Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




Download 212,72 Kb.
bet11/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

Ohak. Silikat beton ishlab chiqish uchun, oxirgi yillarda qurilishda keng ko’lamda ishlatiladigan bog’lovchi sifatida havoiy ohakdan foydalanilmoqda.
Havoiy ohak - oddiy bog’lovchi, karbonat jinslarni (ohaktosh, mel, rakushechnik-chig’anoq, kimyoviy ishlab chiqarish chiqindilari va boshqalar), o’rtacha kuydirish usuli bilan olinadi hamda uning tarkibida loytuproqli aralashmalar 8% dan ortiq bo’lmasligi talab еtiladi. Qurilishda so’ndirilmagan – bu suvsiz kaltsiy okisidi CaO bo’lib uning asosiy qismini tashkil еtadi, va so’ndirilgan, ya’ni so’ndirilmagan ohakni suv bilan birlashishi natijasida olingan va asosan kaltsiy oksidi gidrati Ca(OH)2 dan tashkil topgan ohaklar qo’llaniladi.
Xavoyi ohakka mineral qo’shimchalar yanchilgan tog’ jinslari yoki ishlab chiqarish chiqindilari (domna va yoqilg’i shlaklari, kul, vulqon tuflari, opoklar,
pemzalar, kvarts qumi, gips toshi) qo’shish mumkin. Sifati bo’yicha tarkibidagi aktiv CaO va MgO larni miqdoriga qarab ohak 3 navga (qo’shimchasiz, ohakda ularning miqdori tegishli ravishda 90, 80, 70% ga teng kelishi kerak, qo’shimchali I va II naviga ohaklarda tegishli ravishda 64, 52% bo’linadi). So’nish tezligiga qarab tez so’nadigan ohak (so’nish tezligi 20 min. gacha) va sekin so’nadigan ohakka (so’nish tezligi 20 min dan qo’proq) ajratiladi.
Havoda qotadigan ohakli qorishma va betonlarning mustahkamligi katta еmas, 28 kunda 0, 5-3 MPa ni tashkil еtadi. Material mustahkamligi avtoklav ishlov berishda (1750C harorat va 0, 8 MPa bosimda) sezilarli darajada oshirilishi mumkin, ohakning to’ldiruvchi kremnezemi bilan o’zaro ta’siri natijasida mustahkam gidrosilikatlar hosil bo’ladi. Bu usul avtoklav silikat betonni olish uchun qo’l keladi, mustahkamligi 20-50 MPa ni tashkil еtadi (hatto bundan ham yuqori bo’lishi mumkin), shuningdek serg’ovak betonni ishlab chiqishda qo’llash mumkin. Avtoklav silikat materiallarini olish uchun tarkibida magniy oksidi 5% dan ko’p bo’lmagan tez so’nadigan ohakdan foydalaniladi.

Download 212,72 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

Download 212,72 Kb.