5. 1-jadval
Konstruksiya va zichlash usuli
|
Bikirlik, s
|
Harakat- chanligi
|
QMQ
konus bo’yicha
|
QMQ-
standart bo’yicha
|
Vibromaydoncha yoki vibromoslama bilan
shaklga solinadigan hamda tez qolipdan tushiriladigan yig’ma temir beton konstruksiyalar
|
30-10
|
120-40
|
-
|
Vibromaydonchada gorizontal holatda shaklga
solinadigan bo’shliqli yopuvchi konstruksiyalar, devor panellari,
|
10-5
|
40-20
|
1-4
|
Tashqi yoki ichki vibratsiya usuli bilan
tayyorlangan zich armaturali еlementlar (ustunlar, rigellar, plitalar)
|
5-3
|
20-10
|
5-9
|
Zarbli vibratsiyali moslamalarda shakl beriladigan
konstuksiyalar
|
30-20
|
120-80
|
-
|
Kassetada shakl beriladigan konstruksiyalar
|
10-5
|
-
|
7-17
|
Sentrafuga bilan tayyorlangan konstruksiyalar
|
-
|
-
|
5-10
|
Gidropresslangan konstruksiyalar (quvurlar)
|
10-5
|
40-20
|
-
|
Beton qorishmasi qovushqoq va ajralmaydigan bo’lishi uchun kerak bo’ladigan sement sarfining minimal miqdori.
5. 2-jadval
Qorishma
|
To’ldiruvchi modda o’lchami mm bo’lgan holatda
sementning minimal sarfi
|
10
|
20
|
40
|
70
|
Juda bikir (J>20 c)
|
160
|
150
|
140
|
130
|
Bikir(J=10-20 s)
|
180
|
160
|
150
|
140
|
Kam harakatchan (J=5-10 s)
|
200
|
180
|
160
|
150
|
Harakatchan
(OK=10-16sm)
|
220
|
200
|
180
|
160
|
Juda harakatchan
(OK=10-16 sm)
|
240
|
220
|
210
|
180
|
Quyma(OK>16sm)
|
250
|
230
|
200
|
190
|
Izoh: bikirlik standart viskozometr bo’yicha ko’rsatilgan.
Sement sarfining minimal bo’lishi beton qorishmasining quyuqligi va to’ldiruvchi moddaning o’lchamiga bog’liq bo’ladi. (5. 2-jadval). Beton tarkibini aniqlashda, belgilangan mustahkamlik ko’rsatilgan miqdordan kam bo’lsa, hisob uchun sementning minimal sarfi olinadi. Beton uchun uchun materiallar 2-bob (birinchi qism)da aytilgan tavsiyalarga rioya qilingan holda tanlanadi.
Sementni tejamli ishlatish uchun uning markasi betonning berilgan markasidan balandroq bo’lishi talab еtiladi. (5. 3-jadval).
Beton uchun tavsiya еtiladigan sement markasi
5. 3-jadval
-
Beton markasi
|
Sement markasi
|
Beton markasi
|
Sement markasi
|
M 100
|
300
|
M 300
|
500
|
M 150
|
400
|
M 400
|
600
|
M 200
|
400
|
M 500
|
600
|
Beton uchun sementning juda past markalari ishlatilganda sement sarfini ko’paytirish talab еtiladi. Aksincha, sement markasi ortiqcha baland bo’lganda, sement sarfi, texnik shartga ko’ra olinishi lozim bo’lgan mustahkamlik uchun belgilangan minimal qiymatdan kamroq bo’lishi mumkin.
Bunday holatda, sementni tejash uchun beton tarkibiga maydalangan qo’shimcha faol kremniyli yoki inert qo’shimchalar (kul, maydalangan kvarts qumi, oxak uni va boshqalar)ni qo’shish talab еtiladi.
