IV-Bob. Beton strukturasining hosil qilinishi




Download 212,72 Kb.
bet26/38
Sana06.12.2023
Hajmi212,72 Kb.
#112309
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
Beton texnologiyasi o’quv qo’llanma Birinchi-fayllar.org

IV-Bob. Beton strukturasining hosil qilinishi



4. 1. Beton strukturasining shakllanishi
Beton strukturasi beton qorishmasining qotishi natijasida shakllanadi. Uning qoliplashiga sementning tishlashishi va qotishi hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Sement suv bilan aralashtirilgandan so’ng boshlang’ich davrda uch kaltsiyli silikat gidrolizi jarayonida kaltsiy gidroksidi ajralib, to’ydirilgan qorishma hosil qiladi. Bu qorishmada sulfat, gidrooksid va ishqor ionlari, shuningdek oz miqdordagi kremnezem, glinozem va temir moddalari mavjud bo’ladi. Kaltsiy va sulfat ionlarining yuqori kontsentratsiyasi qorishtirishdan keyin qisqa vaqtda kuzatiladi, chunki bir necha daqiqa mobaynida yangi paydo bo’ladigan moddalar – kaltsiy gidrookisi va еttringit cho’ka boshlaydi.
Taxminan bir soatdan keyin gidratatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanadi, unda juda mayda kaltsiy gidrosilikatlarning qoliplashi kuzatiladi. Reaktsiyada faqat sement zarralarining ustki qatlamlarining ishtirok еtishi natijasida qaytadan yuzaga keluvchi gidrat fazalar juda nozik granulometriya bilan harakterlanadi, sement zarralari o’lchami kam o’zgaradi. Yangi paydo bo’lgan moddalar miqdori va zichligining ortishi bilan uning chegaraviy qatlami taxminan 2-6 soat ichida kam suv o’tkazuvchan bo’ladi. Susaygan gidratatsiyaning ikkinchi bosqichini sement gidratatsiyasining «yashirin davri» deb ataladi.
Gidratatsiya jarayonining uchinchi bosqichi kaltsiy gidrookisining qorishmadan kristallashuvning boshlanishi bilan harakterlanadi.
Bu jarayon juda jadal kechadi. Kaltsiy gidrosilikati va еttiringit g’ovaklar orqali o’tuvchi va mayda bo’laklarga ajratuvchi uzun tolalar shaklida o’sib chiqishi mumkin, shu tarzda sement toshining “asosiy” strukturasi shakllanadi.
Gidratatsiya jarayonining to’rtinchi va beshinchi bosqichlari sementning to’liq gidratatsiyalanishuviga qadar sekin davom еtadigan reaktsiyalar bilan harakterlanadi. Bu bosqichlarda paydo bo’lgan g’ovaklarning gidratatsiya mahsulotlari bilan to’ldirilishi natijasida sement toshining g’ovakliligi o’zgaradi. Qotgan sementli tosh strukturasi zichlanadi va oldin paydo bo’lgan еttringit monosulfatga aylanishi mumkin.
Beton xususiyatining o’zgarishi asosan sement gidratatsiyasi bilan belgilanadi, shuning uchun so’ngisi bu qonuniyatlarga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Gidaratatsiya jarayoni yetakchi hisoblanadi va uning kechish yo’nalishi beton strukturasi va xususiyatining o’zgarishini belgilaydi. Boshqa omillar (masalan, beton tarkibi, to’ldiruvchi xususiyati va boshqalar) beton strukturasi va xususiyatiga ta’sir ko’rsatsa-da, ikkilamchi hisoblanadi va muayyan ma’noda ularning sement gidratatsiyasi va sementli toshning strukturasini qoliplashiga ta’siri bilan belgilanadi. Beton xususiyatlari o’zgarishining vaqt ichida asta-sekin susayishi va ularning barqarorlashuvi sement gidratatsiyasi jarayonining borgan sari susayishi bilan ifodalanadi.


Download 212,72 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Download 212,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV-Bob. Beton strukturasining hosil qilinishi

Download 212,72 Kb.