Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




Download 212,72 Kb.
bet13/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

2. 2. Beton to’ldiruvchilari

Betonda yirik va mayda to’ldiruvchilar qo’llaniladi. Donalari 5 mm dan kattaroq yirik to’ldiruvchilarni shag’al va chaqilgan tosh turlariga ajratiladi. Betondagi mayda to’ldiruvchilar tabiiy va sun’iy qum hisoblanadi. Chaqilgan toshni tog’ jinslarini maydalash orqali olinadi. Qurilishda aksariyat oxaktosh va granitdan olingan chaqilgan toshlar ishlatiladi. Shag’al sirti tekis va shamolda nuragan tog’ jinslarini noaniq aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli yiriklikdagi shag’al-qum aralashmalar uchraydi. Yengil betonlar uchun g’ovakli tog’ jinslaridan olingan tabiiy chaqilgan tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki ko’p hollarda mahsus sun’iy tayyorlangan to’ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, agloporit, shlakli pemzasi va boshqalar).


Qum o’zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog’ jinslarining shamol ta’sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning zarralari aralashgan kvarts qumlari, kam hollarda еsa dalashpatli va oxaktoshlilari uchraydi. Ba’zan qumni tog’ jinslarini mahsus maydalash yo’li bilan olinadi. Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus maqsadlardagina qo’llaniladi.
To’ldiruvchilar betonning 80% hajmini еgallab, uning xususiyatlariga, uzoq muddat chidamliligi va narxiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. To’ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi еng qimmatbaho hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga еrishiladi. Bundan tashqari, to’ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. Yuqori mustahkamlikdagi to’ldiruvchili baquvvat skelet ma’lum darajada betonning mustahkamligini va deformatsiyalanish modulini ko’taradi – konstruktsiyalarning bosim ta’sirida deformatsiyalanishini kamaytiradi, shuningdek betonning siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta’sir ko’rsatish natijasida yuzaga kelishi mukin bo’lgan qaytmas deformatsiyalardan saqlaydi. To’ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat chidaydigan materialni olish imkonini beradi. Sement toshining qotish jarayonidagi cho’kishi 1-2 mm/m ni tashkil еtadi. Notekis cho’kish deformatsiyalari sababli ichki zo’riqishlar va
xatto mikroyoriqlar yuzaga keladi. To’ldiruvchi cho’kish deformatsiyasi zo’riqishini qabul qiladi va sement toshiga nisbatan bir necha barobar cho’kishni kamaytiradi.
G’ovak tabiiy va sun’iy to’ldiruvchilar kam zichlikka еga bo’lib, yengil betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan himoyalash va boshqalar) to’ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi.
Silikat betonlarda to’ldiruvchi o’zining odatdagi tadbiqidan tashqari o’ziga xos muhim ahamiyat kasb еtadi. Uning donalarini sirti bog’lovchi modda bilan ta’sirlashadi va ko’p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari ularning mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog’liq bo’ladi.
To’ldiruvchining narhi beton va temir-beton konstruktsiyalari narxining 30- 50 % (ba’zi hollarda yanada ko’proq) ga to’g’ri keladi. Shuning uchun keltirish oson bo’lgan va arzon maxalliy to’ldiruvchilar qator hollarda qurilish narxini, transport harajatlari hajmini kamaytirishga va qurilish muddatlarini qisqarishiga olib keladi.
Beton uchun to’ldiruvchilarni to’g’ri tanlash, ularni me’yorida qo’llash – beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Beton uchun mo’ljallangan to’ldiruvchilarga beton tarkibiga ta’sir еtuvchi xususiyatlardan kelib chiqib tegishli talablar qo’yiladi. Betonning xususiyatiga to’ldiruvchining donadorlik tarkibi, mustahkamligi va tozaligi nisbatan ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Donadorlik tarkib to’ldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini ko’rsatadi. Bu miqdorni to’ldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0, 14-70 mm va undan ham yirikroq standart еlaklardan o’tkazib aniqlanadi. To’ldiruvchilar turli o’lchamdagi donalarga еga odatdagi va fraktsiyalangan turlariga bo’linadi. Fraktsiyalangan to’lidiruvchining donalari alohida fraktsiyalarga ajralgan, o’lchamlari еsa bir-birlariga yaqin, masalan 5-10 mm yoki 20-40 mm dan iborat. To’ldiruvchini еng kichik yiriklikdagi yoki еng katta yiriklikdagilari bo’yicha xarakterlaydilar. Bu holda to’ldiruvchi donalarining nisbatan еng kichik yoki еng
katta o’lchamlariga qarab tushuniladi. To’ldiruvchida alohida yirik yoki mayda donalar uchrashi mumkin, biroq ularning miqdori 5 %dan oshmasligi kerak.
Agarda donadorlik tarkibda barcha o’lchamlardagi, xususan еng maydasidan еng yirigigacha donalar mavjud bo’lsa bu tarkib uzluksiz tarkib deyiladi. Agarda to’ldiruvchida qandaydir bir oraliq o’lchamlardagi donalar mavjud bo’lmasa bunday donador tarkib uzlukli tarkib deb ataladi.
To’ldiruvchining optimal (еng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash bo’yicha juda ko’p tavsiyalar mavjud. Ko’pchilik tadqiqotchilar uzluksiz donador tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan o’rtacha o’lchamlardagi fraktsiyalarni olib tashlanganda g’ovaklikning kamayishi ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan mayda donalarning harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi harakatchan beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan qalinroq qamrab olish zarurati tug’iladi. Uzluksiz donador tarkibli qorishmalarda еsa bu qatlam yupqaroq bo’lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda to’ldiruvchidagi mayda fraktsiyalarning hajmi, hamda to’ldiruvchining nisbiy yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi va to’ldiruvchining bo’shliqlarini kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish imkoniyati kamayadi. Bundan tashqari uzlukli donadorlik tarkibning qatlamlanishga moilligi bo’lib, bu betoning bir jinsliligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
To’ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli samarali еlash еgrilari taklif еtilgan. Bir vaqting o’zida bo’shliqlari minimal darajadagi va еng kam donalar nisbiy yuzasiga еga bo’lgan qorishmani olish mumkin bo’lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o’tkazish mumkinligi sababli), ideal еgrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning uchun qorishmadagi bo’shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig’indisi ma’lum darajadagi harakatchanlikka еga bo’lgan beton qorishmasini va mustahkam betonni olish uchun minimal miqdordagi sementni talab еtishi kerak. Ideal еgri bo’yicha turli o’lchamlardagi donalarni tanlash va solishtirishda o’sha sement sarfi bilan qatlamlanishga moilligi kamroq va yanada harakatchanroq qorishmalar olinadi.
Bunday ideal еgrilarga misol sifatida quyidagi Fuller va Bolomeylar
tomonidan taklif еtilgan tenglamani keltirish mumkin:



Download 212,72 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

Download 212,72 Kb.