|
G‘alvirlash va klassifikatorlarning eletr jihozlari va elektr ta’minoti
|
bet | 1/2 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #137626 |
Bog'liq G
G‘alvirlash va klassifikatorlarning eletr jihozlari va elektr ta’minoti
G‘alvirlash - foydali qazilmaning yirikligiga qarab, bir yoki bir necha elak orqali elab, sinflarga ajratish jarayonidir. G‘alvirlashning quyidagi turlari qo‘llaniladi: yordamchi, tayyorlovchi, mustaqil, hamda boyitish mahsulotlaridan suvni ajratish maqsadida ishlatiladigan g‘alvirlash jarayoni.
1.Yordamchi g‘alvirlash maydalash va yanchish sxemalarida ishlatilib, dastlabki mahsulot tarkibidagi tayyor (maydalanishi kerak bo‘lmagan) mahsulotni ajratish yoki maydalangan mahsulot yirikligini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bunday g‘alvirlashning birinchi turi-dastlabki, ikkinchisi esa nazoratlovchi g‘alvirlash deyiladi.
2.Tayyorlovchi g‘alvirlash dastlabki mahsulotni alohida-alohida boyitish maqsadida sinflarga ajratish uchun ishlatiladi.
3.Mustaqil g‘alvirlash - g‘alvirlash mahsulotlari iste’molchiga yuboriladigan tayyor mahsulot hisoblansa mustaqil g‘alvirlash deyiladi, g‘alvirlashning bu turi ko‘pincha ko‘mirni g‘alvirlashda ishlatiladi.
4. Suvsizlantirish maqsadida ishlatiladigan g‘alvirlash boyitish mahsulotlaridan suvni birlamchi ajratishda keng ishlatilmoqda. Dastlabki mahsulotning yirikligi va elak ko‘zining o‘lchamiga qarab g‘alvirlashning quyidagi turlari mavjud. G‘alvirlar geometrik shakli, elovchi yuzaning hususiyati, uning gorizontal tekislikka nisbatan joylashishi bilan bir-biridan farq qiladi. Elovchi yuzaning shakliga qarab yassi, silindrik (barabanli) yoki yoysimon shakldagi g‘alvirlar mavjud. Elovchi yuzaning joylashishiga qarab gorizontal va qiya, ba’zi hollarda vertikal g‘alvirlarga bo‘linadi. Boyish jarayonida ko‘p ishlatiladigan g‘alvirlardan quyidagilari sanoat ahamiyatga ega: qo‘zg‘almas panjarali, qutisi vertikal tekislikda aylanma tebranuvchi bir valli ekstsentrik (giratsion), qutisi vertikal tekislikda aylanma yoki elliptik tebranuvchi inertsion, qutisi panjara tekisligiga burchak ostida o‘rnatilgan gorizontal to‘g‘ri chiziqli tebranuvchi vibratsion, rezonansli mexanik va elektrovibratsion, shuningdek yoysimon elaklar. Qo‘zg‘almas panjarali g‘alvirlar yirik g‘alvirlash uchun ishlatiladi. Panjarali g‘alvirlarning o‘lchami uni o‘rnatish sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, chunki g‘alvir bir vaqtning o‘zida rudani maydalagichga uzatadi. G‘alvirga mahsulotni to‘nkariluvchi vagonlardan yuklashda uning kengligi vagon kuzovining uzunligiga, plastinkasimon ta'minlagich orqali yuklanganda ta'minlagich kengligiga teng deb qabul qilinadi. Qo‘zg‘almas panjarali g‘alvirlarlar alohida orasi ochiq panjaralardan tashkil topib, gorizontga nisbatan 40-45 burchak ostida rudani g‘alvirlash uchun, 30-35o burchak ostida ko‘mirni g‘alvirlash uchun o‘rnatiladi. Yopishib qolishga olib keladigan nam mahsulotni elashda elakning qiyalik burchagini 5-100o ga oshirish mumkin. 5- rasm. Qo‘zg‘almas panjarali g‘alvirlar: 1-panja
Mahsulot panjaraning yuqori qismiga berilib o‘z oqimi bilan harakatlanadi, bunda mayda mahsulot panjara orasidan o‘tib, yirik mahsulot esa panjara ostidan ajratiladi. Ko‘pincha ularni maydalashning birinchi bosqichidan oldin o‘rnatilib, rudani dastlabki g‘alvirlash uchun ishlatiladi. Panjaralar orasidagi masofani bu holda 60-70 mm dan ortiqroq qabul qilinadi. G‘alvirlarning kengligi (B) dastlabki mahsulotdagi eng katta bo‘lak o‘lchamidan kamida 2-3 marta katta, uzunligi esa kengligidan 2 barobar katta, ya'ni L=2B deb qabul qilinadi uzunligi esa kengligidan 2 marta katta bo ‘lishi kerak
|
| |