Betonning klassifikatsiyasi




Download 212,72 Kb.
bet3/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

2. Betonning klassifikatsiyasi

Hozirgi zamonda qurilishda betonning turli xillaridan foydalanilmoqda. Beton turlarini qo’llangan materiallar xususiyatlari va belgilangan maqsadiga qarab klassifikatsiyalash bo’yicha tartibga solish mumkin. Betonning ko’p xususiyatlari uning zichligiga bog’liqdir, ya’ni beton zichligi sement toshining zichligiga, to’ldiruvchilarning turi va beton tuzilishiga bog’liq.


Beton zichligi bo’yicha o’ta og’ir (2500 kg/m3 va undan ortiq); og’ir (1800- 2000 kg/m3); yengil (500-1800 kg/m3); o’ta yengil (500 kg/m3 dan kam) turlariga bo’linadi. O’ta og’ir betonlar og’ir to’ldiruvchilardan – po’lat qipig’i va qirindisidan (po’lat beton), temir rudadan (limonit va magnetit betonlar) yoki baritdan (barit beton) tayyorlanadi.
Qurilishda asosan zichligi 2100-2500 kg/m3 bo’lgan tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchili (granit, ohaktosh, diabaz va b. ) oddiy og’ir betonlar qo’llaniladi. 1800-2000 kg/m3 zichlikdagi betonlar 1600-1900 kg/m3 zichlikka еga bo’lgan tog’ jinslari - shag’allardan tayyorlanadi.
Yengil beton g’ovak to’ldiruvchilardan (keramzit, agloporit, ko’pchitilgan shlak, pemza, tuf) olinadi. Yengil betonlarning qo’llanilishi qurilish konstruktsiyalari og’irligini kamaytiradi, qurilishni arzonlashtiradi, shuning uchun ularni ishlab chiqarish tezkorlik bilan o’smoqda.
O’ta yengil betonlarga g’ovakli betonlar kiradi, ularni bog’lovchi, mayda yanchilgan qo’shimchalar va suv qo’shilgan qorishmani maxsus usulda ko’pchitib olinadi (gazbeton, ko’piksimon beton) va yirik g’ovakli beton yengil to’ldiruvchi asosida tayyorlanadi. G’ovakli betonda to’ldiruvchi o’rnida sun’iy tayyorlangan g’ovakdagi havo hisoblaniladi.
Bog’lovchi modda betonni xususiyatini aniqlaydigan asosiy tashkil еtuvchi bo’lib, uning turlari bo’yicha betonlar farqlanadi, jumladan: sementli, silikatli, gipsli, ishqor shlakli, betonpolimerli, polimertsementli betonlar va maxsus betonlar.
S
Download 212,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 212,72 Kb.