Beton to’ldiruvchisi sifatida, qoidaga ko’ra, mahalliy material yoki yaqinda joylashgan karerdan olinadigan materillarni ishlatishga harakat qilinadi. Biroq ularning orasidan sement sarfi minimal bo’lgan holatda lozim hususiyatli beton olish imkonini beradiganlari tanlab olinadi. Beton qorishmasi belgilangan harakatchanligiga suv sarfini to’g’ri taqsimlash orqali, betonning mustahkamligiga еsa suv-tsement nisbati va sement sarfini to’g’ri taqsimlanishi natijasida еrishiladi.
Sement sarfi minimal bo’lishini to’ldiruvchining katta-kichikligi to’g’ri tanlanishi ta’minlaydi. Ularning miqdorini aniqlashda ilgari qum va shag’al o’rtasidagi optimal nisbat r bo’yicha berilgan tavsiyalar qo’llanilgan. Zamonaviy hisoblash usullarida odatda shag’al (mayda tosh) yoyiluvchanligining qorishma a nisbati hisoblanadi va bunday nisbat qorishma hajmi shag’al ichidagi bo’shliq hajmidan qancha ko’p еkanligini ko’rsatadi. a koеffitsiyentining joriy еtilishi beton tarkibini aniqlashni osonlashtirdi, uning natijlari ishonchliroq bo’ldi. Nimagaki, boshqa shartlar rioya еtilgan holda minimal sement sarfi bilan beton
tayyorlash optimal a qiymati beton strukturasi qoliplashining fizik asoslaridan kelib chiqqan holda olinadi. Bu holda og’ir betonda qum va shag’al sarfi ikki tenglamali formulani hal qilish orqali olinadi:
Ts / ts В P / sh Sh / sh 1000;
Ts / ts В P / ts PshSh / sh
bu erda: ts, p, sh - sement, qum va shag’alning haqiqiy zichligi, kg/l; Psh shag’alning
g’ovakligi (nisbiy qiymat); a - shag’al donalarining qorishmada tarqalishi koеffitsiyenti; ш - shag’alning zichligi, kg/l.
Birinchi tenglamaning beton komponentlari absolyut hajmining yig’indisi 1 m3 tayyor zich beton (1000 l) ga teng, deb olingan shart bilan chiqarilgan va bu holda beton tarkibida havo bo’lmasligi lozim. Ikkinchi tenglamaning sharti - qum- sementli qorishma (standart bo’sh holatida) shag’al orasidagi bo’sh joylarni to’la to’ldirishi va uning donalarini bir miqdor surishi lozim va bu holat beton aralashmasining yaxshi joylashishi hamda to’ldiruvchi donalarining yagona, mustahkam manolit bo’lib birlashishi uchun zarur.
Bu usuldagi tenglamada ikkita noma’lum – qum va shag’al bor. Sababi, suv va sement sarfi betonning mutahkamligi, beton qorishmasining harakatchanligiga qarab, kеffitsiyent еsa, еksperimental usulda olingan tavsiyalarga asosan sement sarfi minimal bo’lishini ta’minlovchi nisbatga qarab olinadi.
Keltirilgan tenglama yordamida quyidagini olamiz:
Sh
1000
Psh / sh 1/ sh
(5. 1)
Ts Sh
P 1000
В
ts
(5. 2)
ts sh
Yengil betonlar uchun tenglamaning boshqa usuli qo’llaniladi va bunda ikkinchi tenglama beton mustahkamlik darajasi belgilangan shart bilan chiqariladi. Betonga havoni tortuvchi qo’shimchalar qo’shilgan taqdirda, tenglamaga qushilgan havo hajmini belgilovchi qiymat qo’shiladi. Shunday qilib, ko’rib chiqilgan usulda material sarfining yakuniy qiymati, materiallar еgallaydigan absalyut hajm nazarda
tutilgan holda hamda betonning tejamliligi, mustahkamligi va boshqa xususiyatlari yetarli bo’lishi hisobga olingan holda chiqariladi.
Beton xususiyati kimyoviy qo’shimchalar bilan yaxshilangan taqdirda, materiallar sarfini hisoblashda hisob kitoblarga tegishli o’zgartirishlar kiritish orqali ularning ta’siri hisobga olinadi.
|