• Tez qotadigan sement
  • Shlakli portlandsement
  • Plastiklashtirilgan portlandtsement
  • Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism




    Download 212,72 Kb.
    bet6/38
    Sana06.12.2023
    Hajmi212,72 Kb.
    #112309
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

    Portlandsement (PTS) deb, tarkibida gipsdan tashqari mineral qo’shimchalar bo’lmagan sementga aytiladi. Toza klinkerli portlandtsement qo’shimchasiz holda yuqori mustahkamlikdagi betonlarda, yigma temir- beton ishlab chiqarishda, ayniqsa oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda, maxsus sharoitlar – shimoliy tumanlarda, quruq va issiq iqlimlarda qo’llaniladi.
    Sementlarga qo’yiladigan talablar

    2. 1-jadval



    Sement turlari




    Marka

    Qo’shimchalarning miqdori, %

    granullangan shlak


    aktiv mineral


    trepel, opoklar,


    diatomit

    boshqalar


    Umumiy qurilishga mo’ljallangan sementlar:




    Portlansement


    400, 500


    550, 600

    yo’l qo’yilmaydi


    mineral qo’shimchali portlansement


    400, 500


    550, 600

    20

    10

    15

    tez qotuvchan portlandsement

    400, 500


    20

    10

    15

    shlakli portlandsement

    300, 400


    500

    21-60





    Tez qotuvchan shlakli portlandtsement


    400

    21-60





    Sulfatga chidamli sementlar:






    sul’fatga chidamli portlandsement


    400

    yo’l qo’yilmaydi

    qo’shimchali sul’fatga chidamli portlandtsement


    400, 500


    10-20

    5-10

    yo’l qo’yilmay-


    di

    sul’fatga chidamli shlakli portlandsement


    300, 400


    21-60

    yo’l qo’yilmaydi

    yo’l qo’yilmay-


    di

    Putstsolanli sement




    300, 400


    Yo’l qo’yilmaydi




    20-30

    25-40

    Umumiy ishlab chiqariladigan sementning 60% ni keng ko’lamda qo’llaniladigan sement, ya’ni qo’shimchali portlandsement bilan tashkil еtadi. Ular ko’pgina monolit va yig’ma temir- beton konstruksiyalarda qo’llanilishi mumkin.


    Tez qotadigan sement – portlandsementning qo’shimchali turi. 400, 500 markali bu sementning 3 kundan siqilishga mustahkamligi 25 MPa dan kam еmas. Tez qotishni ta’minlash uchun klinker tarkibida C3S >50%, C3S+C3A>60% bo’lib sement еsa mayin tuyilgan bo’lishi kerak. Solishtirma yuzasi 3500 sm2/g dan kam bo’lmasligi kerak.
    Shlakli portlandsement – porlandsement klinkeri va granullangan domna shlaki bilan birgalikda yanchish natijasida olinadi. O’z xususiyati bilan shlakliportlantsement oddiy sementdan oz farq qiladi, haqiqiy zichligi ozgina past (2, 9-3), shunga qarab ham kamroq.
    Shlakli portlandsement portlandsementdan (klinkerni tarkibi bir xil) ancha sekinroq tishlashishi(boshlanishi 4-6 soatdan, tugashi10-12 soatdan keyin) va birinchi 7-10 kunda sekin qotishi bilan farqlanadi. Bu sement klinkeri tarkibida C3A 8% dan kam bo’lganda, minerallashgan suvlar (sulfatli, dengiz suvi) ta’siriga anchagina chidamli beton olinadi. Issiqlik va namlik bilan ishlov berilganda oddiy portlandsementga nisbatan shlakoportlandsementning qotishi ancha tezlashadi, bu еsa yig’ma temir beton ishlab chiqarishda uning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
    Hamma sementlar iste’molchining talabiga binoan qorishmaning plastikligini oshiruvchi yoki gidrofoblovchi namlikni tez yuqtirmaydigan qo’shilmalar bilan ishlab chiqarilishi mumkin.
    Plastiklashtirilgan portlandtsement portlandsementi klinkerini plastiklovchi qo’shimcha bilan birga mayin qilib yanchib olinadi. Bunday qo’shimcha bo’lib, sulfit-spirtli bardaning modifikatsiyalashgan kontsentrati (gidroliz spirt sanoatining chiqindisi) sement masasiga nisbatan 0, 1-0, 25% miqdordagi quruq modda hisoblanadi. Sulfit - spirtli barda-sirt aktiv modda bo’lib, sementning suv bilan qo’shilishiga qarshilik ko’rsatadi va sement zarrachalari atrofida moylovchi qoplama hosil qiladi.
    Plastiklashtirilgan sementdan foydalanilganda qorishma va betonning plastikligi oshadi, bu еsa beton qorshimasini joylashni osonlashtiradi va tezlashtiradi, betonda sementni 5-10% ga iqtisod qilish imkonini beradi yoki suv sement nisbatini kamaytiradi va betoning sovuqqa chidamliligini oshiradi. Plastiklashtirilgan sement portlandsement kabi markalarga еga.

    Download 212,72 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 212,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi qism

    Download 212,72 Kb.