|
19. Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sharoitlarda saqlanadi
|
Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 5,75 Kb. | | #150413 |
Bog'liq 19. Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sh
19. Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sharoitlarda saqlanadi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATSIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”
fanidan
AMALIYoT
TOPShIRIQ №1
Bajardi:Nurmurodov Sardor
AX_711-19guruh
Qabul qildi: Rahmonova Gulnora
Toshkent 2022
Javoblar
19.Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sharoitlarda saqlanadi?
Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi,
oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot
darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini
qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan
namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday
buyum yoki oʻlchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi,
ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E.,
ishchi E., E.nusxalarga boʻlinadi.
Birlamchi E. mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa E.ga
nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi E.
qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus E.
alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu
sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat E.lari
mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy
tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh
davlat E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki
yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan
ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir-
biriga solishtirish mumkin boʻlmagan E.ni solishtirish uchun
moʻljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning oʻlchamlarini
yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng
aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan.
E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun
moʻljallangan ikkilamchiE.dan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va
kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E.
hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston
Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham
va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab
chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna,
oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop
tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va
ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi
shugʻullanadi
81.Shtrixli kodlash deganda nimalarni tushunasiz ?
O'zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar
raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi,
milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot
almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi
EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN)assotsiatsiyasi
va "O'zstandart" Agentligi “Shtrixli kodlash markazi”
DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi
GS 1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel)
Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli
identifikatsion kod berilgan
GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga
olish raqami berilgani to'g'risida guvohnoma va EAN tizimiga
ko'ra tovar kod tuzilmasini beradi
"O'zstandart" agentligi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK tomonidan o'rnatilgan tartibga
muvofiq shtrixli kod original-maketi tayyorlanadi va beriladi
Original-maketning yuqori qismida albatta Davlat reestridagi ro'yxatga olish raqami ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bu raqamsiz
shtrixli kod haqiqiy deb hisoblanmaydi va foydalanishga yo'l
qo'yilmaydi
Shtrixli kodlash sohasida:
turli tashuvchilar va firmaga oid o'zi yopishadigan etiketka va yorliklarda shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash;
original-maket va upakovkalarda shtrixli kodlar verifikatsiyasi;
etiketka, upakovka va tovarda shtrixli kodlar bosilishining sifatini tekshirish; • O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan mahsulotning shtrixli kodlarini Davlat reestriga kiritish;
avtomatik tarzda identifikatsiyalash va shtrixli kodlash sohasidagi masalalar bo‘yicha seminar, yig'ilishlar o'tkazish;
shtrixli kodlash texnologiyalarini qo'llagan holda avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish va joriy qilish.
Firmaning o’zi yopishadigan etiketka va yorliqlar va turli
tashuvchilarda shtrix kodlarning original-maketlarini
tayyorlashga talabnoma Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali va “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK sayti orqali interaktiv shaklda berilishi mumkin.
http://hozir.org
|
| |