigan kaltsiy gidrosilikatni hosil qiladi, dengiz va boshqa mineral suvlarda parchalanmaydi. Yuqori darajada fizik-kimyoviy ta’sirga chidamli va nam sharoitda qotadigan betonda, masalan gidrotexnik inshootlarning ichki, yer osti, suvosti qismlarini qurishda, dengiz va chuchuk suvda (tulqin qaytargich, qirg’oq, dok, to’g’on, shlyuzlar va boshqalar), kanalizatsiya va vodoprovod inshootlarida, tunnel va boshqa yerosti qurilish inshootlarida, shaxta yo’laklarida putsolan portlandsementni qo’llash samaralidir.
    Bunday sementni yerusti temir-beton inshootlarida qo’llash noqulayliklar keltirib chiqadi, ya’ni tez qurishi sementning qotishini to’xtatib qo’yadi va kuchli kirishishni keltiradi. Bu sementni o’zgaruvchan, ya’ni nam tortishi va qurishi, muzlashi va еrishi mumkin bo’lgan keskin sharoitda qo’llash tavsiya еtilmaydi. Tayyorlovchi zavod mahsulotni olingan vaqtdan boshlab sementni standart talablariga mosligi va ortilganidan keyin bir oydan ortiq bo’lmagan muddatga kafolat beradi. Mahsulot pasportida sement turi, markasi va tayyorlovchi zavod nomidan tashqari, sement hamirining normal quyuqligi va 2+3+6+4 s rejimda bug’latilganda sementning o’rtacha aktivligi 85+5 C0 haroratda izotermik qizitish va tayyorlanganidan bir kecha-kunduz keyin sinalganligi ko’rsatiladi. UzRST talablariga javob beradigan sementlarni mustahkamlik xossalari yuqori turg’unlikka еga bo’lishi, aktivlikni variatsiya koеffitsiyentini miqdori sement markasiga qarab 3-5% dan oshmasligi kerak. Bu sementlarda “Yolg’on
    tishlashish”ga yo’l qo’yilmaydi, ortilayotgan vaqtda sement darajasi 95oSdan oshmasligi kerak. SPTS va KSPTS larda ishqorlar miqdori 1% dan bo’lishi kerak.
    S
    Download 212,72 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




    Download 212,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sulfatga chidamli shlakoportlandsement

    Download 212,72 Kb.