Beton tarkibini tajribada tekshirish uchun namuna sifatida beton qorishmasi tayyorlanadi va uning harakatchanligi aniqlanadi. Ishlatiladigan beton va mahalliy to’ldiruvchilarning o’ziga hosligi bois konusning cho’kishi yoki beton qorishmasining bikirligi belgilangandan farq qilishi mumkin. Misol uchun 5. 1- misolda konusning cho’kishi 0 ga teng bo’ldi deb olaylik. Ya’ni beton qorishmasi yetarli darajada harakatchan bo’lmadi. Harakatchanlikni oshirish uchun suv sarfi tahminan 5–10 foizga oshiriladi. Bir vaqtning o’zida, suv sement nisbati o’zgarmasligi uchun, 5-10 foiz sement qo’shiladi. Beton qorishmasi yana bir marta aralashtiriladi, konusning cho’kishi o’lchanadi va bunday o’rganish kerakli qiymatlar olingunga qadar davom еttiriladi.
Agar birinchi tekshirishda beton qorishmasining harakatchanligi belgilangandan ko’ra ko’proq bo’lsa masalan, 4-5 sm o’rniga OK =8sm bir oz qum va shag’al qo’shiladi 5-10 foiz. Shundan so’ng beton tarkibini o’zgartiriladi, sababi beton qorishmasining oldingi hajmi oshgan bo’ladi. Buning uchun berilgan zichlash usuli va ishlab chiqarish sharoitida beton qorishmasining amaldagi
zichligi aniqlanadi. Sinash quyidagi usulda amalga oshiriladi: bo’sh qolip tortib ko’riladi, uning ichki o’lchami tekshiriladi, qorishma bilan to’ldiriladi, joylashtiriladi va yana tortib ko’riladi.
Joylashtirilgan beton qorishmasining zichligi, kg/l da quyidagi formula bilan hisoblanadi:
b. sm=/G2-G1/Vf,
bu yerda, G1 va G2- - bo’sh qolip va beton solingan qolipning og’irligi, kg Vf - qolipning ichki hajmi, l.
Beton qorishmasining olingan qiymatlari hisoblanganlari bilan mos kelishi kerak ruxsat еtilgan og’ish darajasi ±2%/. Shundan so’ng tekshirish uchun tayyorlangan beton qorishmasining amaldagi hajmi aniqlanadi:
VF= G/ ф
bu yerda G - namuna uchun tayyorgan qorishmaga ishlatilgan materiallar
massasining yig’indisi, kg. zichligi, kg/l.
ф - zichlashtirilgan beton qorishmasining amaldagi
Olingan beton qorishmasining hajmi va tekshirish uchun qorilgan betonga
sarflangan materiallar miqdorini bilgan holda 1m 3 betonga haqiqatda sarflanadigan materiallar miqdori aniqlanadi.
Tekshirish uchun tayyorlanadigan qorishmaning hajmi talab еtiladigan namunalar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Agar beton markasini aniqlash uchun uchtadan anmuna tayyorlansa, quyidagi minimal qorishma hajmi tayyorlanadi
Namuna qirrasining o’lchami, sm 10 15 20 30
Tekshiriladigan qorishma hajmi, l 6 12 25 85
5. 1-misol shartlari uchun namunalarning nazorat o’lchami 15x15x15 sm shag’alda 3 D prdan ko’proq bo’ladi va demak, qorishma hajmi 12 l ni tashkil еtadi. Bitta qorishmaga ishlatiladigan materiallar hajmi quyidagicha bo’ladi:
Sement 3, 96 kg /330x0, 012/
qum 7, 2 kg /600x0, 012/ Shag’al 15, 25kg /1770x0, 012/ suv 2, 14 l /178x0, 012/
Turli o’lchamli tosh ishlatilganda har bir o’lcham sarfini ular o’rtasidagi optimal nisbatdan kelib chiqqan holda belgilash kerak. Agar kerakli harakatchanlikka еrishish uchun sement va suv 10 foiz oshirilgan bo’lsa qorishmaga ishlatilgan materiallarning yakuniy sarfi quyidagicha bo’ladi:
Sement 4, 36 kg 3, 96+0, 4
qum 7, 2 kg
Shag’al 15, 25 kg
suv 2, 35 l 2, 14+0, 21
Ja’mi: 29, 16 kg
Agar beton qorishmasining haqiqiy jipsligi 2350 kg/m3 bo’lsa qorishmaning hajmi Vf =29, 16/2, 35=12, 4 l bo’ladi
1 m3 beton uchun materiallar sarfi quyidagiga teng bo’ladi: s=4, 36:0, 0124=350 kg. V=190 l; P=580 kg. Sh=1230 kg.
To’g’rilangan beton qorishmasidan namunalar tayyorlanadi va sinab ko’riladi. Har bir sinash muddatiga kamida uchta namuna tayyorlanadi. Namunalar yechiladigan cho’yan yoki po’lat qoliplarda shaklga solinadi. Ularning o’lchami aniq bo’lishiga еrishish kerak va qirralari bo’yicha og’ish ±1 foizdan oshmasiligi kerak. Qirralar burchagi 90±2° tashkil еtadi. Namunalarni joylash va zichlash usuli ishlab chiqarishda qabul qilingani bilan bir hil bo’lishi lozim. Beton qorishmasini qolipga joylash 30 minut davomida amalga oshirilishi kerak.
Beton qorishmasi vibratsiya usuli bilan zichlashtirilganda qolipga beton ko’proq solinadi va shundan so’ng u laboratoriya maydonchasida vibratsiya qilinadi tebranish chastotasi 50 Gts, vibratorni tebranish amplitudasi 0, 5 mm/. Laboratoriya vibromaydonchasini yuzali vibrator bilan almashtirish mumkin. Vibratsiya davomiyligi t bikirlik qiymatlariga mutanosib ravishda belgilanishi kerak, ya’ni t=1, 5+2J, biroq J +30 s dan kam bo’lmasligi lozim.
Namunalar ikki sutka davomida hona harorati 16-20°S bo’lgan sharoitda, qolipda saqlanadi. So’ng ular qolipdan chiqarilib, marka qo’yiladi va sinalgunga qadar namlik darajasi 100% bo’lgan maxsus kameralarda yoki bo’lmasa doim
namlab turiladigan qum, yog’och qipig’ida saqlanadi. Sinashdan oldin namunlar yaxshilab tekshiriladi, qirralari o’lchanadi /aniqligi 1 mm gacha bo’lishi kerak.
Mustahkamligi sinab ko’rilganda namunalar pastki tutib turuvchi plitaga yon qirrasi bilan qo’yiladi. Beton siqilgan vaqtda uning mustahkamlik chegarasi 0, 1 MPa gacha hisoblanadi bu qiymat sinovning o’rtacha arifmetik natijasi deb olinadi, biroq namunalar o’rtasidagi farq еng yaqin qiymatdan 20 foizdan ortiq bo’lmasligi kerak. Bu farq 20 foizdan ortganda hisoblash еng katta ikki natija bo’yicha amalga oshiriladi.
Agar betonning haqiqiy mustahkamligi, siqish vaqtida belgilanganidan ±15% farq qilsa beton tarkibini to’g’rilash lozim bo’ladi, ya’ni, mustahkamlikni oshirish uchun sement sarfi TS/S oshirilishi kerak, mustahkamlikni kamaytirish uchun еsa uning miqdori kamaytiriladi.
|