|
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism
|
bet | 9/38 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 212,72 Kb. | | #112309 |
Bog'liq Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.orgement va bog’lovchilarning maxsus turlari. Vaqt o’tishi bilan sement nomenklaturasi ortib bormoqda. Mahsus sementlar betonga alohida xususiyat ya’ni, qurilishda keng qo’llash imkonini beradi.
Oq portlandsement ifloslanishidan saqlash uchun mahsus tayyorlangan texnologiya bilan tarkibida kam temir bo’lgan oqartirilgan klinkerni maydalab, gipsning zarur miqdori va oz miqdordagi diatomit qo’shimchasi bilan tuyib olinadi. Oq sement 300, 400, 500 marka bilan ishlab chiqariladi va oddiy sementga qo’yiladigan talablarni qoniqtirishi kerak. Oqlik darajasiga qarab oq sement uch navga bo’linadi: oliy nav, Bts-I va Bts-II. Sementning oqligi, sement oqligini 100% deb qabul qilingan bariyning sulfat oqligiga nisbati yorqinlik koеffitsiyenti bilan xarakterlanadi. Naviga qarab yorqinlik 80, 76 va 72% kam bo’lmasligi kerak.
Rangli portlandsementni oq sement, gips va pegmentni birgalikda tuyib olinadi. Sement massasiga nisbatan sintetik mineral yoki tabiiy pigmentning miqdori 15% dan, organik pegmentning miqdori еsa 0, 3% dan oshmasligi kerak. Rangli portlandsementni mahsus tayyorlangan rangli klinkerdan olish mumkin.
Oq va rangli sementlar rangli beton olish, arxitektura detallari va yuzalarni qoplash plitalarini olish, pardoz ishlari uchun mo’ljallangan.
Zo’riquvchi sement, V. V. Mixaylov taklifiga binoan, portlandsement klinkerini va zo’riqqan komponentni glinozem shlaki yoki boshqa tarkibida alyumin bo’lgan modda, gips va oxakni birgalikda tuyib olinadi. O’rtacha kompnentlararo nisbat 65:20:10:5. Pastsul’fat shakldagi kaltsiy gidrosulfoalyuminatini yuqori sulfat shaklga kristallashishi oqibatida sement toshi nisbatan katta mustahkamlikka etgandan keyin (15-20 MPa) zo’riquvchi sement o’z hajmini sezilarli kengaytirish xususiyatiga еga bo’ladi (4%gacha). Bunday sement o’zini zo’riqtiruvchi temir-beton tayyorlashda qo’llash imkonini beradi, qaysiki, armatura betonning kengayishi oqibatida oldindan zo’riqadi. Bu
zo’riquvchi sement boshqa kengayadigan sementlardan farq qiladi, ular qotishni boshlanish davrida o’z hajmini kengaytiradi.
Zo’riquvchi sement va ular asosidagi betonlar yuqori mustahkamlikka еgadirlar (28 kunda 50-70 MPa), suv va gaz o’tkazmaydi. Zo’riquvchi sementni o’zini zo’ritirquvchi temir-beton trubalar, yo’l va aеrodromlarni qoplashda, tonnel va katta diametrli vodoprovodlarda va shunga o’xshash konstruksiyalar tayyorlashda qo’llash samaralidir. Bu konstruksiyalarni tayyorlashda zo’riquvchi sementning juda tez tishlashini (tishlashning boshlanishi 2 minut, tugashi 6 minut), shuningdek beton zaruriy mustahkamlikka еrishgandan keyin sementning kengayishini ta’minlovchi qotishning mahsus tartibi qo’llanishini hisobga olish zarur.
|
| |